1. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar” konsepsiyasining mazmuni



Yüklə 84,5 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü84,5 Kb.
#203995
  1   2   3
2 5472227452560358206




1-Mavzu: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari


REJA:

1.Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari.

2. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar” konsepsiyasining mazmuni.




ANNOTASIYA
Ushbu maqolada tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari ko’rib chiqilgan. Qolaversa, “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar” konsepsiyasining mazmuni to’g’risida ham fikr yuritilgan.


TAYANCH SO’ZLAR
Tayanch so’zlar: Tarbiya, barkamol avlod, konsepsiya, insonparvarlik, qadriyat,tarbiyachi,milliy,tarbiyachi, tizim.



  1. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari.

Hozirgi vaqtda, fan va madaniyatning eng so’ngi yutuqlari asosida kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va metodlarini izlash nihoyatda zarurdir.
Jamiyatda yuksak manaviy fazilatlarni kamol toptirish,milliy mafkurani shakllantirish,yoshlarni boy madaniy merosimizga, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.Tarbiyaviy jarayon ongli, masuliyatli faoliyat bo’lib,unda har tomonlama ta’sir ko’rsatiladi.
Tarbiya tarixiy va ijtimoiy hodisadir. Tarbiya insonlarning faoliyati jarayonida ularning ongi va irodasini o`stirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tarbiya ijtimoiy hodisa bo`lib, insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o`ziga xos mazmun va amalga oshirish shakliga ega. Tarbiyashunos olim A. Avloniy o’zining « Turkiy guliston yoxud axloq » asarida inson kamolotida tarbiyaning rolini alohida ta’kidlab shunday degan edi. « Janobi haq insonlarni asl hilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga etkazmoq tarbiya vositasida bo’ladi. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqlardan saqlanib,go’zal xulqlarga odatlanib katta bo’lsa, har kim qoshida maqbul, baxtiyor bir inson bo’lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o’ssa, nasihatni qulog’iga olmaydigan, har xil buzuq ishlarni qiladigan, nodon, johil bir rasvoyi olam bo’lib qoladi.Tarbiya qiluvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgani kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga «yaxshi xulq» degan davoni ichidan, « poklik» degan davoni ustidan berib, katta qilmog’i lozimdir. Zeroki, amri sharifi uzra xulqimizni tuzatmoqqa amr qilganmiz. Lekin xulqimizning yaxshi bo’lishining asosiy panjasi tarbiyadir. Axloqimiz binosining go’zal va chiroyli bo’lishiga tarbiyaning zo’r ta’siri bordir.
Tarbiyaviy jarayon ongli, ma’suliyatli faoliyat bo`lib,unda tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni komil inson qilib yetishtirishda unga har tomonlama ta’sir ko`rsatadi.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi fanining predmeti- bo’lajak tarbiyachi o`qituvchilarga kelajak avlodni ma’naviy jihatdan yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash san’atining qirralari, shakl va yo`llari, hamda bilim, malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy fan bo`lib, milliy ong va istiqlol mafkurasini shakllantirishga xizmat qiladi.Uning maqsad va vazifalari:

  • Bo`lajak o`qituvchilar, tarbiyachilar tarbiyaviy tadbirlarning mazmundorligini ta’minlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyatlardan keng foydalanishi, tarbiyaviy ta’sirga ega bo`lgan manbalarni ajrata bilishi;

  • O`quvchilar jamoasining tarbiyaviy darajasini o`rganib, unga tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish mahoratiga ega bo`lishi;

  • Tarbiyaviy tadbirlar uchun zarur metodlarni tanlab, ko`zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarni ko`ra bilishi;

  • Ilg`or tajribalarni kuzatib, tahlil qilib, undan ijodiy foydalanishi;

  • Tarbiyaviy tadbirlarni o`quvchilarni ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirishi, takomillashtirishi;

  • Tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishda o`z bilimini tarkibiy ravishda boyitib borishi lozim.

O`quvchilarga tarbiya berish ularga ta’lim berish bilan mustahkam va yaxlit birgalikda amalga oshiriladi. Ammo tarbiyaning o`z vazifasi, mazmuni, shakl hamda metodlari bor. O`quv-tarbiyaviy jarayonning uzviyligi maktab oldiga qo`yilgan eng muhim pedagogik qoidalardan biridir. Shuning uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o`quv jarayoni bilan bog’liq.
Darsdan tashqari mashg’ulotlar o`quvchilarda ilm olishga ishtiyoq uyg`otish, qobiliyati va iste’dodlarini ro`yobga chiqarish, kasb-korga intilish hissini tarbiyalashdan iborat.
Yoshlarning g`oyaviy-siyosiy ongini shakllantirish, ularda atrof-muhitga, jamiyatga ongli munosabatda bo’lish, jonajon Vatanni cheksiz sadoqat bilan sevish, xalqimizning miiliy qadriyatlarini e`zozlash hissini tarkib toptirish –vatanparvarlik tarbiyasining mag`zi bo`lmog`i lozim.



  1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar” konsepsiyasi.

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shaklantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog’liq ushbu Konsepsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan.Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi.Uning tarbiyasiga ota-onasi, atrof- muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat bevosita ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyaning bosh maqsadi-yosh avlodni ma’naviy –axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy,pedagogik shakl va vositalarini ishlab chiqish amalga joriy etishdir. Tarbiyaning asosiy vazifasi-shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi,uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun: -yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishiga ko’maklashish, o’z-o’zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o’z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv,ularda reja va amal birligi hissini uyg`otish.
–O`quvchilarni milliy,umuminsoniy qadriyatlar,Vatanimizning boy ma’naviy me’rosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarini egallashga bo’lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o’stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish;
-Har bir o’smirning bilimdonligini va ijtimoiy imkoniyatlarini aniqlab , ularni rivojlantirish, Inson faoliyatini turli sohalarida joriy qilib ko’rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo’llab –quvvatlash uchun shart-sharit hozirlash;
–Insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish, muomala odobi kabi tarbiya vositalari keng qo’llanilish lozim;
–Vatanparvarlik,dunyoviy fikrlash,jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o’zaro munosabat-muloqotni o’rganish,o’z xalqiga, davlatiga, unung himoyasi uchun hamisha shay bo’lib turish,O’zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O’zbekiston Konstitutsiyasi, Bayrog’iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash;
–Qonuniy jamoq axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy ma’suliyat hislarini rivojlantirish,o’zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi,Insoniyat taraqqiyotini bar-qaror saqlab qolish uchun fidoyilik,ekologik ta’lim–tarbiya;
-Mustaqil davlatimiz-O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to’g’ri va xolisona baho berishga o’rgatish.Uning tinchliksevar,demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oshkora-ochiq tashqi siyosatiga va o’z xalqining turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan, fuqarolarni ijti-moiy himoya qiladigan ichki siyosatini to’g’ri tushuntirmoq kerak;
-Turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondashish fazilatlarini shakllantirish;
-Sog’lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo’lish istagini shakllantirish;
-Yoshlarni erkin mustaqil fikrlashga o’rgatish;
Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo’lishi lozim:
-Tarbiya –tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish,har bir bola, o’smir va yosh yigit-qizning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqlari va erkinligini e’tiborga olish; -Yoshlarda istak va imkoniyatlar muvofiqligi tuyg’usini qaror toptirish;
-Milliylikning o’ziga xos an’analari va vositalariga taynish;
-Shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o’quvchilar o’rtasida bir-biriga hurmat munosabatlari,bolalar fikriga e’tibor qilish,ularga mehribonlarcha munosabatda bo’lish; Fuqarolik faoliyati o’z davlati oldidagi huquq va burchlarini tan olishni, jamiyat belgilagan yashash va axloq meyorlariga ongli rioya etishini, mehnat va jamoada faollikni, ma’naviy yetuklikni barqaror etadi:
-Kishilarni o`z-o`zini chuqur anglashi, mustaqillik mohiyatini teran tushunishi va uning qadriga yetishi, milliy tafakkur takomillashuvini, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhuning uyg`onishini ta’minlash ma’naviyat sohasida siyosatimizning asosiy maqsadiga aylanishini tushuntirish. Hozirgi paytda axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni o’smirlar orasida kuchaytirish zarur.Axloq yoq ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo’la olmaydi. Shuning uchin axloqiy tarbiya shaxsning har tomonlama va erkin shakllanishida asosiy o’rnini egallaydi.
Tarbiyaning maqsadi. Tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi xususida fikr yuritganda, uning aniq maqsadga yo’naltirilgan hodisa ekanligi ta’kidlanadi. Inson kamolotiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, bu omillar ichida tarbiya muhim va yetakchi o’rinda turar ekan. Haqli savol tug’iladi: tarbiyaning maqsadi nima? Uning maqsadini kim va nima belgilab beradi?
Tarbiyaviy ishning samaradorligi mana shu savollarga to’g’ri javob topishga bog’liq. Ya’ni, birinchi navbatda, tarbiya bilan shug’ullanadigan har bir tarbiyachi, avvalo, o’z faoliyatini va unda ko’zda tutilgan maqsadni aniq tasavvur eta olishi, bu maqsadning muhimligini tushunishi lozim. Demak, qanday odamni tarbiya qilish darkor, tarbiya natijasida inson qanday bo’lishi kerak, degan savollarni avvaldan tasavvur etish zarur ekan. Bu maqsad jamiyatning barkamol inson shaxsini tarbiyalashdek masalasini ko’ndalang qo’yadi.
Tarbiyaning vazifalari keng va ko’p qirralidir. Ta’limning asosiy vazifasi o’qituvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish bo’lsa, tarbiya yosh avlodda jamiyatimizda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan e’tiqodni, axloqiy malaka va ko’nikmalarni, ehtiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat. Tarbiyashunos olim Abdulla Avloniy o’zining „Turkiy gulis-ton yoxud axloq“ asarida inson kamolotida tarbiyaning o’rnini alohida ta’kidlab, shunday degan edi: „Janobi Haq insonlarning asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga yetkazmoq tarbiya vositasida bo’ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan saqlanib, go’zal xulqlarga odatlanib katta bo’lsa, baxtiyor bir inson bo’lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o’ssa, nasihatni qulog’iga olmaydigan, har xil buzuq ishlarni qiladigan nodon, johil, bir rasvoyi odam bo’lib chiqadi“.
Axloqimiz binosining go’zal va chiroyli bo’lishida tarbiyaning ta’siri kattadir. Yuqorida biz, tarbiyadan maqsad - barkamol insonni tarbiyalash, degan edik. Xo’sh, barkamol inson deganda kimlarni tushunmoq kerak?
Turli tarixiy davrlarda tarbiyaning maqsadi ham, xususiyati ham o’zgarib boradi. Buni ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm va kapitalizm formatsiyalari misolida ham ko’rish mumkin. Ibtidoiy jamoa tuzumida tarbiyaning maqsadi oddiy bo’lib, shunchaki insonning hayot kechirishini ta’minlashga xizmat qilgan.
Quldorlik tuzumida quldorlar va qullarning paydo bo’lishi tarbiyaning xususiyati va maqsadini ham o’zgartirdi. Quldorlarning bolalari hukmron bo’lishga intildilar, bosqinchilik urushlari olib borish uchun harbiy san’atni o’rganib bordilar. Qullarning bolalari oddiy qora ishni bajarish, mehnat jarayonida ishtirok etishga o’rgatildi.
Feodalizm tuzumiga kelib tarbiya keskin tabaqalana boshladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivoj topa borishi ta’lim mazmunini o’zgartirib yubordi, ta’lim sekin-asta ilmiy xarakter kasb eta boshladi, bu, o’z navbatida umumiy ta’lim kurtaklarining paydo bo’lishiga olib keldi. Endi feodal bolalariga ilmiy bilimlar berish, ularni maxsus maktablarda tarbiyalash zarurati tug’ildi.
Kapitalizmga kelib tarbiyaning tabaqalanish xususiyati yana kuchliroq sezila boshladi. Ishlab chiqarish kuchlari va munosabat-larining rivojlanishi, ishlab chiqarish korxonalarida ishlash, dastgohlarni boshqarish, ish unumdorligini oshirish ishchilardan savodxonlikni, ilmli bo’lishni talab etdi. Bu davrga kelib ishchilar-ning bolalariga ham birmuncha ilm berish, o’qish davrida ularga shaxsiy mulkni muqaddas ekanligini uqtirib borish tarbiyaning asosiy maqsadi bo’lib qoldi.
Aqliy tarbiya. Inson hamisha odamlar qurshovida yashaydi, ijtimoiy muhit sharoitida uning aqliy rivojlanishi, fikrlash qobiliyati amalga osha boradi. Bunda insonning normal jismoniy rivojlanishi uchun sharoitlar bo’lishi kerak.
Insonning aqliy rivojlanishi sotsial muloqot va tarbiya ta’sirida intensiv rivojlanib boradi. Agar tarbiyachi o’z vaqti va o’rnida rejali ravishda uning bilish faoliyatiga ta’sir ko’rsata borsagina aqliy rivojlanish muvaffaqiyatli ko’chadi. Demak, aqliy tarbiya deganda tarbiyachining o’quvchilar aqliy kuchini va tafakkurini rivojlan-tirish, unda aqliy mehnat madaniyatini tarkib toptirishga qaratilgan maqsad yo’lidagi faoliyati tushuniladi.
Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiya tizimining bir qismi bo’lib, uning mazmuni barcha fanlar bo’yicha bilimlar sistemasini bilib olishni va shu asosda yoshlarda ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirish, tafakkur va nutq qobiliyatini o’stirishdan iboratdir.
Aqliy tarbiya barcha fanlardan umumiy ma’lumot berish orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda o’quvchilarga maktab dasturlari asosida bilim berilib, ularga xotira, diqqat, fikrlash, tasavvur qilish kabi xislatlar taraqqiy ettiriladi.
Abu Nasr Forobiy inson aql-zakovati xususida fikr yuritib, bunday deydi:
Barcha masalani: muhokama va mulohazani tezda tushuna oladigan, uning ma’nosini anglaydigan, so’zlovchining maqsadi, aytilgan fikrining chinligini tezda payqay oladigan bo’lsin.
1. Xotirasi juda baquvvat bo’lsin, ko’rgan-eshitgan, sezgan narsalarining birontasini ham esidan chiqarmay, yodda saqlab qoladigan bo’lsin.
1.Zehni shu daraja tez va o’tkir bo’lsinki, biror narsaning alomatini sezishi bilan bu alomat nimani bildirishini tezda bilib olsin.
2.So’zlari aniq bo’lsin, fikrini va aytmoqchi bo’lgan mulohaza-larini ravon va ravshan bayon eta olsin.
3.Bilim va o’qishga muhabbati bo’lsin, o’rganmoqchi bo’lgan bilimini charchashni sezmasdan osonlik bilan o’zlashtira olsin“.
Aqliy tarbiya shaxsni har tomonlama kamol topishining asosini tashkil etadi. U mehnat unumdorligini oshiradi va mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptiradi.
Axloqiy tarbiya. Axloq- ijtimoiy ong shakllaridan biri hisob-lanib, har bir kishining jamiyat va oiladagi yurish-turishi tartib-qoidalarining yig’indisi sifatida gavdalanadi. Xulosa qilib aytganda, insonning tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarga bo’lgan munosabatidan uning axloqi namoyon bo’ladi. Xalqimiz axloqiy fazilat-larni qadim zamonlardan beri boyitib kelgan. Axloq-odobga oid fikrlar „Avesto“ kitobida, qadimgi bitiklarda, pandnomalarda va boshqa yozma manbalarda o’z ifodasini topgan.
O’tmishdagi ulug’ allomalarning axloq haqidagi ko’plab fikr-mulohazalari bugungi kunda ham muhim tarbiyaviy ahamiyatini yo’qotgan emas.
Jumladan, qomusiy olim Abu Nasr Forobiy axloqiy fazilatlar haqida gapirar ekan, uning xislatlari haqida quyidagi fikrlarni bildiradi:
1.Bunday odamning barcha a’zolari shu darajada mukammal taraqqiy etgan bo’lishi kerakki, u bu a’zolari bilan bajarmoqchi bo’lgan barcha ishlarni osonlik bilan amalga oshira olsin...
2.Ovqatlanishda, ichimlik iste’mol etishda ochko’z bo’lmasin, tabiati qimor o’yinlarini o’ynashdan uzoq bo’lsin va ular keltiradigan „xursandchilik“ lardan jirkanadigan bo’lsin.
3.Haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo’lsin, yolg’on va yolg’onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo’lsin.
4.G’ururi va vijdonini qadrlaydigan bo’lsin, uning ruhi o’z tabiati bilan past ishlardan yuqori va oliyjanob ishlarga ishlatiladigan bo’lsin.
5.Dirham, dinor va shu kabi turmush buyumlariga jirkanish bilan qarasin.
6.O’z tabiati bilan adolatni sevadigan va adolat uchun ko’ra-shuvchi, adolatsizlikka, jabr-zulm o’tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo’lsin... adolatli bo’lsin.
7. Adolatli bo’lsin, ammo qaysar bo’lmasin...“.1
Inson shaxsining kamoloti uning butun umri davomida amalga oshib boraveradi. Bu fazilat insonning boshqalar bilan bo’lgan muomalasida, voqelikka, jamiyatga bo’lgan munosabatida va uning xatti-harakatlarida, fe’l-atvorida namoyon bo’ladi.
Axloqiy tarbiya, umuman olganda, tarbiyachilar tomonidan tarbiyalanuvchilarda axloqiy tasavvurlar tizimini shakllantirishni, axloqiy his-tuyg’ularni, voqea va hodisalarga to’g’ri munosabat bildira olish kabilarni rivojlantirishni nazarda tutadi.
Insonning axloqiy qiyofasi butun umri davomida shakllanib boradi. Inson onadan mehnatsevar ham, dangasa ham, johil ham bo’lib tug’ilmaydi - bu va shunga o’xshash axloqiy sifatlar bolani o’rab olgan ijtimoiy muhitning, tarbiyaning ta’siri hisoblanadi.
„Tarbiya ikki negizga - axloq va oqillikka tayanmog’i lozim. Birinchisi yaxshi fazilatni o’stirsa, ikkinchisi o’zgalar illatidan himoya qiladi. Demak, tarbiya ham axloqqa, ham insoniy munosabatlarga, asrlar osha xalq tajribasidan sinovdan o’tib, o’zining umrboqiyligini isbotlagan qadriyatlarga, an’ana va urf-odatlarga bog’lansagina kuzatilgan natijaga olib keladi“.
Jismoniy tarbiya. Jismoniy tarbiya inson kamolotiga ta’sir etadigan eng qadimiy tarbiya vositalaridan hisoblanadi. Umumta’lim maktablarida amalga oshiriladigan jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari o’quvchilarning salomatligini mustahkamlash, ularni mehnatga, mustaqil mamlakatimizni himoya qilish va ijtimoiy hayotga tayyorlashdan iborat.
Maktabda o’quvchilarga jismoniy tarbiya harakatli o’yinlar, gimnastika, sinfdan va maktabdan tashqari sport mashg’ulotlari turlari vositasida beriladi.
Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslaridan ko’zda tutilgan maqsad, asosan, bolalarni o’z qaddi-qomatini to’g’ri tutishga, muhim harakatlarni (yurish, sakrash, yugurish) to’g’ri bajarishga odatlantirish va buyumlar bilan mashq bajarishga o’rgatishdan iborat. Eng muhimi, bolalarga salomatligi haqida o’zi g’amxo’rlik qilishi zarur ekanligi to’g’risidagi fikrni singdirishdir. Chunki inson salomatligi, jismoniy barkamolligi nafaqat uning shaxsiy ishi, balki bu davlat ahamiyatiga molik vazifa hamdir.
Mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasi oldida turgan asosiy vazifa o’quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o’rgatib, hayotga, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdir. Bu vazifalarni ikki turkumga ajratish mumkin. Birinchidan, mehnatga bo’lgan munosabat jarayonidagi zarur bilim va ko’nikmalarni o’z ichiga oladi. Yoshlarda xalqi, vatani manfaati yo’lida mehnat qilish xohishini tarbiyalab, mehnatga hayotiy zarur faoliyat deb qarashlarini tarkib toptirishga erishiladi. Ikkinchidan, guruh vazifalari, mehnat faoliyatini bajarish jarayonida zarur bo’ladigan bilimlar o’zlashtiriladi, fan asoslari, politexnik ta’lim o’rganiladi.
Mehnat tarbiyasi tushunchasi umumiy bo’lib, bu tushuncha bir qancha xususiy tushunchalarni o’z ichiga oladi. Bulardan birinchisi: politexnik ta’lim, bu ishlab chiqarishning barcha sohalariga taalluqli bo’lgan ilmiy asoslarni va prinsiplarni, mehnat ko’nikma va malakalari, oddiy mehnat qurollari bilan muomala qilish kabilarni o’zlashtirishni taqozo qiladi.
Ikkinchisi: bu umumiy mehnat. Umumiy mehnat o’quvchi-larni mahsulot ishlab chiqariladigan faoliyatga jalb etilishini taqozo qiladi.
Uchinchisi: ijtimoiy-foydali mehnat. Bu mehnat turi ko’pchilik foydasiga ishlashni nazarda tutadi (temir-tersak, makulatura yig’ish, sinf, maktabni ta’mirlashga yordam berish, maktab uchastkasida ishlash).
To’rtinchisi: o’z-o’ziga xizmat qilish. U maishiy xizmat turiga kirib, sinf, maktab ozodaligini saqlash, o’zining ish joyini, kiyim-kechagi, o’quv qurollarini ozoda, tartibli saqlashni nazarda tutadi.
Beshinchisi: uy mehnati, bu ham maishiy mehnat turiga kirib, uyda ozodalikka rioya qilishni, ota-onaga uy ishlarida yordam berishni taqozo qiladi.
Nafosat tarbiyasi. Nafosat tarbiyasi san’atdagi, tabiatdagi, qurshab olgan hayot voqeligidagi go’zallik vositalari asosida tarbiyalash bo’lib, jahon pedagogikasida insonni garmonik tarbiyalash vositalaridan biri deb hisoblab kelingan.
Nafosat tarbiyasining asosiy vazifasi tabiatdagi, san’atdagi, hayotdagi go’zallikni qabul qila olish, tushunish qobiliyatini tarbiyalash, fahmlash, go’zallikka rioya qilishga odatlantirishdan iborat. Nafosat tarbiyasi davomida bola hayotdagi go’zallikni tushunadi, go’zallikni muhofaza qilishga, o’zi ham go’zallik yaratishga intiladi.
Umar Xayyom go’zallik, uning xosiyati xususida fikr yuritib, shunday deydi: „Go’zallik barcha tillarda vasf etiladi va har qanday aqlga xush keladi. Dunyoda yaxshi narsalar ko’p, ularni ko’rib bahramand bo’lish odamlarni shod etadi va tabiatlarini pokiza qiladi, ammo hech narsa go’zal yuzning o’rnini bosolmaydi, chunki go’zal yuz shunday quvonch baxsh etadiki, boshqa hech qanday quvonch unga teng kela olmaydi. Aytadilarki, go’zal yuz dunyoda saodat sababchisidir”.
Nafosat tarbiyasi o’quvchilarda axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor normalarini tarkib toptirishga, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga ta’sir qiladi.
Boshlang’ich maktabda ashula, rasm, musiqa, o’qish darslari, shu bilan birga, sinfdan va maktabdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlar Nafosat tarbiyasi vositasi hisoblanadi..


Yüklə 84,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin