1-mavzu. Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi
Mavzu rejasi:
1. Pul mablag‘lari va hisob–kitoblarning mazmuni hamda ularni hisobga olishning
vazifalari.
2. Kassa operatsiyalarini hisobga olish.
3. Hisob – kitob schyoti bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish.
4. Valyuta schyotini ochish tartibi, uning ahamiyati va vazifalari bo‘yicha amalga
oshirilgan operatsiyalarni hisobga olish.
5. Valyuta schyotidagi mablag‘lar harakatini hujjatlashtirish va hisobga olish.
6. Bankdagi boshqa maxsus schyotlar va ulardagi mablag‘lardan foydalanish.
7. Hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar hisobi.
8. Turli debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobga olish.
9. Bank kreditlari va qarzga olingan mablag‘larni hisobga olish.
10. Soliq bo‘yicha operatsiyalarni hisob olish.
Tayanch iboralar: Pul, pul mablag‘i, milliy pul, xorijiy valyuta, hisob-kitob schyoti,
akkreditivlar, chek daftari, maxsus schyotlar, pul ekvivalenti, yo‘ldag pullar, debitor,
kreditor, hisobdorlik, hisobdor shaxs, bank krediti, soliq, maqsadli fondlar.
1. Pul mablag‘lari va hisob–kitoblarning mazmuni hamda ularni hisobga
olishning vazifalari.
Korxona, firma va tashkilotlarning faoliyatida xo‘jalik aloqalari muhim o‘rin tutadi,
chunki bu aloqalar orqali ta’minot, ishlab chiqarish, mahsulotlarni jo‘natish va sotish
jarayonlari amalga oshiriladi. Xo‘jalik aloqalari shartnomalarga asoslanib amalga
oshiriladi. Natijada bitta xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tovar-material zaxiralarini yetkazib
beruvchi, ishlarni bajaruvchi va xizmatlarni ko‘rsatuvchi, ikkinchi xo‘jalik yurituvchi
sub’ekt esa sotib oluvchi, iste’molchi sifatida maydonga chiqadi, natijada ushbu
qiymatliklar, ish va xizmatlarning qiymatliklarini to‘lash bo‘yicha huquq va
majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Bu aloqalar natijasida xosil bo‘lgan hisoblashishlarni aniq tashkil qilish, ayniqsa
bozor sharoitida aylanma mablag‘larning tezkorlik bilan aylanishiga va pul
mablag‘larining o‘z vaqtida kelib tushishiga sharoit yaratib beradi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yuqoridagi muomalalaridan tashqari ishlab chiqarish
topshiriqlarini bajaruvchi xodimlar bilan ham o‘zaro hisoblashishlar - ishchi va
xizmatchilar, ijtimoiy muhofaza, byudjet bilan bo‘ladigan hisoblashishlarni ham amalga
oshiradi. Ko‘p hollarda korxona, tashkilot va muassasalar bilan hisoblashishlar naqd pulsiz
amalga oshiriladi. Bu hisoblashishlar jarayonida banklarning xizmatidan foydalaniladi,
chunki hisoblashishlar amalga oshiriladigan schyotlar tegishli bankda ochiladi. Banklar
yuridik shaxslar hisoblanib korxona va tashkilotlarning mablag‘larini qaytarib berish,
foizlarni to‘lash va muddatli shartlar to‘lash bilan jalb qiladilar. O‘zbekiston
Respublikasida Markaziy Bank, tijorat banklari (tarmoqqa xizmat qiluvchi – paxta, g‘alla,
meva, sabzavot, qurilish va hokazo) va xususiy banklar mavjud.
Bank va mijoz(klient)ning manosabatlari shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Banklar orqali amalga oshiriladigan muomalalar hisoblashish va kredit muomalalariga
bo‘linadi. Hisoblashish muomalalarida bank mol yetkazib beruvchi va oluvchi o‘rtasidagi
hisoblashishlarni amalga oshirsa va nazorat qilib tursa, kredit muomalasida bank qarz
beruvchi va berilgan qarzning o‘z vaqtida qaytarib olinishini nazorat qiladi.
Banklarda hisoblashish schyotlaridan tashqari joriy va maxsus schyotlar
(xususiylashtirish jamg‘armasi, akkreditiv, chek daftarlari) ham ochiladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag‘lari va ekvivalentlari
muomalalarining hisobini yuritishning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
-pul mablag‘larining harakati va hisoblashish muomalalarini to‘g‘ri va vaqtida
hujjatlashtirish;
-korxona, tashkilot va muassasalarning kassasidagi naqd pullar, qimmatbaho
qog‘ozlar mavjudligining tezkor va kundalik nazoratini tashkil qilish;
-pul mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish;
-byudjet, bank, shaxslar bilan hisoblashishni o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirishni
nazorat qilish;
-mol yetkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan amalga oshiriladigan hisoblashish
turlarining tuzilgan shartnomadagi hisoblashish turlari va vaqtiga to‘g‘ri kelishini nazorat
qilish;
-debitor va kreditorlar bilan hisoblashishlarni tekshirib borish.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar – korxona, firma va tashkilotlarning joriy aktivlari, pul
mablari, ularning ekvivalentlari va olinadigan schyotlari muomaladagi muddatiga qarab
ushbu aktivlar quyidagilarga bo‘linadi:
-uzoq muddatli (bir yildan ortiq) aktivlar;
-qisqa muddatli yoki joriy (bir yilgacha) aktivlar.
Joriy aktivlar likvidlikning pasayishi tartibida quyidagilardan tashkil topgan:
-pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari;
-qisqa muddatli investitsiyalar;
-olinadigan schyotlar;
-tovar - moddiy zaxiralari;
-oldindan to‘langan sarflar (berilgan bo‘naklar).
Pul mablag‘lari majburiyatlarni zudlik bidan to‘lash uchun ishlatilishi mumkin
bo‘lgan turdagi mablag‘larni o‘z ichiga oladi. Pul mablag‘lariga moliyaviy
muassasalardagi joriy schyotdagi qoldiqlar, naqd ko‘pyuralar, tangalar, valyutalar, kichik
kassaning naqd pullari va moliyaviy muassasalar tomonidan muddatli depozitlar va
muomaladan chiqarish uchun qabul qilingan, sub’ektning kassasidagi konkret o‘tkazib
beriladigan pul hujjatlaridir (depozit schyotlar ham pul mablag‘lari sifatida ko‘riladi.
Oddiy omonat schyotlar bo‘yicha bank muomaladan chiqarish haqida dastlabki
xabarnomani talab qilish huquqiga ega, ammo bu vakolatni kam qo‘llaydi. Shuning uchun
omonat schyotlari odatda pul mablag‘lariga kiritiladi). Bu o‘tkaziladigan pul hujjatlariga
oddiy cheklar, kassaning orderlari, mijozning cheklari, pul o‘tkazmalari va boshqa
hisoblashish vositalari kiradi. Balansning «Pul mablag‘lari» moddasidagi qoldiq pul
mablag‘lari schyotlariga kiradigan barcha turdagi mablag‘larni aks ettiradi.
Pul ekvivalentlari – bu pul mablag‘lariga o‘xshaydigan lekin boshqacha
turkumlanadigan aktivlardir. Ular xazina vosiqalari (xazina vosiqalari – bu muomalaga
chiqarilgan, keyin bir yildan kam muddatga qaytariladigan hukumatning foizsiz
majburiyatlaridir. Ular chegirma bilan sotiladi va o‘z vaqtida to‘lanadi. To‘lash qiymati
bilan chiqarilish qiymati o‘rtasidagi farq xaridorning foiz daromadi bo‘ladi. Xazina
vosiqalari bir yil ichida va undan ortiq muddatda to‘lanadigan hukumatning majburiyatlari
hisoblanib, agar ular joriy moliyaviy yil davomida to‘lanmasa, qisqa muddatli investitsiya
sifatida turkumlanmaydi), tijorat qog‘ozlari (qisqa muddatli vosiqalar – bu korporatsiyalar
tomonidan chiqarilgan o‘zining qisqa muddatli pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarni
moliyalashtiruvchi mablag‘lardir) va depozit sertifikatlardan (tezda talab qilib olish
mumkin bo‘lmagan depozit sertifikatlari yoki bank depozitlari, muomaladan chiqarish
yo‘li bilan to‘lanishi va jazo (sanksiya) o‘tkazilishi mumkin) iborat. Kechiqishlar va jarima
jazo (sanksiya)lari pul ekvivalentlarining pul mablag‘lariga almashtirilishiga ta’sir qilishi
mumkin. Shuning uchun, ekvivalentlar kassa schyotida hisobga olinadi. Ko‘pincha pul
ekvivalentlarini hisoblashish vositalariga aylantirish ehtiyoji yo‘q (pul ekvivalentlari
moliyaviy holatinig o‘zgarishi haqidagi hisobot uchun maxsus ma’noga ega).
