1-Mavzu: Psixokorreksiya fanining maqsadi va vazifalari.
Reja:
1.Psixokorreksiya fanining predmeti.
2. Psixokorreksiya fanining vazifalari.
3. Psixokorreksiya fanining maqsadi.
4. Psixokorreksiya faning psixologiya fanining asosiy tarmoqlari bilan aloqasi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Psixokorreksiya, fan, psixologiya, asosiy tarmoklari, psixologik diagnostika, korreksiya, o‘qitish , chet el psixologiyasi,yutuqlar.
Psixokorreksiya fanining predmeti.
Psixokorreksiya so‘zi – inglizcha suzdan olingan bulib, to‘g‘rilamok degan ma’nosi berib shaxsning kamchiliklarini tuzatish usullarini kullash.
Psixodiagnostika so‘zi – yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, diagnos bilishga kodir, psixo – Rux degan ma’noni anglatadi. Shaxsning individual psixologik xususiyatlarini aniklovchi va ulchashni ishlab chikuvchi psixologiya usuli.
Inson uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovon shaxs manfatlarini ruyobga chikarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarni yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulk atrofning andozalarini uzgartirish Respublikada amalga oshiralayotgan isloxotlarning asosiy maksadi va xarakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida zamonaviy, madaniy, iktisodiy Fan texnika, texnologiyalarning yutuklari asosida kadrlar tayyorlashning mukamal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» ta’lim-tarbiya O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi qonunining qoidalariga muvofik xolda tayyorlangan bulib, milliy tajribalarning taxlili va ta’lim tizimidagi, jaxon mikyosidagi yutuklar asosida tayyorlangan xamda yuksak umumiy va kasb xunar madaniyatiga ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy xayotda mustakil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish maxoratiga ega bulgan istikbol vazifalarini ilgari surish va xal etishga kodir kadrlarning Yangi avlodini shakllantirishga yunaltirilgandir. Bugungi kundagi Oliy ukuv yurtining talabalari ertangi kunning yetuk mutaxasislari va ziyolilari sifatida usib kelayotgan avlod ongi va ruxiyatiga adolatli Vatan bilan faxrlanish, ertanchi kunning yetuk insonlari, ertangi kunga ishonch, milliy gurur, iftixor tuygularini singdirishda shaxsiy urnak na’munasi bilan o‘z hissalarini qo‘shmoklari shart. Chunki ziyolilikning muxim belgisi umuminsoniy qadriyatlarni bilish, ularni qadrlash, uz kasbi sir-asrorlarining chukur bilimdoni va moxir ustasi bulish kasb etikasi, pedagogikasi va psixologiyasi asoslarini tulik anglash va ularni uz faoliyatida kullashdir. Demak Yangi zamon kishisi o‘z-o‘zini va o‘zgalarni psixologiyasini moxir bilag‘oni, kerak bo‘lsa, PSIXODIAGNOST VA PSIXOKORREKTIRIDIR.
Dostları ilə paylaş: |