O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 77,24 Kb.
tarix21.06.2023
ölçüsü77,24 Kb.
#133595
adabiyotlar tahlili.docx .122


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Fizika-matematika fakulteti


Matematika va informatika yo’nalishi
Falsafa fanidan tayyorlangan

Mustaqil ish


Bajardi: Noriyev Maqsud


Tekshirdi:
Toshkent – 2023
O'zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqora
hamkorlikning maqsadlari
Korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik

Korrupsiya keng ma’noda mansabdor shaxslarning shaxsiy va guruhiy manfaatlari yo‘lida o‘z mansab vakolatlari va mavqeilarini suiiste’mol qilishida ifodalangan qilmishlardir.Korrupsiyaning sog‘lom ijtimoiy munosabatlarga tahdidi to‘g‘risida XX asrning so‘nggi choragida avvalo milliy darajada, so‘ngra esa xalqaro miqyosda ko‘proq gapira boshlandi. Uni nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy, psixologik va siyosiy tushuncha sifatida o‘rganila boshlandi. Korrupsiyaviy qilmishlar — ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va siyosiy omillar ta’sirida vujudga keluvchi va rivojlanuvchi o‘zining psixologik asoslariga ega bo‘lgan salbiy ijtimoiy fenomen.


O‘tgan asrning ikkinchi yarmida xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy taraqqiyotga intilishda aks etgan tarixiy jarayonlar shundan dalolat beradiki, mamlakatlarda amalga oshirilgan islohotlarning samaradorligi avvalo, hokimiyat tepasiga kelgan kuchlarning maqsadlariga, demokratik talablarga rioya etishiga, boshqarishning maqbul yo‘llarini tanlagan holda, korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bora olganligiga bog‘liq bo‘lgan. Bularning biror birida ijobiylik bo‘lmagan taqdirda, bu holat davlatlarning ijtimoiy taraqqiyot sari islohotlariga ham salbiy ta’sir etgan.
Transparency International (TI) xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan 1995 yildan buyon amalga oshirilib borayotgan davlatlarning korrupsiyalashganligi to‘g‘risidagi tadqiqotlar, so‘rovlarda aniqlangan davlatlarning korrupsiyalashganligi darajasi bo‘yicha reyting ko‘rsatkichlari shundan dalolat beradiki korrupsiyalashmaganligi jihatdan ilgari o‘rinda turgan davlatlar asosan rivojlangan, demokratik davlatlar sanaladi. Korrupsiyalashganligi jihatdan yuqori o‘rinlarda turgan davlatlar esa asosan sobiq sotsialistik mamlakatlar va davlat boshqaruvida nodemokratik yo‘ldan borayotgan davlatlar bo‘lib, bularga Afrika va Osiyoning boshqaruvda diktatura, avtoritar rejim o‘rnatilgan davlatlari Gonduras, Kamerun, Nigeriya, Keniya, Tanzaniya, Paragvay, Uganda va MDHning ayrim davlatlari kiradi. Korrupsiya ayrim davlatlarning qoloqlikda qolib ketishiga sabab bo‘lishi bilan birga, xalqaro munosabatlarga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda. Uning ijtimoiy xavfliligi, har qanday munosabatga buzg‘unchilik ta’siri xalqaro tashkilotlar faoliyatida ham kuzatiladi.
Korrupsiyaning nafaqat milliy jinoyatchilik balki transmilliy jinoyatchilik jinoyat ekanligi to‘g‘risidagi fikrlar o‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab aytila boshlangan edi. 1998-1999 yillarda Yevropa komissiyasidagi bir qator shaxslarning o‘z mansab mavqeini suiiste’mol qilish, moliyaviy nayranglarda ayblanishi xalqaro jamoatchilikni korrupsiyadan yanada hushyorroq bo‘lishga undadi. 90-yillarda korrupsiyaviy qilmishlar xalqaro sport tashkilotlari faoliyatida ham yuz bergani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lsa kerak. Keyingi o‘n yillikda qator xalqaro takshilotlar korrupsiyaga qarshi kurashda tashabbuskorlik ko‘rsatib, xalqaro hamjamiyatni bu illatni oldini olishda hamkorlikka da’vat etib kelmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashga o‘zlarining faoliyatida alohida e’tibor berib kelayotgan quyidagi xalqaro tashkilotlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: BMT, Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, Transperensi Interneyshnl xalqaro nohukumat tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Amerika Davlatlari tashkiloti, Afrika Ittifoqi, Arab davlatlari Ligasi, Butunjahon bojxona tashkiloti singari xalqaro tashkilotlar. Ushbu tashkilotlar tomonidan korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashda hamkorlik qilish va boshqa davlatlarni, xalqaro biznes tashkilotlarini bu salbiy fenomenga qarshi kurashga jalb qilishga qaratilgan qator xalqaro hujjatlar qabul qilingan.
Korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro miqyosda qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurash va davlat xizmati sifatini ko‘tarish va davlat xizmatchilarining fuqarolar oldida mas’uliyatini oshirish va axloqiy jihatdan ko‘tarishga qaratilgan xalqaro hujjatlarga qo‘shilish, ularga amal qilish har qanday davlat uchun muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda BMT darajasida qabul qilingan yuqoridagi mazmundagi bir qator hujjatlar mavjud.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti korrupsiyaning mamlakatlarning milliy taraqqiyoti va barqarorligiga jiddiy xavf solishi mumkinligini hisobga olib va uning nafaqat milliy balki xalqaro hamjamiyatni tobora xavotirga solib borayotgan xalqaro illat deb e’tirof etuvchi qator hujjatlarni qabul qilgan. BMT doirasida Global korrupsiyaga qarshi kurash dasturi e’lon qilingan. Ushbu dastur milliy korrupsiyaga qarshi kurash dasturlarini amalga oshirishga yordam berish va mamlakatlarda korrupsiya tavakkalchiligini ko‘tarish, davlat xizmatchilarida sotilmaslik psixologiyasini shakllantirish, qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan. Dasturda davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar sotib olishda va xalqaro iqtisodiy bitimlarda ochiqlik va hisobdorlik bo‘lishiga katta e’tibor berilgan. 1990 yilda BMT maxsus “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiya” deb nomlangan rezolyutsiyasini qabul qilgan. 1996 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurash” rezolyutsiyasida davlatlarni korrupsiyaning xalqaro aloqalarga bog‘liq bo‘lgan jihatlariga, ayniqsa korporativ tashkilotlarning xalqaro iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ro‘y beradigan noqonuniy bitimlarni jiddiy o‘rganib ko‘rishga chaqirgan. Bu to‘g‘risida BMTning «Xalqaro savdo operatsiyalarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash to‘g‘risida»gi Deklaratsiyasi ham mavjud. BMT doirasida qabul qilingan 1996 yildagi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan Davlat mansabdor shaxslari axloqining xalqaro kodeksida davlat mansbdor shaxslari faoliyatining prinsiplari belgilab berilgan edi.


