1. Moliya / Auditorlik faoliyati]



Yüklə 29,92 Kb.
səhifə1/2
tarix06.06.2022
ölçüsü29,92 Kb.
#60756
  1   2
812 03.09.1999




[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi]

[TSZ:

1.Moliya / Auditorlik faoliyati]

O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan
Vazir o‘rinbosari
E.F. GADOYEV
1999-yil 4-avgust, 61-son
“TASDIQLANGAN”
“AUDITNI HUJJATLAShTIRISh”
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI audit MILLIY STANDARTI
6-SON aMS
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 3-sentabrda 812-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur standart O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 43-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3316, 30.07.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Umumiy qoidalar
1. Mazkur standart O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 296-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasida qilgan ma’ruzasida bayon etilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.
Standartning maqsadi va vazifalari
2. Mazkur standartning maqsadi auditorlik tashkiloti (auditor) tomonidan auditning ish hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha yagona talablarni belgilash hisoblanadi.
3. Standartning vazifalari quyidagilardan iborat:
3.1. Auditni hujjatlashtirishning umumiy prinsiplarini shakllantirish;
3.2. Auditning ish hujjatlari shakli va mazmuniga qo‘yiladigan talablarga moslashtirish;
3.3. Ish hujjatlarini tuzish va saqlash tartibini tavsiflash.
4.To‘g‘ri rasmiylashtirilgan ish hujjatlari:
4.1. Auditni rejalashtirish va o‘tkazishga, audit jarayonida tahlilning amalga oshirilishiga yordam beradi;
4.2. Fikr bildirish uchun o‘tkazilgan auditning natijalari haqida guvohlik beradi.
Amal qilish sohasi
5. Mazkur standartning talablari rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni nazarda tutadigan auditni amalga oshirish paytida barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi, tavsiyaviy tusda ekanligi bevosita ko‘rsatilgan qoidalar bundan mustasno.
6. Mazkur standart talablari, tekshiruv natijalari asosida rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlashni ko‘zda tutmaydigan auditning amalga oshirilishida, shuningdek, auditga turdosh xizmatlar (konsalting xizmatlari) ko‘rsatilishida tavsiyaviy tusga ega bo‘ladi.
Aniq topshiriqni bajarish chog‘ida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqilgan hollarda auditorlik tashkiloti buni o‘zining ish hujjatlarida hamda audit va/yoki unga turdosh xizmatlarga buyurtma bergan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga beriladigan yozma hisobotda majburiy tartibda ko‘rsatib o‘tishi lozim.
Auditning ish hujjatlarini tayyorlash asoslari
7. Auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan audit majburiy tartibda hujjatlashtirilishi, ya’ni olingan axborotlar auditning ish hujjatlarida aks ettirilishi va mazkur audit standartiga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.
8. Auditning ish hujjatlariga quyidagilar kiradi:
a) auditni o‘tkazish rejalari va dasturlari;
b) auditorlik tashkiloti tomonidan qo‘llanilgan tartib-taomillar va ularning natijalari tavsifi;
v) xo‘jalik yurituvchi subyektning tushuntirishlari, izohlari va arizalari;
g) xo‘jalik yurituvchi subyekt hujjatlarining nusxalari, shu jumladan, fotonusxalari;
d) xo‘jalik yurituvchi subyektda buxgalteriya hisobining tashkil etilishi va ichki nazorat tizimi tavsifi;
e) auditorlik tashkilotining tahliliy hujjatlari;
j) boshqa hujjatlar.
Ish hujjatlari tarkibiga kiritilishi mumkin bo‘lgan hujjatlarning namunaviy ro‘yxati auditning mazkur standartidagi ilovada keltirilgan.
9. Ish hujjatlari auditni o‘tkazayotgan auditorlik tashkiloti tomonidan tuzilishi yoki audit o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektdan yoki boshqa shaxslardan olinishi mumkin.
10. Ish hujjatlarining shakli va mazmuni quyidagi omillarga bog‘liq:
a) olib borilayotgan ishning xususiyatiga;
b) auditorlik xulosasining shakliga;
v) xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining (biznesining) xususiyati va murakkabliligiga;
g) xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi va ichki nazoratning holatiga;
d) alohida tartib-taomillarni bajarish chog‘ida auditorlik tashkiloti xodimlari ishi ustidan rahbarlik va nazorat qilishning zaruriy darajasiga;
e) auditni o‘tkazish jarayonidagi o‘ziga xos maxsus auditorlik usullari va texnologiyasiga.
11. O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga soladigan hujjatlarda tuzilishi ko‘zda tutilgan hujjatlar auditorlik tashkilotining ish hujjatlari tarkibiga majburiy tartibda kiritiladi.
12. Ish hujjatlarining shakllari, agar O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga soladigan hujjatlarda bunday shakllar nazarda tutilmagan bo‘lsa, auditorlik tashkiloti tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladi.
13. Ish hujjatlari auditni o‘tkazayotgan auditorlik tashkilotining tasarrufida bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning hujjatlari nusxalari, shu jumladan, fotonusxalari auditorlik tashkiloti ish hujjatlari tarkibiga ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektning roziligi bilan kiritilishi mumkin.
14. Audit o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt va boshqa shaxslar, shu jumladan, soliq va boshqa davlat organlari, auditorlik tashkilotidan ish hujjatlarini yoki uning nusxalarini to‘liq yoki biror-bir qismini taqdim etishni talab qilish huquqiga ega emaslar, bundan to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan holatlar mustasno.
15. Ish hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlar maxfiydir va auditorlik tashkiloti tomonidan oshkor etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ish hujjatlari mazmuniga qo‘yiladigan talablar
16. Ish hujjatlari o‘zida quyidagilarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak:
a) auditni rejalashtirish to‘g‘risidagi yozuvlar;
b) bajarilgan auditorlik xizmatlarining xususiyati, o‘tkazilish vaqti va hajmi to‘g‘risidagi yozuvlar;
v) audit davomida olingan ma’lumotlar asosida chiqarilgan xulosalar.
17. Auditorning professional mulohazasini talab etuvchi barcha muhim masalalar, mazkur masalalar bo‘yicha chiqarilgan xulosalar bilan birgalikda ish hujjatlarida aks ettirilishi kerak.
18. Ish hujjatlari yetarlicha to‘liq va batafsil bo‘lishi kerak, toki tajribali auditor u bilan tanishib chiqqanidan so‘ng, auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan audit to‘g‘risida umumiy taassurotga ega bo‘lsin.
19. Ish hujjatlari tarkibiga kiritilgan ma’lumotlar shunday aniq bayon qilingan va ifodalangan bo‘lishi kerakki, ularning mohiyati hamda shakllari aniq-yaqqol bo‘lishi va turlicha talqin qilishning imkoni bo‘lmasligi kerak.
20. Ish hujjatlarining hajmi va mazmuni quyidagi omillarga bog‘liq:
20.1. Mazkur xo‘jalik yurituvchi subyekt yangi buyurtmachi bo‘lib hisoblanadimi;
20.2. Xo‘jalik yurituvchi subyekt nodavlat tashkiloti bo‘lib hisoblanadimi;
20.3. Audit uchinchi tomon talabi bilan o‘tkazilyaptimi;
20.4. Maxsus hisobot talab etiladimi.
Ish hujjatlarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar
21. Ish hujjatlari o‘z vaqtida: auditning boshlanguniga qadar, auditni o‘tkazish jarayonida va tugashi bo‘yicha tuzilishi lozim. Xo‘jalik yurituvchi subyektga auditorlik xulosasini taqdim etish paytida barcha ish hujjatlari tuzilgan (olingan) va rasmiylashtirilishi nihoyasiga yetkazilgan bo‘lishi lozim.
22. Ish hujjatlari tarkibiga kiruvchi hujjatlar quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi kerak:
a) hujjatning nomi;
b) audit o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi;
v) audit o‘tkazilayotgan davr;
g) auditorlik tartib-taomillarini bajarish yoki hujjatni tuzish sanasi;
d) hujjatning mazmuni;
e) hujjatni tuzgan shaxsning imzosi va uning rasshifrovkasi;
j) hujjatni tekshirish sanasi va hujjatni tekshirgan shaxsning imzosi va uning rasshifrovkasi.
23. Auditning ish hujjatlariga kiruvchi hujjatlar ularga kiritilgan ma’lumotlar manbaiga havolalarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim.
24. Agar ish hujjatlarida shartli belgilardan (ramzlardan) foydalanilgan bo‘lsa, u holda bunday belgilar (ramzlar)tushuntirilgan bo‘lishi kerak.
25. Har bir ish hujjati o‘zining raqam indeksiga ega bo‘lishi kerak. Raqam indekslarini tuzish tizimi va berish tartibi auditorlik tashkiloti tomonidan belgilanadi.
Ish hujjatlarini saqlash tartibi
26. Audit tugaganidan so‘ng, ish hujjatlari auditorlik tashkilotining arxiviga majburiy saqlash uchun topshirilishi kerak.
27. Ish hujjatlarining saqlanishi, ularning rasmiylashtirilishi va arxivga topshirilishini auditorlik tashkilotining rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs tashkil qiladi.
O‘tkazilayotgan yoki o‘tkazilgan auditni qayd qiluvchi ish hujjatlarini mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektning audit qilinishi bilan band bo‘lmagan auditorlik tashkilotining xodimlariga berilishiga, odatda, yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
28. Auditorlik tashkiloti ish hujjatlarining ishonchli saqlanishini ta’minlashi shart. Saqlash muddati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ish hujjatlarining yo‘qolishi yoki yo‘q bo‘lishi hollarida auditorlik tashkilotining rahbari xizmat surishtirishini tayinlashi va uning natijalari tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi kerak.
29. Ish hujjatlarini auditorlik tashkilotidan olishni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda, faqatgina unga vakolatli bo‘lgan organlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Kuchga kirish sanasi
30. Mazkur Auditning milliy standarti 2000-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.
6-son AMSga
ILOVA
Auditorlik tashkilotining ish hujjatlari tarkibiga kiritilishi mumkin bo‘lgan hujjatlarning

Yüklə 29,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin