1-o’quvchi Navobaxsh elimning navobaxshi siz, Ta’rifingiz qilmoqqa ojizman hazrat Avlodingiz bizlar duo qilamiz. Ijodingiz gulshani turfa gullari Yillar adog`ida balq urar albat. 2-o`quvchi Bu aziz yurtimning aziz o`g`loni, Shoirsiz, nosirsiz buyuk sarkarda. Ohla chekib charxning jafolaridan Ko`nglingiz shod bo`lmadi o`zga yurtlarda. Bu turkiy dunyoni birlashtiray deb Umringiz o`tdiku jangu-xatarda 3-o`quvchi Ul zamondan topolmay tole’ingizni, G`urbat g`amin to`kdingiz zebu-zabarda. Ruhingiz qo`llasin bizlarni doim, Xalqingiz duosi har tong saharda. 1-boshlovchi Bobolar kalomi tilimda doim,
Sen uchun yuragim qo`limda doim. Sog`inganman yurgan yo`limda doim, Vatan yagonasan dilimda doim. 2-boshlovchi Bu yorug` olamning jannatlari bor, Vatandan bo`lagin minnatlari bor. Joningga jonimning payvandlari bor Vatan yagonasan dilimda doim. Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, davramizga tashrif buyurgan qadrli mehmonlar.
“Zahirriddin Muhammad Boburni xotirlab” deb nomlangan tadbirimizni ochiq deb e`lon qilamiz. 1-boshlovchi Bugun bu yerda to`planishimizdan maqsad, buyuk shoirimiz she’riyat daholaridan biri bo`lmish Zahirriddin Muhammad Bobur ruhini bir zumgina bo`lsada shod etib, xayolan bo`lsada Bobur yaratgan sheriyat bog`lari aro sayr aylab, bir zumgina bo`lsa-da, Bobur ijod qilgan nazmiy asarlar asosida siz azizlar ila muloqotda bo`lishdir. Endigi navbat bobomiz hayoti va ijodi haqidagi ma`lumotlarga. Ma`lumotlar Z. M. Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug`ildi. Otasi Temuriyzoda Umarshayx Farg`ona viloyatining hukmdori edi Onasi Qutlug`nigorxonim Toshkent hokimiYunusxonning qizi edi.