1-Mustaqil ishi Mavzu: Cho’yan olishda kechadigan asosiy fizik-kimyoviy jarayonlar Reja: Cho’yan haqida umumiy ma’lumot. Cho’yanning turlari va ularning markalanishi. Cho’yan ishlab chiqarish sanoati. Cho’yan haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 6,17 Kb.
tarix07.11.2022
ölçüsü6,17 Kb.
#67737
1-Mustaqil ishi Mavzu Cho’yan olishda kechadigan asosiy fizik-k


Mavzu: Cho’yan olishda kechadigan asosiy fizik-kimyoviy jarayonlar

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Jizzax politexnika instituti “Transport” fakulteti 103-20 TVM guruhi talabasi SULTONOV G’ANISHER ning “Materialshunoslik” fanidan tayyorlagan



1-Mustaqil ishi

Mavzu: Cho’yan olishda kechadigan asosiy fizik-kimyoviy jarayonlar

Reja: 1. Cho’yan haqida umumiy ma’lumot. 2. Cho’yanning turlari va ularning markalanishi. 3. Cho’yan ishlab chiqarish sanoati.

1. Cho’yan haqida umumiy ma’lumot.

Cho'yan - bu temir va ugleroddan tashkil topgan temir-uglerod qotishmasi bo'lib, uning tarkibida 2,14% dan 6,67% gacha uglerod (C) bo’ladi. Choʻyan — har xil buyumlar (qozon, santexnika qurilmalari, meʼmorlik bezaklari va boshqalar) quyish uchun ishlatiladigan temir bilan uglerod qotishmasidir. Oddiy (legirlanmagan) Cho’yan tarkibida 2,0% dan ortiq uglerod (C) va oz miqdorda doimiy qoʻshilmalar — kremniy, marganets, fosfor va oltingugurt boʻladi. Tarkibida legirlovchi elementlar — xrom, nikel, molibden, mis, alyuminiy va boshqa, shuningdek, 2% dan ortiq marganets hamda 4% dan ortiq kremniy boʻlgan Cho’yan legirlangan (maxsus) Cho’yan deyiladi.

Cho’yan va po’lat mahsulotlari hayotimizda



2. Cho’yanning turlari va ularning markalanishi.
Cho‘yanlarning tarkibidagi uglerodning holati va shakliga ko‘ra ular 4 gruppaga bo‘linadi:


1) Oq cho‘yan,

2) Kulrang cho‘yan,

3) Puxtaligi yuqori cho‘yan,

4) Bolg‘alanuvchan cho‘yan.
1. Oq cho‘yan, (qayta ishlanuvchan cho‘yan) - bu cho‘yanda uglerod, temir bo‘lgan kimyoviy birikma xosil qilgan xolatda ya’ni semintit xolatda bo‘ladi. Shuning uchun u juda qattiqdir.
2. Kulrang cho‘yan, (quyish cho‘yani) - bunday cho‘yanlarda uglerod erkin xolda, ya’ni grafit tarzda bo‘ladi. Kulrang cho‘yan oquvchan, qotganda xajmi ham kisqaruvchan, suyuqlanish temperaturasi past, kesib ishlashuvi qotishmalardir. Lekin bu cho‘yan po‘latlarga nisbatan ancha mo‘rt kulrang cho‘yan sikilishga tebranma kuchlarga ancha yaxshi qarshilik ko‘rsatadi.

Kulrang cho‘yanlarni yuzlari kulrang tusda bo‘ladi. GOSTga ko‘ra ularning asosiy markalari kuyidagilardan iborat. Ferruntli cho‘yan SCh 00. Ferruntli - perlitli cho‘yan SCh 12-28 Perlit - ferritli cho‘yan SCh 15-32 Perlitli cho‘yan SCh 18-36, SCh 21/40, SCh 24-44, SCh 28-48, SCh 32-52

