1-mavzu. Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi. Mashg’ulot rejasi



Yüklə 18,03 Kb.
tarix22.04.2022
ölçüsü18,03 Kb.
#56015
1-AMALIY (2)
SUVDA HARAKATLANADIGAN TRANSPORT YASASH (KATAMARAN), karies xakida tushuncha. karies kovaklari tasnifi blek bujicha. tish kattiq toqimalarini charxlashda ishlatiluvchi asboblar. bormashinalar. karies kovaklarini charxlash boskichlari va uslublari. (1), Mavzu. Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatini och, 1. Elektr tokning inson organizmiga ta’siri, O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning xususiyatlari

1-mavzu. Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi.

Mashg’ulot rejasi:

1.Tashkiliy qism.

2.Nazariy bilimlarni tekshirish.

3.Pedagogik odobini o’rganishga doir mashqlar.

4.Takt va taktikani rivojlantirishga doir mashqlar.

5.Mikrodars: Bolalar jamoasi bilan tanishuv.

6.Mashg’ulotni yakunlash.

M a sh g’ u l o t n i n g b o r i sh i :

I.Tashkiliy qism.

II. Nazariy bilimlarni tekshirish uchun savollar:

1(Har bir savol alohida qog’ozga yozilib talabalarga tarqatma material tarzida beriladi).

2. Pedagogning muomala odobi haqidagi sharq mutafakkirlarining qarashlari..

Pedagogik odobni o’rganishga doir mashqlar.



1-mashq. «Xriziontema» mashqi.

1-bosqich: talabalar 5-6 kishidan iborat 2 guruhga ajratiladi. Har bir guruhga bittadan katta qog’oz va bir nechta marker beriladi. Har bir qog’ozga xriziontema gulining rasmi chizilgan va o’rtasida «pedagog odobi» so’zi yozilgan bo’lishi lozim.O’qituvchi talabalarga mashq shartini tushuntiradi.

2-bosqich: guruh a’zolaridan har bir gulbargga pedagog odobi yoritish talab etiladi. «Xriziontema» gulining gulbarglarini tez, to’g’ri va ko’p to’ldirish lozim.

3-bosqich: topshiriqni bajarish uchun 2 daqiqa vaqt ajratiladi. Vaqt o’tgach har bir guruhdan bir talaba taqdimot o’tkazadi.

4-bosqich: mashq yakunida o’qituvchi doskaga umumlashtirgan holda bitta «xriziontema» gulining gulbarglarini to’ldiradi va g’oliblarni e’lon qiladi.

Suratga qarab hikoya tuzish.

«Kunlardan bir kuni…» deb hikoya boshlaydi o’qituvchi. Talabalardan biri suratga qarab hikoyani davom ettirib bitta gap tuzadi. Ikkinchi talaba zyana bir gap tuzadi. Uchinchi talaba davom etadi va h.k.

Bu mashqni bajarishda talabalarning so’z boyligi va har bir so’zni o’rinli foydalani olishiga, ijodkorligiga baho beriladi.

V. Mikrodars: Bolalar jamoasi bilan tanishuv.

Sinfga kirishda tabiiylik va maqsadga muvofiq harakatga e’tibor qaratish va «Hurmatli o’quvchilar, men …» tarzida muloqot o’rnatish.

3-4 talaba o’quvchilar bilan tanishishning eng qulay uslublarini namoyish etadilar. O’quvchilarda o’qituvchidan faxrlanish, aynan shu o’qituvchining dars berishini xohlash tuyg’usini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Har bir mashq talabalar bilan birgalikda nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi.



VI.Mashg’ulotni yakunlash.

O’qituvchi mavzuni xulosalaydi, talabalar reytingini e’lon qiladi. Keyingi mashg’ulotga tayyorlanish uchun topshiriqlar beradi va darsni yakunlaydi.

Ushbu elektron havoladan va adabiyotlfrdan foydalanishingiz mumkin

http://www.hozir.org/maruza-2-otm-pedagogika-tarixi-va-pedagogik-mahorat-v2.html?page=130

Adabiyotlar:



  1. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik – T.: SANO-STANDART, 2017.

  2. Xodjayev B.X., Choriyev A., Saliyeva Z.T. Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi. Darslik. – T.: IQTISODIYOT DUNYOSI, 2018.

  3. Ro’ziyeva D.I., Tolipov O’.Q. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: INNOVATSIYA-ZIYO, 2019.

  4. Mutalipova M.J., Xodjayev B.X. Qiyosiy pedagogika. Darslik. – T.: TDPU, 2015.

5. Xalikov A.A. Pedagogik mahorat. Darslik. – Toshkent, Iqtisod moliya, 2012.

6.Якушева С.Д. Основы педагогического мастерства. Учебник. – Москва.: Академия, 2012.

7.Omonov N.T., Madyarova S.A. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Т.: Iqtisod–moliya, 2009.

8.Mahmudov N. M. O‘qituvchi nutq madaniyati. Darslik. – Toshkent, O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007.

9.Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2006.

10.Очилов М., Очилова Н. Ўқитувчи одоби. Сайланма. –Т.: Ўқитувчи,1997.



11.Alex Moore. Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture. USA, 2012 Routledge.

Neil Selwyn. Education and Technology: Key Issues and Debates.
Yüklə 18,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə