Yallig‘lanishga qarshi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi
1. NOSTEROID TUZILISHDAGI YALLIRLANISHGA QARSHI DORI VOSITALARI
Nosteroid tuzilishdagi yallirlanishga qarshi dorilarning umumiy ta’siri yallirlanishga qarshi, og‘riqni qoldirish, tana haroratini pasaytirish va organizm ying sensibilizatsiya qobiliyatini susaytirish asosIDa araxidon kislotasidan prostaglandinlar hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi siklooksigenaza va prostaglandinsintetaza fermentlari majumasi faoliyatini susaytirish qobiliyati yotadi. Ma’lumki, fosfolipaza A hujayra qobig‘idagi fosfolipidlar—araxidon kislotadan siklooksigenaza siklida undan prostaglandinlar (PG), lipoksigenaza siklida esa leykotriyenlar (LT) hamda sekin reaksiya beruvchi anafilaksiya moddalari hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu jarayonlar mobaynida kuchli oksidlovchi ta’sirga zga bo‘lgan erknn kislorod radikallarining hosil bo‘lishi yallig‘lanishning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Shuni esda tutish kerakki, turli kimyoviy guruhlarga mansub nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan dorilar har xil PG lar hosil bo‘lishini turli darajada susaytiradi hamda ularning bu ta’siri barcha a’zolarda kuzatiladi. Bu dorilarning va alohida guruhga kiruvchi dorilarning‘ umumiy ta’sir kuchi birbiridan farq qilganligi sababli ularni bemorlarga tavsiya etishda ham farq bo‘ladi.
Nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi dorilar yallig‘lanishni susaytiradi, bu dorilar mayda qon tomirlarini kengaytiradi, lizosoma membranalar o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, yallig‘lanish o‘chog‘ining energiya bilan ta’minlanishi buzilishi (ATF hosil bo‘lishi kamayishi) natijasida yallig‘lanish mediatorlari (gistamin, serotonin, kininlar, immun xususiyatli moddalar, ayniqsa prostaglandinlar hosil bo‘lishi buzilishi, to‘qimalar tuzilishini buzadigan reagentlar), kislorod radikali va boshqalar yallig‘lanishda ishtirok etuvchi moddalar tuzilishining o‘zgarishi bilan ularning sitostatik ta’siri tabiiy omillar xususiyatini oshiradi.
Shu sababli bu dorilar kelib chiqish sababidan qat’i nazar har qanday yallirlanishni kamaytiradi. Masalan, steroid gormonlar, salitsilat kislota hosilalari, indometatsin qon tomirlar o‘tkazuvchanligini, yallig‘lanish o‘chog‘ining energiya bilan ta’minlanishini susaytiradi, ba’zi dorilar (masalan, kolxitsin, oltin preparatlari) esa faqat ma’lum turdagi yallig‘lanishgagina qarshi ta’sir qiladi.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi qarshi dorilarning birinchi guruhiga salitsilat kislota hosilasi, Nfenilantranil, indolsirka, fenilalkan kislotalari^hamda pirazolon va anilin unumlari kiradi. Bular o‘tkir va surunkali yallig‘lanishlarni susaytiradi. Ularning bunday ta’siri soat yoki kun sayin ryvojlanib boradi.
Bu guruhga kiruvchilar og‘riqni qoldirish va haroratni pasaytirish xususiyatiga ham ega.
Mikroorganizmlar, viruslar, limfokinlar f a’sirida fagotsitlar, monotsitlarda, retikulotsitlarda haro ratni kuchaytiruvchi moddalar hosil bo‘ladi. Bu moddalar MNS da PG larni (ko‘proq issiqlikni boshqarishga aloqasi bo‘lgan PGE) ko‘paytiradi.
PGlar gipotalamus hujayra membranalarida SAMF miqdorini ko‘paytirib yuboradi, bu o‘z navbatida kalsiy ionlarining orqa miya suyuqligidagi miqdori oshib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu esa issiqlik ishlab chiqaruvchi markaz hujayralari q}’zg‘alUvchanli~ gini oshirishi natijasida issiqlik ishlab chiqarilishi hamda qon tomirlar markazining faolligi ortadi. Natijada periferik qon tomirlar torayib, issiqlikning organizmdan chiqarilishi kamayishi natijasida tana harorati ko‘tariladi.
Nosteroid tuzilishiga ega bo‘lgan dorilar orqa miya suyuqligida PG lar miqdorini, ularning gipotalamus neyronlariga qo‘zg‘atuvchi ta’sirini kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida issiqlik hosil bo‘lishini kamaytiradi va mayda qon tomirlarni kengaytirib, issiqlikning tanadan chiqib ketishini tezlashtiradi. Bu mexanizm ayniqsa 5—7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda tana haroratini pasaytirishda katta ahamiyatga ega.
Haroratning foydali tomoni shuki (antitelalar hosil bo‘lishi va interferon faolligini oshiradi), u leykotsitlar faolligini va ularning fagotsitar xususiyatlarini, AKTG, GK sintezini kuchaytiradi, jigarning toksinlarni zararsizlantirish vazifasini oshiradi. Uning zararli tomoni shuki, u mikrotsirkulatsiyani va buyrakda qon aylanishini buzadi, katabolik jarayonlarni kuchaytirishi hisobiga miyaning kislorod bilan ta’minlanishi buziladi, miya to‘qimalari shishi natijasida bolalar shaytonlab qolishlari mumkin. Nosteroid dorilarni harorat ko‘tarilishi shaytonlashga sabab bo‘lganda, zotiljam, meningit rivojlangan paytlardagina tavsiya etish mumkin.
Pediatriya amaliyotida tana haroratini pasaytirish uchun ishlatiladigan dorilarni ahamiyati jihatidan quyidagi tartibda joylashtirish mumkin: indometatsin, analgin, amidopirin, mefenam kislota, naproksen, paratsetamol, aspirin. Bolalarda haroratni pasaytirish uchun ko‘proq paratsetamol (10—15 mg/kg dan 4—6 soatda yoki naproksen 7,5 mg/kg kuniga 2 marta) tavsiya
20 j a d v a l
Dostları ilə paylaş: |