Ekvivalentlar odatda qisqa muddatli investitsiya schyotiga kiritiladi.
Hisobot davrining oxirida to‘liq olinmagan pul o‘tkazmalari (cheklar) pul mablag‘lari
schyotidagi qoldiqlaridan ayrilmaydi. Ba’zi kompaniyalar pul mablag‘lari schyotidagi
qoldiqni, cheklar to‘lash uchun taqdim qilinmaguncha kamaytirmaydilar. “Pul
mablag‘lari” schyoti erkin foydalanish mumkin bo‘lmagan, kompensatsion qoldiq deb
ataluvchi, summani o‘z ichiga oladi. Bu qoldiq kredit to‘g‘risidagi shartnomaning
ta’minoti sifatida sub’ekt o‘zining schyotida bank talabiga binoan saqlaydigan minimal
summani ko‘rsatadi. Haqiqatda bu shartnoma naqd pulni chegaralaydi va kompaniyaning
likvidligini pasaytirishi mumkin.
Overdraft – bu qisqa muddatli majburiyat kabi hisoblanadigan va aktiv schyotlardagi
mavjud bo‘lgan debet qoldiqdan yuqori bo‘lmagan summadagi to‘lovni amalga oshirishda
vujudga keladigan kredit qoldiqdir. Overdraft, agarda bank tomonidan to‘langan
omonatchi schyotining overdrftini amalga oshirayotgan bo‘lsa, sub’ektning ushbu
bankdagi boshqa pul mablag‘lari schyotlarida ijobiy qoldiqka ega bo‘lgan holdagina debet
va kredit qoldiqlarini o‘zaro qoplash mumkin. Bu holda bank debetor va kreditor rolini
bajaradi. Ammo turli moliyaviy muassasalarning schyotlari o‘zaro qoplanmaydi.
Kredit resurslaridan foydalanish samarasini oshirish va korxonalar ishlarini pirovard
natijalariga kredit mexanizmi ta’sirini kuchaytirish maqsadida banklarning korxonalar
bilan kredit munosabatlari kredit shartnomalari bilan rasmiylashtiriladi. Korxonalar
banklarda hisob-kitob va valyuta schyotlaridan tashqari, qat’iy maqsadga belgilangan
mablag‘larni saqlash uchun maxsus joriy schyolar (limitlashtirilgn chek daftarchalari,
akkreditivlar, maxsus schyotlar va boshqalar) ochishlari mumkin.
Pul mablag‘lari hisobi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining beshinchi bo‘limidagi,
hisob-kitoblar esa oltinchi bo‘limidagi schyotlarda yuritiladi.
Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-pul mablag‘lari va hisob-kitob maomalalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri hujjatlashtirish;
-korxona kassasidagi naqd pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlarni butligini operativ,
kundalik nazorat qilish, pul mablag‘larini qat’iy belgilangan maqsadga sarflanishini,
byudjet, banklar, xodimlar va boshqa muassasalar bilan to‘g‘ri va o‘z vaqtida
hisoblashishlarni, mol sotib oluvchi va mol yuboruvchilar bilan shartnomada belgilangan
hisoblashish shakllariga amal qilishni nazorat qilish;
-qarzlarni qaytarish muddatidan o‘tkazib yubormslik maqsadida debitolar va
kreditorlar bilan olib borildigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida solishtirish.
Bozor iqtisodi sharoitida pul mablag‘ini va uning ekvivalentlarini saqlash, kirimi va
sarfini ustidan qattiq va tizimli nazorat o‘rnatish lozim. Chunki ular tez harakat qiladigan
va ugirlanishi nisbatan oson bo‘lgan mablag‘lardir.
Shuning uchun ularni saqlash, kirim va sarflanishini nazorat qilishning quyidagi
usullarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir:
A. Pul mablag‘larining ichki nazorati.
Ichki nazorat tizimi quyidagilarni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan siyosat va
tadbirlardir:
-aktivlarni himoya qilish;
-sub’ektning moliyaviy siyosatini mosligini ta’minlash;
-buxgalteriya schyotlarida aks ettirilgan ko‘rsatkichlarning ishonchliligini ta’minlash.
Pul mablag‘lari va aktivlar ustidan o‘rnatilgan qattiq ichki nazorat tizimi, pul
mablag‘lari va ularning ekvivalentlarining amalga oshirilgan baholanishi moliyaviy
hisobotlaridan foydalanuvchilar aniq va ishonchli bo‘lib hisoblanadi.
Pul mablag‘lari ustidan o‘rnatilgan ichki nazorat quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
- pul mablag‘larini alohida saqlash va alohida hisobini yuritish;
- naqd pulga amalga oshirilgan barcha muomalalarning hisobini yuritish;
-
kassada faqat zarur bo‘lgan naqd pulning qoldig‘ini saqlash;
-
kassadagi naqd pul qoldig‘ining doimiy tekshiruv hisoblarini amalga oshirish;
-
daromad keltirmaydigan pul mablag‘larining qaytarilishini taminlash;
-
pul mablag‘larini jismoniy nazorat qilish (vaqti-vaqti bilan kassadagi naqd
pullarni inventarizatsiya usuli yordamida tekshirib turish).
V. Pul mablag‘larining kelib tushishini nazorat qilish quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
Hamma sub’ektlarda pul mablag‘larning tushishini ko‘p manbalari va har xil nazorat
muomalalari mavjud. Amalda quyidagi muomalalar ko‘proq ishlatiladi:
-
pul mablag‘larini to‘lash, naqd pulga amalga oshiriladigan muomalalarni aks
ettirish va kassadagi qoldiqlarni taqqoslash bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlash. Bu tartib
o‘g‘irlikni kalbaki hujjatlar bilan berkitish va o‘g‘irlik tavakalchiligini kamaytiradi;
-
pul mablag‘larining bankdagi schyotlarga tushishidan boshlab, doimiy va
tuxtovsiz pul olish uchun har bir alohida xodimga majburiyatini belgilash.
Bu nazorat o‘z navbatida quyidagilarni talab etadi:
1.
Kechiktirilmagan hisoblashishlar, ya’ni hisoblashishlarni belgilangan vaqtda
amalga oshirish;
2.
Kechiktirilmagan yozuvlar, muomala yozuvlarini o‘z vaqtida amalga oshirish;
3.
Olingan barcha pul mablag‘larini o‘z vaqtida deponentlash, ya’ni tegishli
maqsadlar yoki majburiyatlarga yo‘naltirish.
Pul mablag‘larining boshqaruv funksiyasini bajarish bo‘yicha tuxtovsiz nazoratni
ta’minlash va yozuvlarni yuritish. Bu nazorat, kundalik va kassadagi naqd pulning
kutilmagan hisobi, ichki taftish va kundalik olingan pul mablag‘lari, to‘lovlar va
qoldiqning kundalik hisobotini o‘z ichiga oladi.
S. Pul mablag‘larining sarfini nazorat qilish tartibi quyidagilardir:
Ko‘pchilik kompaniya va firmalar juda ko‘p remitentlarga pul to‘laydilar. Pul
mablag‘larini nazorat qilish tizimi har bir kompaniya va firma uchun ayrim ishlab
chiqarilsa ham quyidagi qoidalar ko‘p hollarda umumiy holda qo‘llaniladi:
-
Pul mablag‘larining xarajatlari haqidagi hujjatlarni yuritish bo‘yicha cheklarni
yozish, imzolash, ularni yuborish va yozuvlarni yuritish bo‘yicha majburiyatlarni
taqsimlab berish:
-
Xo‘jalik ehtiyojlari uchun sarflangan xarajatlarni kichik summadan tashqari
(kichik kassalar), oldindan raqamlangan cheklar bilan rasmiylashtirish (xarajat orderlar
bilan):
-
Agar kichik kassaning schyotlari qo‘llanilsa, ulardan foydalanish bo‘yicha
huquqlarni nazorat qilish zarur;
-
Xarajatni tasdiqlovchi zarur hujjatlar mavjud bo‘lsagina kassaning chiqim
orderlarini yozish;
Pul mablag‘larini ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish ustidan nazorat qilish, ya’ni
kassaning kirim va chiqim daftarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritish.
Dostları ilə paylaş: |