Xorazmshohlar davlati tarixi haqida yaratilgan tarixiy asarlar
Reja:
1. Saljuqlar davlatining tashkil topishi.
2. Saljuqlar davlatining Movarounnahrdagi hukmronligi.
3. Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi.
4. Xorazmshohlar davlatining Movarounnahrdagi siyosati.
Saljuqiylar davlati. Yaqin va O’rta Sharq, qisman Movarounnahrda saljuqiylar sulolasi boshqargan davlat (1038—1308). S.d.ga Saljuqning nevarasi Sulton Tug’rulbek asos solgan. Saljuq turklari II-a.ning 20-y.larida harbiy xizmatlari evaziga Xurosonda Mahmud G’aznaviydan ko’plab mulklar olganlar. Biroq keyinchalik g’aznaviylar ularga qarshi lashkar jo’natib, Arslon Isroil ibn Saljuqnii asir olishgan va Hindistondagi harbiy qal’ada tutqunlikda saqlashgan (1032 y. u hibsda o’lgan). Saljuqiylar g’aznaviylarga qarshi olib borgan ko’plab muvaffaqqiyatli janglaridan so’ng Nishopurni egallab, o’z rahbarlari Tug’rulbek sulton deb e’lon qildilar (1038). Dandanakon jangiadgi g’alabadan so’ng u Xuroson hukmdori deb e’lon qilindi. Asta-sekin saljuqiylar Xuroson, Xorazm, G’arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq (Bag’dod bilan birga)ni o’zlariga buysundirdilar. Bag’dodda Tug’rulbek nomiga xutba o’qitilgan. Abbosiylor xalifasi al-Koim ( hukmronlik davri: 1031-75) hokimiyatni Tug’rulbekka topshirib, uni sulton hamda Sharq va G’arb podshohi deb tan olishga majbur bo’lgan va qizini unga xotinlikka bergan. Tug’rulbek Rayni, uning ukasi Chag’ribek Dovud (990—1060) Marvni o’zlariga poytaxtqildilar. 1050 y.da Tug’rulbek poytaxtni Raydan Isfahonga ko’chirgan
Alp Arslon va Malikshoh xukmronliklari davrida saljuqiylar Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda mustahkam o’rnashib olishgan. Ular Vizantiya imperatori Roman IV Diogenning 200 ming kishilik qo’shinini yengib (1071), butun Kichik Osiyoni (1071—81), keyinchalik Suriya va Falastinni eabt etishgan. Armamiston, Gruziya, Shirvon ham bo’ysundurilgan. Shu davrda Balx Termiz (1044), Buxoro, Samarqand (1089), keyinchalik Farg’ona vodiysi saljuqiylar qo’l ostida birlashgan. Hatto Sharqiy Turkistondagi qoraxoniylar ham ularniig ustunligini tan olishgan. Alp Arslon poytaxtni Isfaxon Marvga ko’chirgan. Saljuqiylar qo’shinlari Arabiston ya.o.dagi Yaman va Baxrayn yerlarini ham o’z tasarruflariga olishgan. Malikshoh hukmronligi davrida S.d. harbiy-siyosiy jihatdan juda kuchli bo’lgan. Bu vaqtda poytaxt yana Isfahonga ko’chirilgan. 11-a.oxirlarida S.d. Sharqiy Turkistondan O’rta yer va Marmar dengizlarigacha bo’lgan katta hududni o’z ichiga olgan. Bu davlat Xitoy bilan Vizantiya o’rtasida joylashgan. Salibchilarniig Sharqqa qilgan yurishlarini to’xtatishda saljuqiylarning xizmati katta bo’lgan.
11-a.oxirlaridan boshlab S.d. parchalana boshlaydi. Chunki 1-salib yurishi natijasida S.d. Gruziya, Shirvon hamda Kichik Osiyoning sohil bo’yi hududlaridan, Suriya va Falastinning bir qismidan ajralgan (1096-99). S.d.dan bir necha mustaqil sultonliklar ajralib chiqqan. Mas. Kermon sultonligi (1041—1187), Shom (Suriya) sultonligi(1074-1117), Ko’niya sultonligi va b. saljuqiy sultonlar o’g’uz va b. turkiy urug’lar boshliqlari, jasur jangchilarga iqto in’om kilganlar. Mas. Malikshoh saltanatni 12 ta viloyat-mulkka ajratib, ularni amirlar va lashkarboshilarga iqto tariqasida bergan. Katta-katta mulklarga ega bo’lgan iqtodarlar esa mustaqil bo’lishga harakat qilganlar. Malikshoh vafoti (1092)dan so’ng, uning o’g’illari o’rtasida taxt uchun kurash avj oldi. Aka-uka sultonlar Mahmud (hukmronlik davri 1092-94) Barqiyoruq Malikshoh II (hukmronlik davri: 1104— 25), G’iyosiddin Muhammad (hukmronlik davri: 1105—18) ayrim hokimlarning isyonlarini bostirish bilan birga ismoiliylar harakati, xususan, hashshoshiylarga qarshi kurash olib borishga majbur bo’lganlar.
Buyuk S.d. taxt uchun kurashlar oqibatida sharqiy va g’arbiy qismlarga bo’lingan. G’arbiy qismga kirgan G’arbiy Eron, Iroq va Ozarbayjonni Iroq sultonligi (1118—94) iomi bilan sulton G’iyosiddin Muhammadning o’g’li sulton Mahmud (hukmronlik davri: 1118-31) boshqarishni boshlagan. U Xamadonni o’ziga poytaxt qilgan. Sharqiy qism asosan, Xuroson, Seyiston, Xorazm va Movarounnahrdan iborat bo’lib, unga sulton Malikshohning ken ja o’hli sulton Sanjar hukmronlik qillgan va poytaxti Marv bo’lgan. Sanjarning qudrati avjga chiqqan davrlarda g’arbiy saljuqiylar ham uning siyosiy ta’siri ostida bo’lishgan, G’aznaviylar davlati esa unga 1117 y.dan tobe bo’lgan. Biroq Sharqdan Qoraxitoylarning Movarounnahrga bostirib kirishi Samarqand yaqinida bo’lgan mashhur Qatvon jangi (1141 y. 9 sent.) da ular qarluqlar bilan birgalikda saljuqiylar va qoraxoniylarning birlashgan qo’shinini tor-mor qilishi natijasida Sanjarning kuch-qudrati zaiflasha boshlab, u Movarounnahr, keyinchalik Xurosonning asosiy qismidan ajraladi. Anushteginiylardan Qudbiddin Muhammad, xususan, Otsiz davrlarida Xorazm ham S.d.dan ajralib chiqib o’z mustaqilligini tiklagan. Otsiz, hatto saljuqiylar poytaxti Marvni egallab, Nishopurni qamal qilgan (1141—42). Sanjarning vafoti (1157) dan so’ng saljuqiylarining Xurosondagi hokimligi tugagan. Xuroson g’uzlar (o’g’uzlar) tasarrufiga kirgan. 1117 y. saljuqiylarning Shom (Suriya) sultonligi, 1187 y. Kermon sultonligi ham tugatilgan. Xorazmshohlar 12-a. 2-yarmidan boshlab g’arbiy saljuqiylarning Iroq sultonligiga kuchli zarbalar berishgan. Xorazmshoh Takash Iroq sultonligini ham tor-mor qilib, o’z davlatiga qo’shib olgan (1194). Faqat Kichik Osiyodagi Ko’niya (Anadolu yoxud Rum) sultonligi 14 a. boshlarigacha hukm surgan.
Davlatni boshkarish. S.d. tepasida oliy hukmdor — sulton (sulton ul-a’zam) turgan. Uning nomidan xutba o’qilib tanga zarb etilgan. Taxt otadan bolaga meros sifatida o’tgan. Mulk, yer-suv taqsimlash muhum davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, amaldorlar ishini nazorat qilish va b. sulton vakolatlari doirasiga kirgan. Saljuqiyiarniig boshqaruv tizimi somoniylar, qoraxoniylar, g’aznaviylarniki singari ikkiga: dargoh va devanlarga bo’lingan. Ulug’ hoji, horis amiri (amiri horis), salohdor, xos vakil, alomdor, jondor, tashtdor, sarhang, miroxur dargohdagi asosiy lavozimlar sanalgan. Bosh vazir devoni a’lo — markaziy boshqaruv tepasida turgan. Devoni tug’ro, devoni istifo(moliya devoni), devoni ishraf (nazorat devoni), devoni arz (harbiy vazirlik) kabi rasmiy devonlar bulgan. Viloyat boshliqlari (voliylar) ham o’z devonlariga ega bo’lishgan. Voliylar sulton tomonidan tayinlangan bo’li ular viloyat hayoti bilan bog’liq barcha sohalar: moliya, soliq, sud, harbiy ishlar, jazo idoralariga rahbarlik qilgan. Tuman va shahar miqyosidagi boshqaruv tizimi ham deyarli shunday bo’lgan.
S.d.da, ayniqsa Buyuk saljuqiylardan Tug’rulbek, Alp Arslon, Malikshoh, Sanjar davrlarida iqtisodiy va madaniy hayotda katta ko’tarilish yuz bergan. Hunarmandchilik taraqqiy qilgan: to’qimachilik, kulollik, zargarlik, oynasozik, temirchilik, ko’nchilik va gilam to’qish rivojlangan. Buyuu ipak yo’li ulkan saltanatning markaziy shaharlari orqali o’tgan. Sharqiy Yevropa, Vizantiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlari bilan savdo aloqalari gurkirab rivojlangan. Malikshoh Sharq va G’arb o’rtasidagi savdoni jonlantirish uchun Xuroson va Iroq savdogarlarini boj to’lovidan ozod qilgan. Kaspiy dengizi orqali Turkistonga neftь maxsulotlari keltirilgan. Ichki savdo ham rivojlangan. Mamlakatda sof oltindan zarb etilgan dinor (qizil dinor) joriy etilgan. Bundan tashqari, mahalliy dinor (rukniy) va mis dirhamlar ham bo’lgan.
Madaniyati. S.d.da ilm-fan va madaniyat rivojlangan. Ayniqsa, Eron, Iroq va Movarounnahrda madaniy yuksalish yuqori bo’lgan. Nishopur, Isfaxon, Basra, Xirot, Marv, Buxoro, Samarqandda madrasalar bunyod kilingan. Xususan, buyuk vazir Nizomulmulk qurdirgan Bag’doddagi Nizomiya madrasasi (1067) butun jahonga mashhur bo’lgan. Nizomulmulk lavlatni boshqarish asoslari haqida “Siyosatnoma” asarini yaratgan. Munajjim va riyoziyotchi olim Umar Xayyom loyihasiga ko’ra, Isfahonda rasatxona qurilgan. U Malikshoh topshirig’iga ko’ra, rasadxonada kuzatuv ishlarini olib borgan va sosoniylarning shamsi taqvi taqvimini isloh etib, Yangi taqvim (“Malikshoh taqvimi yoxud Jalol erasi”) ni tuzgan (1079). Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Sa’diy Sheroziy, Umar Xayyom fors she’riyatining so’nmas durdonalarini yaratishgan. Muhamma G’azoliy, Farididdin Attor, Xoja IOsuf Xamadoniy kabi islom ulamolari va sufiylar ijod qilishgan.
S.d.da riyoziyot va ilmi nujum (Bahovuddin Abubakr Marvaziy, Sharafiddin Tusiy, Abulhasan Ali Marvaziy, Abul Muzaffar Isfizoriy, Zahiriddin G’aznaviy), tibbiyot va kimyo (Ismoil Jurjoniy, Faxriddin Roziy), tarix (Zahriddin Nishopuriy, Sadriddin Xusayniy, Anushirvon Koshoniy, Abu Bakr Ravondiy), adabiyot (adib Sobir Termiziy, Nosir Xusrav, Anvariy, Asiriddin Axsikatiy, Raf’iy Marvaziy va b.) sohalariga oid ko’plab bebaho asarlar yaratilgan. Bu davrda Nishopur, Marv, Isfahon, Ray, Xamadon kabi poytaxt shaharlar shuningdek, Buxoro, Samarqand, Termizda ko’plab me’moriy yodgorliklar qurilgan. Marv gullab yashnagan, u “Marvi Shohijaxon” — “Shaharlar shohi” deb ulug’langan. Tarixchi va sayyoh Yoqut Xamaviy Marvda bo’lganida bu yerda 10 ta yirik kutubxona borligini ko’rgan va ulardan foydalangan. Termiz yaqinidagi Payg’ambar orolida Zulkifl majmuasi (11—12-a.lar), Sulton Saodat me’moriy majmui (11—18- a.lar), Jarqo’rg’on minorasi (1109), Marvda Sulton Sanjar maqbarasi (12- a.) va b. me’moriy obidalar qurilgan. Saljuqiylarnig Kuniya sultonligida ham madaniyat taraqqiy etgan. Kichik Osiyoning islomlashish jarayoni kuchayib, tasavvufning mavlaviylik, bektoshiya kabi tariqatlari shakllangan, axiylik (javonmardlik) va qalandarlik kuchaygan. Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro (1240—1320), Xoja Bektosh Vali (1248—1338), Sadriddin Ko’nyoviy, Shahobiddin Suhravardiy singari mashhur mutasavviflar yetishib chiqqan. Ko’niya (Ikoniy), Sivas, Qaysariya, Nikeya sh.lari yirik madaniy markazlar hisoblangan. Bu paytda «O’g’uznoma» dostonining yozma varianti shakllangan, latifada Xo’ja Nasriddin (Afandi) obrazi (Turkiston va Anadoluda) yaratilgan.
Xorazmshohlar davlati. Xorazmshohlar davlati qadimgi davrdan 13 asr o’rtalariga qadar Xorazm hududida hukmronlik qilgan sulolalar (siyovushiylar, afrig’iylar, ma’muniylar, oltintoshlar, anushtiginiylar). Xorazmshohlar davlatini xorazmshohlar boshqargan. Markazi, asosan, Amudaryoning quyi oqimida joylashgan bulsa ham, rivojlangan davrlarida, ayniqsa, 13 asr boshlarida shim.da Kaspiy dengizining shim.sohillari, jan.da Xindukush tog’lari, sharqda Qashqargacha yetgan. Arxeologik ma’lumotlar Ko’zaliqir, Qo’yqirilgan qal’a, Tuproqqal’a Kat qalьalarini poytaxt shahar bo’lgan shahar deb taxmin kilishga imkon beradi. Yozma manbalar Kat qal’asini afrig’iylar sulolasi vakillarining so’ngi qarorgohi bo’lganligini tasdiqlasa, Gurganj (Kuhna Urganch) sh. ma’muniylar va anushteginiylar sulolasining poytaxti bo’lgan. Abu Rayxon Beruniy ma’lumotlariga qaraganda, xorazmshoh unvonini olgan dastlabki sulola siyovushiylar hisoblanadi. Mil. av. 8-a.da shakllangan Qadimgi Xorazm (q. Xorazm) davlatida axomaniylar va undan keyingi afrig’iylar sulolasi asoschisi Afrig’gacha (305 y.) bo’lgan Xorazmshohlar davlati haqida to’la va aniq ma’lumotlar yo’k. Beruniy bu haqda: “Siyovush ibn Kayxusravning Xorazmga kelishidan, Kayxusrav va uning naslining Xorazimda podshohlik qilishlaridan tarix oldlar. Shu vaqtda Kayxusrav Xorazmga ko’chib, Turk podshohlari (ustidan) hukmronligini yurg’uzgan edi”, deb yozgan. Kayxusrav bilan Afrig’ davri oralig’ida “xorazmshoh” unvoniga sazovor bo’lgan shohlardan bizga Kayxusrav (taxm. mil. av. 1200—1140 y.), Saksafar (taxm. mil. av. 519—517 y.), rasman (taxm. mil, av. 329—320 y.), Xusrav (taxm. Mil. av. 320 y.) nomlari ma’lum. Bu davrlarga oid arxeologik manbalar Xorazmshohlar davlatida suniy sug’orishga asoslangan dehqonchilik, savdo-sotiq ancha rivojlanganidan darak beradi. 1938—40, 1954—56 va 1965—75 y.lardagi arxeologik-etnografik ekspeditsiyalar natijasida o’rganilgan yodgorliklardan topilgan moddiy-madaniy topilmalar Xorazmda ilm-fan, san’at, haykaltaroshlik yuksak darajada rivojlanganidan darak beradi. Bu yodgorliklarning yuqori qatlamlari va hozirgacha saqlanib qolgan qismlarning ko’pchiligi asosan, afrig’iylar sulolasi davrida qurilgan.
3-a.da Xorazm hududida iqtisodiy-siyosiy jihatdan mustaqil bo’lib olgan bir nechta hokimliklar vujudga kelgan. Tuproqqal’a saroyi zallarining birida boshiga toj kiygan va qo’lida burgut ushlagan podsho haykalining topilishi, shuningdek, Anqaqal’a yaqinida ham boshida toj, qo’lida burgut ushlagan kishi rasmi solingan tanganing topilishi va shu joyda earb qilinganligi mahalliy sulola hokimiyati o’rnatilganligidan guvohlik beradi. Topilgan tangalarda lotin alifbosidagi “S” harfiga o’xshash siyovushiylar tamg’asining borligi, bu sulola siyovushiylar avlodidan bo’lishi mumkinligini kzrsatadi. Mil. 3- a. o’rtalarida Kushon podsholigidagina emas, balki butun o’rta Sharqda katta siyosiy o’zgarishlar ro’y beradi. Kushonlar sulolasi bilan bir vaqtda arshakiylarning hukmronligi yemirilai. Xorazmda kushonlar bilan kurash va ichki siyosiy larzalar qudratli mahalliy sulolani vujudga keltiradi. Bu sulola o’z tangalarini zarb qiladi va shaharlarda o’zlariga saroylar quradi. Shunday qilib, 3-a.da Xorazmda kushonlar bilan kuraщda g’olib chiqqan siyosiy guruh — afrig’iylar sulolasiga asos solinadi.
Xorazm eftaliylar (5-a.ning 2- yarmida — 6-a.ning o’rtalari) davrida ham, turklar (6-a.ning 2- yarmi — 7- a.ning 1—yarmi) davrida ham o’zining siyosiy mustaqqilligini saqlab qoldi.
Vizantiyalik tarixchi Menandr, Xorazm 6-a.iing 60-y.larida Vizantiya va turklar bilan diplomatik aloqalar olib borilganligi to’g’risida to’liq bo’lmagan ma’lumot beradi.
Arab manbalarida Xorazmning arab lashkarboshilari Salim ibi Ziyod va Umaviya ibn Abdulloh tomonidan ikki marta buysundirilganligi to’g’risida gapiriladi. Aslini olganda bu yerlarga ham Movarounnahr shaharlariga nisbatan qilinganidek, talon-toroj yurishlari uyushtirilib turilgan. Faqat 8-a. Boshidagina Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi qo’shinlar Xorazmni uzil-kesil bosib oldilar. Qutayba xorazmliklarning tarixiy adabiyoti va madaniy merosini yaratgan va saqlab kelgan olimlarni qirib yuboradi va quvg’in qiladi. Shuning uchun ham, arablargacha bo’lgan Xorazmshohlar davlati tarixiga oid yetarli yozma manbalar uchramaydi.
Arablarning shafqatsiz zulmi va quvginiga uchragan xorazmshohning ukasi Xurzod tarafdorlaridan bir guruhi Bulon boshchiligida 712 y.dan 730 y.gacha Xazar xoqonligi hududlariga ko’chib, mustahkam o’rnashib, bu yerda ular armiya, davlatni boshqarish ishlarini o’z qo’llariga oldilar. Ular harbiy mavqelarini mustahkamlab Kavkazda arablar egallagan yerlarga xavf sola boshlaydidar.
Bu davrda Urganch voliysi va Xorazmshohlar davlati xalifalikka to’g’ridan-to’g’ri buysunib, har qaysisi alohida-alohida xiroj to’lab turishgan. Xorazmshohlar davlati hukmdorlari o’z mavqelarini mustahkamlash uchun bir qancha tadbirlarni amalga oshirishgan. 751 y. xorazmshoh Shaushfirning elchilari Xitoyga kelganligi haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan.
Kuchli larzalardan tushkunlikka uchragan Xorazmshohlar davlati 9— 10-a.larda Arab xalifaligining yemirilishi tufayli ketma ket O’rta Osiyo va Sharqiy Eronda paydo bo’lgan yirik mustaqil davlatlar tohiriylar, safforiylor va somoniylar qo’l ostida bo’lgan.
Tarixiy va arxeologak ma’lumotlarga qaraganda 10-a. oxirlarida Xorazm iqtisodiy jihatdan juda tez rivojlana boshlaydi. Bunga shaharlarning o’sishi dalil bo’la oladi. Agar, Tabariy 712 y.da Xorazmda uchta shahar bo’lganligini ko’rsatib o’tsa, Istaxriy 10-a. boshlarida Xorazmda shaharlar soni o’ntaga yettanligini ko’rsatadi. 985 y.larda esa, Maqdisiyning yozishicha, Xorazmdagi shaharlarning soni o’ttiz ikkitaga yetgan. Arxeolog qazilma vaqtida topilgan kulolchilik mahsulotlari bu shaharlarda hunarmandchilik tez rivojlanganligidan darak beradi. Arab manbalariga qaraganda 10— 11-a.larda Xorazm yirik savdo markaziga aylangan. Xorazm savdogarlari, hoz. Qozog’iston va Turkmaniston o’rnidagi dashtlarda yashovchi aholi bilan Volga bo’yidagi Xazariya va Bulg’or podsholigi hamda Sharqiy Yevropadagi slavyan olami bilan keng ko’lamda savdo ayirboshlash ishlarini olib borgan. Shar. Yevropa savdoning o’sishi natijasida Xorazmshohlar davlatining shimm.-g’arb tomonidan eng chekka istehkomi bo’lgan Urganch Xorazmda bu savdoning birinchi ahamiyatga ega bo’lgan markaziga aylangan. “Hudud ul-olam” muallifining tarificha, “Gurganch” qad. zamonda Xorazm mulklari jumlasiga kirgan shahar bo’lib, uning alohida podshosi bor. Shahar podshosining “Gurganch miri” deb ataydilar. Uning alohida bo’lib ajralib chiqishini — mamlakatning iqtisodiy jihatdan gurullab o’sishi, Volga bo’yi bilan bo’lgan savdo aloqalarining rivojlanishi hamda siyosiy tarixiy sharoit bilan bog’langan holda tushunish mumkin.
10-a.ga oid yozma manbalarda qayd qilinishicha xorazmliklar qo’shnilari o’g’uzlar bilan muvaffaqiyatli jang qilib turgan. Xorazmliklar Xazar xoqonligida muhim rolь o’ynaganlar, xoqon qo’shinlaridagi asosiy qism ulardan iborat bo’lgan. 992 y. somoniy Nuh ibn Nasr o’z poytaxti Buxorodan maxrum bo’lib, Amul (Chorjo’y) ga qochadi va shu yerdan turib istilochilarga qarshy kurashni uyushtirmoqchi bo’ladi. Xorazmning ikkala hokimi unga yordamga keladi. Nuh ularning ko’rsatgan yordami uchun Xurosondagi ikkita yirik mulkini taqdim qiladi: xorazmshoh Abu Abdulloh Muhammadga Obivardni, Urganch amiri Ma’mun ibn Muhammadga Niso sh.ini beradi. V. V. Bartolьd ko’rsatib o’tganidek, Nuh Xurosonning itoatsiz hokimi Abu Aliga qarama-qarshi shunday ish qilgan edi. Shunisi qiziqki Abu Ali Nisoni hech qanday qarshiliksiz Ma’munga topshiradi, lekin Abu Abdulloh yuborgan vakillarini Obivardga kiritishdan bosh tortadi. Gardiziyning hikoya qilishicha, isyonkor Abu Ali 995 y. bahorida Nuhning vassali va lashkarboshisi sifatida harakat qilgan Sabukteginning lashkarlaridan yengilgach, dastlab Rayga qochadi, so’ngra Nishopurga qaytishga harakat qiladi. Sabuktigining o’g’li Mahmudning qo’liga tushadi va uncha katta bo’lmagan guruh bilan Xorazmga Ma’munning panohiga qochadi. Lekin uni xorazmshohning askarlari ushlab oladilar va Katga keltiradilar. Bu voqeani ikki Xorazm davlati o’rtassdagi kurashning uzil kesil barham topishiga bahona bo’ladi. Ma’munning qo’shini Katni ishg’ol qilgan va ozod qilingan Abu Alini, Ma’mun Urganchda tantana bilan kutib olgan. Asir olingan sunggi afrig’iy ham shu yerga keltirilgan. Ma’mun o’zining azaliy dushmanini qatl qilishga buyuradi. Xorazmning ikkala qismini o’z hokimiyati ostida birlashtirib, xorazmshoh unvonini oladi.
Shu tariqa 995 y.da afrig’iylar sulolasi barham topib, ma’muniylar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Shu davrdan boshlab Gurganchj (Ko’hna Urganch) Xorazmshohlar davlatining poytaxti bo’lib kelgan. Ma’muniylar sulolasida 3 ta shoh davlat hokimiyatini boshqargan. Ma’mun ibn Muhammad (995—997), Ali ibn Ma’muv (997—999), Ma’mun ibn Ma’mun (999—1017). 10-a. oxiri — 11- a. boshlarida O’rta Osiyodagi og’ir siyosiy vaziyatga qaramasdan qisqa vaqt xukmronlik qilgan ma’muniylar sulolasi Xorazmshohlar davlatini ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlantirdi.
Maьmuriy jihatdan bu davdat viloyatlarga, viloyatlar esa, shahar va qishloqlarga ajratilib boshqarilgan. Ular davrida Xorazmda davlat boshqaruvining ancha takomillashgan tizimi vujudga keldi. Xorazmshoh davlatning oliy hukmdori, hokimi mutlaq hisoblangan. Gurganchda shoh saroyi qoshida markaziy boshqarma — devonxona tashkil etilib, uning tarkibida ziroat, savdo tijorat, moliya, soliq ishlari shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash harbiy ishlar va boshqa davlat ahamiyatiga ega vazifalar bilan shug’ullanadigan mahkamalar bo’lan. Saroyning eng yuqori lavozimlaridan biri vazirlik lavozimi bo’lib, u xujayibuzruk (bosh xo’ja) unvoniga ega bo’lgan. U levonxona ishlariga javob bergan, katta safar paytida podsho nomidan davlatni idora qilgan.
Ma’muniylar davrida Xorazmshohlar davlatida ilm-fan, madaniyat ravnaq topib, Xorazm Ma’mun akademiyasi tashkil qilindi. Unda xizmat qilgan buyuk qomusiy olimlar, allomalar uzlarining ajoyib kashfiyotlari va asarlari bilan Xorazmshohlar davlati ning mavqeini o’z davri va keyingi davrlar uchun yuksak darajaga ko’tardilar. Viroq bu madaniy yuksalish uzoq davom etmali. 1017 y.da Xorazm Mahmud G’aznaviy tomonidan zabt etildi. Shu bilan ma’muniylar sulolasiga chek kqo’yildi. Mahmud G’aznaviy o’z sarkardalaridan biri Oltintoshni xorazmshoh lavozimiga tayinlaydi. Oltintoshlar sulolasidan ham 3 ta xorazmshoh hukmronlik qilgan. Markaziy Osiyoda paydo bo’lgan Saljuq turklari bilan g’aznaviylar o’rtasida nizo chiqib, 1040 y.da Dandanakon sh. yonida ular o’rtasida qattiq janglar bo’lib, Saljuq turklari g’olib chiqadilar. Ular g’aznaviylar mulkini qo’lga kiritib, Xorazmni ham qaram qiladilar. Oltintoshlar sulolasining so’ngga vakillari saljuqiylar qo’lida turli lavozimlarda xizmat qilganlar, lekan ularga xorazmshoh unvoni beralmagan.
Xorazmni 1040 y.dan Saljuq sultonlari tomonidan tayinlangan hokimlar boshqargan. Ana shunday turk hokimlaridan biri anushteginiylar sulolasi asoschisi Anushtegin Garchoi (1077—97) edi. 1097 y.da Anushtegin vafotidan keyin Xuroson noibi Dodbek Habashiy uning o’g’li Qutbiddin Muhammad (1097-1127)ni Xorazm noibi qilib tayinlab, unga xorazmshoh unvonini beradi. Qutbiddin Muhammadning adolatli va sadoqatli xizmati evaziga Sulton Sanjar (1118—57) uning o’g’li Otsiz (1127— 56)ni Xorazm taxtiga tayiilaydi. Dastlab, Sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qilgan Otsiz 1130-y.lar oxirlarida Movarounnahrdagi siyosiy vaziyatdan foydalanib, mustaqil Xorazmshohlar davlatini tuzishga harakat qilib, uning bilan tinimsiz urush olib boradi. Otsiz vafotidan keyin taxtga o’tirgan El Arslon (1156—72) mahalliy hokimlar va qoraxitoylarga qarshi kurash olib bordi. Uning vorislari Sultonshoh Muhammad (1172) va Alouddin Takash (1172—1200) hokimiyat uchuv 1193 y.ga qadar o’zaro kurash olib bordilar. Takash o’z vorisi Muhammad Xorazmshohga (1200—20) markazlashgan mustahkam davlat va tashqiliy jixatdan qudratli qo’shinni meros qoldirgan bo’lsa, uning o’z so’zlari bilan aytganda, o’g’li Jaloliddin Manguberdi (1220—31)ga parokanda saltanatni meros qilib qoldirdi. 1231 y. da Jaloliddin Manguberdi vafoti bilan xorazmshoh unvoni hamda saltanatni boshqargan sulolalar ham yakun topaxi. Sulton Shohruxning Xorazmdagi noibi amir Shohmalik (1413—26) umrining oxirigacha Xorazmshoh unvonini o’zida saqlagan. ShIuningdek, uning o’g’li Nasriddin Sulton Ibrohimga ham meros tariqasida xorazmshoh unvoni o’tgan. U Abul xayrxon tomonidan Xorazmdan quvilganiga qadar xorazmshoh deb atalgan. Bundan keyingi Xorazm hukmdorlaridan hech biri bu unvonga ega bo’lmagan.
12—13-a. boshlari Xorazm davlatchiligining rivojlanishida muhim bosqich byldi. Bu davrda Xorazmda anushteginiylar sulolasidan chiqqan hukmdorlar Otsiz, Takash va Sulton Muhammad Xorazmshohlar mamlakatni boshqarishning yanada mukammal tizimi, tartiboti va uslublarini yaratganlar. Saltanatniig eng oliy lavozimi vazirlik bo’lib, ular Sadr, Xo’jayibuzruk va Nizomulmulk (mulkning tayanchi) unvonlari bilan yuritilgan. Vazir faqat oliy hukkdor oldida hisobdor bo’lgan. Saltanatning barcha amaldorlari va harbiy boshliqlar ham vazirga itoat qilganlar, uving oldida hisobdor bo’lganlar.
Sulton Muhammad Xorazmshoh o’z podsholigining so’ngida saroyda yana bir oliy mahkam a ya’ni vakillar Kengashi nomi bilan yuritilgan davlat Kengashi ta’sis etad i. Kengash ishida oliy hukmdordan boshqa yana tajribali, bilimli 6 ta vakil ishtirok etadi. Davlat kengashida eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qarorlar ko’pchilik ovoz bilan qabul qilingan. Xorazmshohlar davlatida ulug’ hojib, amir oxur, amir shikor, mutasarrif, toshtdor, qissador, davlatdor,farrosh, amir ul-alam kabi yuqori lavozimlar ham bo’lgan.
Xorazmshohlar davlatida davlat hokimiyati markazlashgan va takomillashgan boshqaruv tizimiga ega bo’lgan. Mahalliy va markaziy hokimiyatning keng vakolatli mahkamalari yordamida mamlakat idora qilingan. Davlatning mahalliy hokimiyat organlari markaziy hokimiyatning kuchli nazorati ostida bo’lgan.
Katta hududda markazlashgan yirik siyosiy birlikning vujudga kelishi tufayli davdatning siyosiy mavqeyi ortdi, unda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi, shaharlar yuksaldi. Xo’jalikning turli sohalaridagi o’sish umumiy iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun omil bo’ldi. Poytaxt Gurganch yirik siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazga aylandi. Shaharlar rivoji uchun savdo, ayniqsa, xalqaro savdo muhim o’rin tuggan. Xorazm davlatining savdo karvonlari nafaqat o’z hududi bo’ylabgina emas, balki undan tashqariga, jan.da Hindistonga g’arbda Arabiston va Yevropaga qatnagan.
Xorazmshohlar davlati tarklbiga kiritilgan hududlardagi bir qancha shaharlarda ilm-ma’rifat, madaniyat yuksaldi. Movarounnahr, Xuroson, Fors, Ozarbayjon va Iroq o’lkalari o’rtasida madaniy aloqalar kuchaydi. Ushbu davrning taniqli olimlari jumlasiga Rashididdin Votvot, Ismoil Isfahoniy, Tohir Faryobiy, Abulfayz Axsikatiy, Sayfuddin Buxoriy, Abulmajid Ja diy, Ali Ismoil Jurjoniy, Ali Xorazmiy, Abul Hasan Xorazmiy, Najib Bakron, Mahmud al-Chag’miniy, Fariduddin Attor, shayx Najmiddin Kubro, Muhammad Axsi katiy, Abdulloh ar-Roziy, Mahmud Samaraqandiy, Ma’sud Xo’jandny, Mahmud Zamaxshariy, Abdulkarim as-Sam’oniy va b.ni kiritish mumkin. Ularning ijodiga nazar tashlar ekanmiz, o’sha davrda ilm-fan ham tabiiy, ijtimoiy sohalar bo’yicha rivojlanganini ko’ramiz.
Xorazmda hukmronlik qilgan sulolalar davri tarixi O’rta Osiyo xalqlari davlatchiligi va madaniyati tarixining ajralmas qismi hisobdanadi.
Adabiyotlar:
1. Asqarov A. O’zbekiston tarixi (eng qadimgi davrlardan eramizning V asrigacha) T, 1994.
2. Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari, Toshkent, 1991.
3. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. T, 1994.
4. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000.
5. Muhammadjonov. A. O’zbekiston tarixi, Toshkent, 1994.
6. Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi, Toshkent, 1997.
7. Hidoyatov G. A. Mening jonajon tarixim. T, 1992.
8. Sentralьnaya Aziya v Kushanskuyu epoxu, T. 2, Moskva, 1974
Dostları ilə paylaş: |