BMTning yuqorida qayd etilgan hujjatlarida korrupsiyaning xalqaro xarakteri va unga qarshi kurashning vositalari va metodlari haqida tavsiyaviy qoidalar o‘z aksini topgan. BMT tomonidan 2000 yilda qabul qilingan Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash Konvensiyasida korrupsiyaning tranmilliy xarakterdagi jinoyat ekanligi va unga qarshi kurashda Konvensiyaga qo‘shilgan mamlakatlarning majburiyatlari va korrupsiyaga qarshi kurashning keng qamrovli choralari o‘z aksini topgan.
BMT tomonidan qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashga yo‘naltirilgan hujjatlar ichida 2003 yil dekabr oyida qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvetsiyasi muhim o‘rin tutadi. Mazkur hujjatni korrupsiyani qarshi kurashga qaratilgan xalqaro huquqning universal kodifikatsiyalashgan akti sifatida baholash mumkin. Konvensiyada korrupsiyaning milliy taraqqiyot va xalqaro munosabatlar barqarorligiga tahdid va demokratik institutlar va qadriyatlarni qo‘poruvchi illat sifatida baho berilgan. Konvensiyaning korrupsiyaga qarshi kurash choralari deb nomlangan bobida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashdagi siyosat va amaliyot masalalarida davlatlarning yondoshuvi, korrupsiya vujudga kelishi mumkin bo‘lgan sohalarda davlat ko‘rishi lozim bo‘lgan choralar, bunda davlat organlarining vazifalari va ular faoliyatining tashkil etilishi to‘g‘risidagi normalar mavjud.
Dunyoda tobora katta nufuzga ega bo‘lib borayotgan Yevropa Ittifoqi tashkiloti ham bir necha yildirki korrupsiyaga faol qarshi chiqish bilan birga, bu borada halqaro hamkorlikni mustahkamlashga ham harakat qilmoqda. U erishgan muhim yutuqlardan biri uning doirasida 1999 yilda Korrupsiyaga qarshi jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi va Korrupsiya uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Konvensiyalar qabul qilindi. Bu xalqaro hujjatlardan tashqari ushbu tashkilot doirasida ham qator amaliy chora-tadbirlarni ham amalga oshirmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashda nohukumat xalqaro tashkilotlar ichida Transperensi Interneyshnl (Transparency International) mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar faoliyatida bu illatga qarshi kurash borasida qator tashkiliy ishlar amalga oshirib kelmoqda. Tashkilot 1993 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shtab-kvartirasi Berlinda joylashgan. Tashkilotning asoschisi va raisi sobiq Jahon banki rahbariyatda faoliyat ko‘rsatgan Peter Aygen hisoblanadi. Peter Aygenning ilgari bunday yirik moliyaviy tashkilotda faoliyat yuritgani Transperensi Interneyshnlning dunyodagi mamlakatlarning korrupsiyalashganligi darajasini aniqlashda va korrupsiya fenomeniga qarshi chiqishiga o‘ziga xos turtki bo‘lgan deyish mumkin. Transperensi Interneyshnl tashkiloti ko‘pchilik tadqiqotchilar va xalqaro tashkilotlar rahbarlarining fikricha korrupsiya sohasida ancha obro‘li ekspert takshilot sanaladi. Tashkilot bir necha yildirki dunyodagi mamlakatlarning korrupsiyalashganligini monitoring qilib boradi. Monitoring natijalariga ko‘ra Transperensi Interneyshnl har yili korrupsiya indeksi deb nomlangan mamlakatlarning korrupsiyalashganligi darajasini aks ettiruvchi o‘ziga xos reytingni nashr etadi. Bundan tashqari Transperensi Interneyshnl korrupsiyaga qarshi kurash jabhasidagi ilg‘or tajribalarni keng yoyish bilan ham shug‘ullanadi. Ko‘pchilik ekspertlarning tan olishicha, ushbu tashkilot tomonidan e’lon qilinayotgan korrupsiya indeksi u yoki bu jamiyatning qanchalik «ifloslanganligini» aks ettiradi. Tashkilot biror bir mamlakatning korrupsiya indeksini aniqlash uchun, avvalo mamlakatdagi korrupsiyalashganlik haqida keng va ishonchli ma’lumotlar to‘playdi. Ma’lumotlar bir necha manbalardan olingandan so‘ng ular tahlil etiladi.
Jahon bankini dunyoda mamlakatlarning korrupsiyalashishiga qarshi yirik moliyaviy tashkilot sifatida baholash mumkin. Jahon banki mamlakatlar bilan aloqalarida ularning korrupsiyalashmaganligiga jiddiy e’tibor beradi. Unga kredit olish uchun murojaat etgan davlatlar korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borayotgan bo‘lsalar va olingan kredit pullarini maqsadga muvofiq ravishda ishlatish, mansabdor shaxslarning o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatmasligiga kafolat bera olsalar va bunga bankni ishontira olsalargina kredit olishga erishadi. Shu bilan birga, Jahon banki bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar hukumatlarining korrupsiyaga qarshi kurash dasturlari ishlab chiqishiga va bu borada olib borayotgan siyosatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga moliyaviy yordam bermoqda. Hozirgacha ko‘pchilik rivojlanayotgan davlatlar, xususan sobiq sotsialistik tuzum ostida bo‘lgan mamlakatlarda Jahon banki ko‘magi ostida korrupsiyaga qarshi kurash dasturlari amalga oshirilmoqda.
Jahon banki rahbariyati tomonidan iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamlakatlar uchun kompleks taraqqiyot Konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning maqsadlaridan biri sifatida korrupsiyaga qarshi shafqatsiz kurash belgilangan edi. Kompleks taraqqiyot Konsepsiyasining maqsadlari quyidagilardir: a) mansabdor shaxslari tegishli tayyorgarlikka ega va yetarli darajada ish haqi oluvchi, yaxshi tashkil etilgan va tuzilgan Hukumat; b) aniq qonunchilik va hamma uchun tushunarli bo‘lgan tartibga soluvchi tizim; v) korrupsiyaga qarshi shafqatsiz kurash; g) samarali huquqiy va sud tizimi; d) to‘g‘ri tashkil etilgan va tartibga solib turiladigan moliyaviy tizim, shuningdek ye) umummaqbul ijtimoiy ta’minot tizimi. (Jeyms Vulfenson «Transformatsiya» Iyun 1999, №3).

Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqoridagi tashkilotlar va boshqa ko‘pgina xalqaro nohukumat tashkilotlar ham korrupsiyaning salbiy oqibatlari to‘g‘risida tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Xalqaro tashkilotlar ko‘magida MDH davlatlaridan Rossiya, Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston davlatlarida korrupsiya qarshi yo‘naltirilgan turli loyihalar, dasturlar ishlab chiqilib amaliyotda qo‘llanilayapti.


Umuminsoniy illat hisoblangan korrupsiya milliy xavfsizlik doirasidan chiqib global xavfsizlikka ham o‘z tahdidini namoyon etayotgan hozirgi tarixiy davrda unga qarshi kurashishga xalqaro tashkilotlarning kirishishi ham obyektiv zaruriyat ham globalizatsiyalashuv jarayonining o‘ziga xos ko‘rinishidi
Bosh prokuratura Akademiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni tizimli ravishda amalga oshirib kelmoqda. Mazkur faoliyat doirasida Akademiya ekspert sifatida katta tajribaga ega bo‘lgan yetakchi xalqaro mutaxassislarni jalb etib kelmoqda. 2022 yil 3 fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro ekspert, 2010–2019 yillarda Xalqaro antikorrupsiya akademiyasi (IACA) rektori lavozimida ishlab kelgan professor Martin Kroytner Akademiyaga tashrif buyurdi. 2001 yildan 2010 yilgacha M.Kroytner Avstriya Ichki ishlar Federal byurosiga rahbarlik qilib, uning rahbarligida mazkur byuro Avstriya Federal antikorrupsiya byurosiga o‘zgartirildi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad korrupsiyaga qarshi ilmiy-tadqiqot va ta’lim, jumladan, masofaviy ta’limni rivojlantirishning ilg‘or tajribasini o‘rganish va joriy etish, Bosh prokuratura Akademiyasida korrupsiyaga qarshi ta’limning metodik asoslarini yanada rivojlantirishdan iborat.
Dastlab ilmiy-ta’lim sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish va kelgusida ekspertlar muloqotini kengaytirish maqsadida M.Kroytnerning Akademiya rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Akademiyadagi faoliti davomida xalqaro ekspert ishtirokida ilmiy-tadqiqot va korrupsiyaga qarshi ta’lim sohasida milliy ekspertlar salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan trenerlar uchun trening o‘tkazish nazarda tutilgan.
Shuningdek, mutaxassis ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura talabalari uchun korrupsiyaga qarshi kurashishda fanlararo va tarmoqlararo yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha kurs tashkil etildi.Xalqaro ekspertning Akademiyaga tashrifi USAID ning O‘zbekistondagi huquqni isloh qilish dasturi ko‘magida tashkil etildi.
Joriy yilning 16 iyun` kuni Toshkent shahrida Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar Korruptsiyaga qarshi kurashish idoralari rahbarlari va Ombudsmanlarining 4-yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda a'zo davlatlar mutasaddi idoralarining 40 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti— a'zo mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy, fan va texnikaviy hamkorligi bo'yicha tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilotdir. Mazkur nufuzli mintaqaviy birlashma 1985 yilda tashkil etilgan bo'lib, uning asosiy maqsadi savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport, kommunikatsiyalar, energetika, qishloq xo'jaligi va sanoat kabi ustuvor yo'nalishlarda davlatlar o'rtasida hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.Bugungi kunda Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga 10 ta davlat a'zo. Bular – O'zbekiston, Turkiya, eron, Pokiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Afg'oniston.
Yig'ilishning mazmun-mohiyati a'zo davlatlar o'rtasida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida mintaqaviy tajriba almashish, davlatlar o'rtasida yagona korruptsiyaga qarshi kurashish siyosati mexanizmini ishlab chiqish va uni amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan. SHuningdek, xodimlar malakasini oshirish, tizimda qo'shimcha takliflar ishlab chiqish ham yig'ilishning maqsad va vazifalaridan o'rin olgan.
Tadbirda a'zo mamlakatlarning Korruptsiyaga qarshi kurashish idoralari rahbarlari hamda ombudsmanlari amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan qonunlar va qarorlar, korruptsiyaga qarshi kurashishda ombudsmanlarining o'rni, bu jarayonda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari haqida ma'lumotlar berishdi.
Ma'lumot o'rnida aytish lozimki, korruptsiyaga qarshi kurashish - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan hisoblanadi. SHu nuqtai nazardan, Ombudsman davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning mansabdor shaxslari tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirib, fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish orqali ularning huquq va erkinliklarini cheklanishiga sabab bo'lgan korruptsiyaviy holatlarni bartaraf etish bo'yicha choralar ko'radi.
- Korruptsiya har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatuvchi xavfli omil, barcha mamlakatlarga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hodisadir, - dedi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) Feruza eshmatova.- Zero, bu omil tufayli davlatning rivojlanishi sekinlashadi, demokratik institutlarga putur etadi. U qonun ustuvorligiga jiddiy ziyon etkazadi. SHu bilan birga, uning ta'siri ostida fuqarolarning ijtimoiy adolatga, haqiqatga va davlat organlariga ishonchi yo'qoladi. Har qanday jamiyat uchun ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biridir.
Anjumanning navbatdagi qismi Mintaqaviy markaz faoliyatini tashkil etishga bag'ishlandi. Qayd etildiki, markaz eron davlatining Tehron shahrida joylashadi va unda IHTga a'zo davlatlarning Korruptsiyaga qarshi kurashish idoralari rahbarlari hamda Ombudsmanlarining o'zaro hamkorligi muvofiqlashtiriladi. Mintaqaviy markaz davlatlarning korruptsiyaga qarshi kurashish tizimi bilan bog'liq tashkiliy masalalariga ko'maklashadi. Markaz faoliyatida sohada xalqaro tajriba va bilim almashish mexanizmi yo'lga qo'yiladi, muhim siyosiy tadbir va anjumanlar o'tkaziladi. Bunday Mintaqaviy markazning tashkil etilishi, aytish o'rinliki, tashkilotga a'zo har bir davlat uchun muhim siyosiy ahamiyat kasb etadi.
Tadbirning yakuni sifatida davlatlar o'rtasida korruptsiyaga qarshi kurashish siyosatini amalga oshirishda mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida takliflar ishlab chiqildi va ular ishtirokchilar tomonidan qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasida o'z aksini topdi. Unda IHT ga a'zo davlatlar o'rtasida korruptsiyaga qarshi kurashishda hamkorlikni qo'llab-quvvatlash masalalari, mintaqaviy va global darajada umumiy muammo va imkoniyatlarning ko'lami va bog'liqligi, jamiyat taraqqiyoti va farovonligiga jiddiy tahdid soladigan har qanday korruptsiya shakllari tufayli yuzaga keladigan muammolarni birgalikda hal etish uchun mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati.
Yüklə 77,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin