Mundarija:
Kirish
1.Narx tushunchasi va unga ta`sir qiluvchi omillar
2.Turli bozorlar va ularda narx belgilashni o`ziga xos xususiyatlari
3.Bozor muvozanati.Maksimal va minimal narxlar
4.Narxning bozor muvozanatini tartibga solishda tutgan o`rni va davlat tomonidan tartibga solinishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o’zlarining namoyon bo’lishini narxda topadi.
O‘zbekiston Respublikasida keng imkoniyat hamda sharoitlar yaratib qo‘yildi. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo‘jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o‘rgatuvchi bilimga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ga asosan respublika iqtisodiyotida olib borilayotgan erkinlashtirish jarayonlari chuqurlashdi, moliya bozori shakllandi va undagi operatsiyalarning ko‘lami o‘sib, ishtirokchilarining soni ham ortdi.
Narx - bozor mexanizmining muhim tarkibiy elementlaridan biri. U o’zining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromad iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bo’yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirib, sog’lom raqobat muhitining yaratilishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasida keng imkoniyat hamda sharoitlar yaratib qo‘yildi. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo‘jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o‘rgatuvchi bilimga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ga asosan respublika iqtisodiyotida olib borilayotgan erkinlashtirish jarayonlari chuqurlashdi, moliya bozori shakllandi va undagi operatsiyalarning ko‘lami o‘sib, ishtirokchilarining soni ham ortdi.
Ushbu “Mikroiqtisodiyot” fanidan yozilgan ushbu referatda bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotda amal qiladigan qonuniyatlarni, bozor mexanizmining nazariy va amaliy asoslarini, jamiyatdagi resurslar tanqisligi va kishilar ehtiyojini qondirish zaruriyatidan kelib chiqadigan bozor muvozanati va muvozanat narxlar, bozor muvozanatiga ta’sir qiluvchi omillar, maksimal va minimal narxlar, «qora bozor»ning vujudga kelishi, iste’molchi yutug’i va ishlab chiqaruvchi yutug’i to‘g‘risida keng iqtisodiy mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sub'yektlari faoliyatiga bevosita ta'sir etuvchi talab va taklif, foydalilik va iste'molchilarning bozodagi narxlarga munosabati, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot bahosi, raqobat shakllari, ishlab chiqarish omillari va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari, umumiy muvozanat va davlatning bozorni boshqarishdagi roli va shu kabi qator boshqa masalalar keltirilgan.
1.Narx tushunchasi va unga ta`sir qiluvchi omillar (8 9 bet)each
1.Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.
Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda narxni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qarashgan. XXI asr boshlaridagi nazariyalar pulning miqdoriy nazariyasi asosida izohlab narxga xarajatlar, tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi.
Binobarin, narx qiymatdan miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har qanday narxning asosi boʻlib, mahsulotning hayotiy sikli davomida uning narxidagi oʻzgarishlarga katta taʼsir koʻrsatadi. Narx miqdori xarajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda, raqobatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi.
Bozor iqtisodiyotida narx bir nechta vazifalarni bajaradi:
Dostları ilə paylaş: |