1. Shponkali birikmalar. Prizmatik shponkalar. Ponasimon shponkalar



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə1/4
tarix30.11.2022
ölçüsü1,7 Mb.
#71328
  1   2   3   4
4 (4)


4-mavzu. Shponkali birikmalar haqida umumiy ma’lumotlar. Shponkali birikmalarni hisoblash.
Reja:
1.Shponkali birikmalar.
2. Prizmatik shponkalar.
3. Ponasimon shponkalar.


Ushbu mavzuni o’zlashtirishdan maqsad:Aylantiruvchi detallarni val yoki o’qqa birgalikda aylanadigan qilib maxkam o’rnatish uchun har xil shponkalardan foydalanish. Mashinasozlikda shponkali birikmalardan keng ko’lamda qo’llash. Shponkali birikmalardan foydalanishdan maksad val yoki o’qda shponka uchun mo’ljallangan o’yiq bo’lishini o’rganish.
Tayanch iboralar: Shponka, tishli, g’ildirak, mufta, prizmatik shponka, ponasimon shponka, segmentsimon shponka, silindrik shponka, shlis va boshqalar.


Shponkali birikmalar
Aylanuvchi detallarni (shkiv, tishli g’ildirak, mufta va shu kabilarni) val yoki o’qqa birgalikda aylanadigan qilib maxkam o’rnatish uchun har xil shponkalardan foydalaniladi. Shponkali birikmalarning tuzilishi juda oddiy bo’lib, ularni yig’ish va qismlarga ajratish juda oson. Shuning uchun bunday birikmalardan mashinasozlikda keng ko’lamda foydalaniladi.
Val yoki o’qda shponka uchun mo’ljallangan o’yiq bo’lishi shponkali birikmaning asosiy kamchiligidir, chunki bunday o’yiq val yoki o’q ko’ndalang kesimini kichraytirib, mustahkamligini pasaytiradi.
Shponkali birikmalar zo’riqtirilgan va zo’riqtirilmagan bo’lishi mumkin. Zo’riqtirilgan birikmalarda ponasimon shponkalar, zo’riqtirilmagan birikmalarda esa prizmatik shponkalar ishlatiladi.
P r i z m a t i k sh p o n k a l a r. Prizmatik shponka kesimi to’g’ri to’rtburchaklik bo’lgan detaldir.
Prizmatik shponka vositasida hosil qilingan birikmalar zo`riqtirlmagan bo’lgani uchun shponkani ham, valdagi o’yiqni ham yuqori darajadagi aniqlik bilan tayyorlash talab etiladi, chunki bunday hollarda shponka burovchi momentni yon yoqlari orqali uzatadi. Shuning uchun shponkaning yon yoqalari valdagi uyiqning yon yoqlariga bir tekis tegib turadigan bo’lishi kerak.
Agar shponka va o’yiq tayyorlashda GOST da keltirilgan dopuskning qiymatini ta`minlasa, birikma yig’ilayotganda moslash ishlariga xojat qolmaydi.
Valdan g’ildirak gupchagiga burovchi moment uzatishda shponka yon yoqlarining ezilishi hamda val bilan gupchakning urinish chizig’idan kesilish mumkin. Bunda hosil bo’ladigan kuchlanishlar (56-shakl) quyidagicha aniqlanadi.





Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin