1. O’qituvchining o’quvchilar bilimlarini chuqur, ongli va mustaqil egallab olishlariga qaratilgan va o’quvchilar bilish faoiiyatini boshqarishni ta’minlaydigan faoliyat usullari uima deb yuritiladi?
A . O’qitish
qoidalari
B .O’qitish jarayoni
C .Ta’lim metodlari
D. O’qitish tamoyillari
2.Ta’lim oluvchilarning nutq madaniyati va mantiqiy tafakkurini taraqqiy ettirish, ularning bilish imkoniyatlari bilan bog’liq usul qanday usul deyiladi?
A .O’yin mashqi
B .Og’zaki mashq
C .Yozma mashq
D .Individual mashq
3.Ta’lim jarayoni asosini qaysi tarkibiy qismlar tashkil etadi:
A. Ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim shakli
B.O’quvchini o’quv-bilish
faoliyati, ichki ziddiyatlari, o’qituvchi faoliyati
C. Yangi
bilimlarni bayon qilish,mustahkamlash
D. Aralash,amaliy va tajriba ishlari
4. Davlat standarti nima? Ta’limning:….
A. Zarur va yetarli darajasi
B. O’quv yuklamalarini me’yorga keltirilishi va ularning hajmiga qo’yiladigan asosiy davlat talablari
C. O’quv yuklamalari hajmiga qo’yiladigan asosiy davlat talablari
D. O’quv yuklamalarini me’yorga keltirilishi
5.O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari qaysilar?
A.ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi, ta’limning uzluksizligi va izchilligi, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
B. umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishi, akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishni
tanlashning ixtiyoriyligi, davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi
;
C. ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv, bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish, ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish;
D. barcha javoblar to’g’ri