Mundarija:
Kirish……………………………………………….
Bob. Asosiy qism
2.1. Olinishi
2.2. Kimyoviy xossalari
2.3 Foydalanish haqida batafsil
III. Bob. Xulosa……………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar………………………
KIRISH
Marganets (nem. Marganerz - marganets rudasi; lot. Manganum), Mn — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruh kimyoviy elementi. Tartib rakami 25, atom massasi 54,9380. Tabiatda 1 ta barqaror izotopi 55Mp maʼlum. Oksidlanish darajasi +2 dan +7 gacha, birikmalaridan 2 va 7 valentliklari barqaror hisoblanadi. Poling boʻyicha elektr manfiyligi 2,5 ga teng . Ion radiusi (qavslarda koordinatsion sonlar keltirilgan) Mp2+ uchun 0,080 nm (4), 0,089 nm (5), 0,104 nm (7), Mp7+ uchun 0,039 nm (4), 0,060 nm (6). Marganetsni dastlab 1774-yil shved olimi Marganets Sheyele aniqlagan. Sof holdagi Mn ni shved kimyogari Yu. Gan ajratib olgan. Marganetsning yer poʻstidagi massa boʻyicha miqdori 0,1% atrofida, okean suvlarida 2-10~7%. Tabiatda erkin holda uchramaydi, asosan, minerallar tarkibida boʻladi. Pirolyuzit (}-MpO2, psilomelan tMO pMpO2xN2O [M=Va, Sa, K, Mp (II)], manganit (J-MnOOH, braunit 3Mn2O3MnSiO3 va rodoxrozit MpSO3 lar shular jumlasidandir. Rossiya, JAR, Avstraliya, Gabon, Braziliya, Hindiston, Gana va boshqa davlatlarda rudalari mavjud. Tinch, Atlantika va Hind okeanlarida temirmarganets konkre-siyalari koʻp tarqalgan.
Marganets oqkumush rang metall, kristall holdagi 4 ta kubsimon modifikatsiyasi maʼlum boʻlib, 710° dan past haroratlarda a - shakldagisi barqaror hisoblanadi. — 173° dan pastda anti-ferromagnit, yuqori haroratlarda esa paramagnitdir.
Marganets havoda yengil oksidlanadi, 800° dan yuqorida ichki qavati MpO tashqaridagi Mp3O4 dan iborat kuyindini hosil qiladi. 800° dan pastda Mp2O3, 450° dan pastda esa MpO2 hrsil boʻladi. 100 g Marganets 60 sm³ vodorodni yutib, qattiq eritma xrsil qiladi. Galogenlar bilan kristall holdagi digalogenidlar beradi, qizdirilganda oltingu-gurt, azot, fosfor, uglerod, kremniy va boshqa elementlar bilan birikadi. Marganetsning MnN6, Mn5N2, Mn4N, MnN, Mn6N5, Mn3N2 tarkibli nitridlari, MpR, MnP3, Mn2P, MrijPj, Mn4P tarkibli fosfidlari, Mp3S koʻrinishdagi karbidi va MnSi, MnSi17, Mn3Si, Mn5Si3 tarkibli silitsidlari olingan.
Dostları ilə paylaş: |