1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari



Yüklə 44,79 Kb.
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü44,79 Kb.
#200280
  1   2   3   4
1-mavzu


1-MAVZU: O’ZBEKISTON TARIXI FANINING PREDMETI, UNI O’RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Reja:




  1. O’zbekiston tarixi fanining predmeti va tadqiqot obyekti.




  1. O’zbekiston tarixini o’rganishning nazariy-metodologik tamoyillari va g’oyaviy asoslari.




  1. O’zbekiston tarixining dolzarb muammolari, davrlashtirish va tarixni o’rganishda manbalarning ahamiyati.




  1. O’zbekiston tarixi fanining yoshlarni har tomonlama ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati.

Tayanch so’z va iboralar: Tarix fani predmeti va obyekti. Metodologik tamoyillar. Dialektik metod. Milliy istiqlol g’oyasi. Vatan tarixini davrlashtirish. Moddiy manbalar. Yozma manbalar. Tarixiy xotira.


-I-
O’zbekiston tarixi umumjahon insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu fan xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi ko’zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir.
Tarixiy haqiqat to’la ro’yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining predmeti va obyektini to’g’ri belgilanishi o’ta muhim ahamiyatga ega.
Tarix fani o’z xususiyatiga ko’ra:
- Birinchidan, o’zining butun diqqat e’tiborini faqat o’tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, ajdodlarimizning hayot tarzini, ular yaratgan moddiy-madaniy, ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o’rganadi.
- Ikkinchidan, tarixiy voqyea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik – xronologik asosda o’rganiladi.
- Uchinchidan, O’zbekiston tarixi fani o’tmishdagi iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ahvoli, rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o’rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi.
- To’rtinchidan, O’zbekiston tarixi fani ko’p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomonigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o’zaro bog’liklikda, bir butunlikda o’rganadi.
O’zbekiston tarixining o’rganish predmetiga mana shu makondagi jamiiyki xilma-xil voqyea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jaryonlar, umuman xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi.
O’zbekiston tarixi fanining o’rganish obyekti O’zbekistonning tarixidir. Tarixiy obyektga nisbatan O’zbekiston tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo’nalishi va faoliyati doirasi yoki chegarasi belgilanadi. Ma’lum bir ma’noda obyekt bilan predmet bir-biriga juda yaqin tushuncha bo’lsada, ular tarix fanida tutgan o’rni va vazifasi bilan farqlanadi.
Obyekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog’liq bo’lib, shular doirasidagi voqyea va hodisalarni bir butun va yaxlitlikda o’z ichiga oladi.
Predmet esa mana shu bir butun obyekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iboratdir. O’zbekiston tarixi fani fan sifatida ijtimoiy-siyosiy, umuminsoniy fan bo’lib, inson va millat, o’z o’tmishini bilishi, o’zligini o’zi anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturamal hisoblanadi.
O’zbekiston tarixi fani yakka holda rivojlanmaydi. U ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan doimo o’zaro aloqada turadi. Insoniyat hayotining ma’no-mazmunini va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqida fikr yuritganda falsafa, davlat qurilishi va jamiyatni boshqarish masalalarida politologiya, iqtisodiy hayotni yuritishda iqtisodiyot nazariyasi, xalqning turmush tarzi, tili va milliy mentalitetini tasvirlashda etnografiya, o’zbek tili va adabiyoti, dinshunoslik fanlari yutuqlaridan foydalaniladi. Tarixshunoslik, manbashunoslik, arxeologiya, arxivshunoslik kabi maxsus fanlar tarixni chuqur anglab yetishga ko’maklashadi.

Yüklə 44,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin