1-mavzu Sport dietologiyasiga kirish. Sport ozuqalanıshining asosiy ozuqa komponentlarining tarifi Dietologiya
1-mavzu Sport dietologiyasiga kirish. Sport ozuqalanıshining asosiy ozuqa komponentlarining tarifi
Dietologiya - bemorlarni ovqatlantirish haqidagi fan va turli xastaliklarda ovqatlanish printsiplarini o'rganadi. Avvallari "dietetika" atamasi sog'likni saqlash haqidagi fan, keyinroq bo'lsa ozuqalanuv haqidagi fan sifatida ma'lumki bo'lgan. Hozirda "dietetika" atamasi "dietologiya" sózi bilan almashtirilib, dietoterapiyaning asosiy usuli va printsiplariga asoslanadi.
Oqilona ovqatlanish - bu odamlarning jinsi, bajaradigan ishi va hududning klimatik xislatlaridan kelib chiqib, organizmning bir kecha - kunduzda sarflagan energiyasin t'oliq qamroshiga qaratilgan. Ilmiy asoslangan va barcha gigienik qoidalarga va talablarga rioya etgan holda amalga oshiriladigan ovqatlanish hisoblanadi. Afsuski, ko'pchilik odamlar vaqtida ovqatlanish, ovqat tarkibining to'liqligi bilan qiziqishmaydilar. Spirtli ichimliklarni, o'tkir, achchiq, ortiqcha tuzlangan va qovurilgan ovqatlarni ko'p va aksincha sabzavot va mevalardi kam iste'mol qilishadilar.
Parhez ovqatlanish - bu sog'lom odamding oqilona ovqatlanishi, uning fiziologik xususiyatlariga asoslanib, shaxsning yoshi, jinsi kasbi va boshqa omillar ta'sirlarini inobatga olgan holda, moddalar almashinuviga ijobiy ta'sir qilishdir. Parhez ovqatlanishning asosiy maqsadi insonlarga me'yorda va to'liq, sifatli ozuqa mahsulotlar yetkazib berishdan iborat.
Davolovchi ovqatlanish - bu bemor insonning oqilona ovqatlanishi va medikomentoz va fizioterapevtik davo muolajalari bilan bir o'rinda turadi. Davolovchi ovqatlanishning oqilona ovqatlanishdan farqi, ushbu xastalik va uning sabablariga tegishli holatlarni inobatga olib ovqat tarkibin va uni tayorlash jarayonlariga o'zgarishlar kiritilishda dir.
Dietologiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -Ovqat tarkibidagi teng salmoqliliknı ta'minlash va atroflicha har xil parhezlarga ishlov berish.
-Har bir xastalikte organizm talabiga uyg'un turda ratsional ovqatnı teng salmoqliligini saqlash.