3. Puxtaligi yuqori cho‘yan. Bunday cho‘yanlarning strukturalari perlit bilan sharsimon mayda grafit donalaridan iborat bo‘ladi. Bunday cho‘yan olish uchun amalda sariq cho‘yanni qolipga o‘uyish oldidan unga ozgina magniy qo‘shiladi. Natijada ajralib chiqqan grafit shar shakliga kiradi. Bunday cho‘yanning quyidagi markalari bor. VCH 45-0, VCH 50-2,5 VCH 50-2, VCH 45-5, VCH 40-10

4. Bolg‘alanuvchan cho‘yan. Bolg‘alanuvchan cho‘yan. Oq cho‘yan quymasini uzoq vaqt (3-4 kun) davomida 900-1000°C temperaturada yumshatish natijasida olinadi. Bu jarayon natijasida Fe C perlitga va bodroq nusxa grafitga parchalanadi. Bolg‘alanuvchan cho‘yanlarning cho‘zilishdagi mustahkamligi chegarasi boshqa cho‘yanlarnikiga qaraganda yuqoriroq bo‘lib, u zarb kuchlari ta’siriga va korroziyaga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi.

4. Bolg‘alanuvchan cho‘yan. Bolg‘alanuvchan cho‘yan. Oq cho‘yan quymasini uzoq vaqt (3-4 kun) davomida 900-1000°C temperaturada yumshatish natijasida olinadi. Bu jarayon natijasida Fe C perlitga va bodroq nusxa grafitga parchalanadi. Bolg‘alanuvchan cho‘yanlarning cho‘zilishdagi mustahkamligi chegarasi boshqa cho‘yanlarnikiga qaraganda yuqoriroq bo‘lib, u zarb kuchlari ta’siriga va korroziyaga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi.

Bu cho‘yanni bolg‘alab bo‘lmaydi. Bolg‘alanuvchan cho‘yan degani shartli nom bo‘lib, bu nom uning kulrang cho‘yanga qaraganda biroz plastik bo‘lgani uchun berilgan. Bolg‘alanuvchi cho‘yanni ba’zi markalari quyidagicha: Ferritli cho‘yan KCh 37-12, KCh 35-10, KCh 33-8, KCh 30-6 Perlitli cho‘yan KCh 20-3, KCh 35-4, KCh 30-3: bolg‘alanuvchan ekanligini ko‘rsatadi.

3. Cho’yan ishlab chiqarish sanoati.

Domna pechi 8-10 yil davomida uzluksiz ishlovchi pech bo‘lib, o‘rtacha hajmi 2000-3000 bo'ladi. Domna pechining ichki devori mustahkam g‘ishtdan terilib, sirtidan 15-20 mm.li po’lat list bilan qoplanadi. Pechning o'tga chidamli g 'isht terilmalari chidamliligini oshirish maqsadida (pech balandligining 3/4 qismida) sovitish trubalari o'rnatilgan bo‘lib, ularda sovuq suv aylanib turadi.


Domna pechi qurilgan joy



Xulosa: Men “Cho’yan olishda kechadigan asosiy fizik-kimyoviy jarayonlar” mavzusini o’rganish jarayonida juda ko’p narsalarni o’rgandim. Shular jumlasidan cho’yan, cho’yanning turlari va ularning markalanishi, cho’yanning hayotimizda tutgan o’rni, cho’yanning ishlab chiqarish, domna pechining tuzilishi va ishlashi haqida ko’pgina ma’lumotlarni bilib oldim. Bu o’rgangan narsalarim hayotimda va kelajakda egallaydigan kasbimga juda kerakli bo’ladi deb o’ylayman.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI V. A. Mirboboyev Toshkent — «Moliya» — 2003 2. MATERIALSHUNOSLIK A. MATKARIMOV, F. AHMADJONOV O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent – 2017 3. MATERIALSHUNOSLIK (Darslik) U. A. Ziyamuхamedova Toshkent – «Barkamol fayz media» – 2018 Foydalanilgan Internet saytlari: 1. https://uz.wikipedia.org/ 2. http://mylab.uz/ 3. https://arxiv.uz/ 4. https://refu.ru/ 5. http://ilmiy.bmti.uz/ 6. http://e-library.namdu.uz/

E’tiboringiz uchun RAHMAT



http://hozir.org
Yüklə 6,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin