1. Tepalik va chegara tabiiy to‘siqlar. Suv oqimlari va havzalarni kesib o‘tishda qo‘prik va tonnelni solishtirish



Yüklə 249,16 Kb.
tarix21.10.2022
ölçüsü249,16 Kb.
#65707
8-маъруза


8 – mavzu: Tonnel yunalishini kidiruv va muxandis-geologik o‘rganish ishlari.
Reja:
1. Tepalik va chegara tabiiy to‘siqlar.
2. Suv oqimlari va havzalarni kesib o‘tishda qo‘prik va tonnelni solishtirish.
3. Tepalik tabiiy to‘siqdarni kesib o‘tishda tonnellarning dovon cho‘qqisida yoki tog‘ etagida joylashish holatlarini solishtirish.
4. Shahar sharoitida estakada va transport tonnellarini solishtirish.
Tonnelga kirish joylari - ravoqlarni joylashtirish talablari.
5. Tonnel trassasini muhandis-geologik o‘rganishlar natijasida yoritiladigan masalalar.
6. Tonnel trassasini muhandis-geologik o‘rganish bosqichlari.

Tayanch so‘zlar va iboralar: tepalik va chegara tabiiy to‘siqlar; ko‘prik o‘pirilish va siljishlar; dovon cho‘qkisi; tog‘ etagi; ravoqlar; o‘yma chuqurligi.


Murakkab tabiat sharoitlarida avtomobil va temir yo‘l trassalarini aniqlashdagi qidiruv ishlarida tabiiy to‘siqlardan o‘tishga to‘g‘ri keladi. Tabiiy to‘siqlarni ikki turqumga guruhlash mumkin:
Tepalik to‘siqlar (tepaliklar, tog‘ tizmalari).
Chegara to‘siqlar:
- tog‘lik rayonlarda - o‘pirilish va siljishlar, qor ko‘chishlari;
- tekisliklarda - suv okimlari va havzalari, aholi yashaydigan joylar;
- shaharlarda - inshootlar zich joylashgan joylar.
To‘siqlarni tonnel qurish yo‘li bilan o‘tish, ularni aylanib o‘tishga nisbatan samaraliroqdir.
Suv oqimlari va havzalarini kesib o‘tishda qo‘prik va tonnelni ya'ni yo‘lning yer ustidan yoki yer ostidan o‘tish hollarini solishtirib qurish kerak.

Rasm. Suv to‘sig‘ini kesib o‘tish.
To‘siqlarni tonnel yordamida o‘tishning qo‘prik yordamida o‘tishga nisbatan afzalliklari:
1) kema yurishiga halal bermasliq
2) shamollar, muz va to‘siqlar ta'siridan muhofaza qilinganligi;
3) kesib o‘tish joylarining qulayligi.
Kamchiliklari:
1)Kuchli shamollatish, yoritish uskunalari va suv okova ariqlari qurish zarurligi;
2) odatda qurilish muddatining nisbatan kattaligi.
Tepalik to‘siqlarini kesib o‘tishda tonnellarning joylashishi balandligini aniqlash, ya'ni dovon cho‘kdisida yoki tog‘ etagida joylashish holatlarini solishtirish lozim.
S1 va S2 - tonnellarning tog‘ etagida va dovon chuqqisida joylashgan holatlardagi qiymatlari;
E1 va E2 - yillik foydalanish harajatlari. Odatda S1>S2, E1>E2, shuning uchun
n= , yil

Rasm. Tonnelning dovon cho‘kdisida yoki tog‘ etagida joylashish holatlari.
Zamonaviy shahar sharoitlarida aloqa yo‘llaridagi harakatning o‘sishi estakada va tonnellar qurilishini talab qiladi.
Estakadalar quyidagi kamchiliklarga ega:
- shahar harakatiga halal beradigan ustunlarning mavjudligi;
- shahar me'morchilik ko‘rinishining buzilishi;
- o‘tayotgan transportning shovqini, binolarning qorong‘ilanishi, chang ko‘tarilishi.
Tonnellarda harakatni tashqil qilish bu kamchiliklardan holidir.
Tonnelga kirish joylari – ravoq (portal)lar joylashish joylarini aniqashda, ularning mustaham tog‘ jinslarida, siljish va kuchishlar bo‘maydigan maydonlarda joylashtirish lozim. Ravoqdagi tonnel kolamasi ustidagi tog‘ jinsining qalinligi 2 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Qoyatosh tog‘ jinslarida ravoqoldi o‘ymalarining chuqurligi 25,0 metrgacha, soz grunt jinslarida esa 15,0 metrgacha bo‘lishi mumkin. Tonnelga kirish joylari o‘ymalari chuqurligi, ular va tonnel uzunlik birliklari qurilish va foydalanish qiymatlarining taxminan teng bo‘lishi shartini qanoatlantirishi maqsadga muvofikdir.

  1. Rasm. Tonnelning dovon cho‘kdisida yoki tog‘ etagida joylashish holatlari.

  2. Zamonaviy shahar sharoitlarida aloqa yo‘llaridagi harakatning o‘sishi estakada va tonnellar qurilishini talab qiladi.

  3. Estakadalar quyidagi kamchiliklarga ega:

  4. - shahar harakatiga halal beradigan ustunlarning mavjudligi;

  5. - shahar me'morchilik ko‘rinishining buzilishi;

  6. - o‘tayotgan transportning shovqini, binolarning qorong‘ilanishi, chang ko‘tarilishi.

  7. Tonnellarda harakatni tashqil qilish bu kamchiliklardan holidir.

  8. Tonnelga kirish joylari – ravoq (portal)lar joylashish joylarini aniqashda, ularning mustaham tog‘ jinslarida, siljish va kuchishlar bo‘maydigan maydonlarda joylashtirish lozim. Ravoqdagi tonnel kolamasi ustidagi tog‘ jinsining qalinligi 2 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Qoyatosh tog‘ jinslarida ravoqoldi o‘ymalarining chuqurligi 25,0 metrgacha, soz grunt jinslarida esa 15,0 metrgacha bo‘lishi mumkin. Tonnelga kirish joylari o‘ymalari chuqurligi, ular va tonnel uzunlik birliklari qurilish va foydalanish qiymatlarining taxminan teng bo‘lishi shartini qanoatlantirishi maqsadga muvofikdir.

Nazorat savollari:
1. Tepalik tabiiy to‘siqlar nima?
2. Chegara tabiiy to‘siqlar nima?
3. Suv oqimlari va havzalarni kesib o‘tishda tonnelning qo‘prikka nisbatan kamchiliklari va afzalliklari nimada?
4. Joyning geologik tuzilishi qanday masalalarni yoritadi?
5. Joyning muhandis-geologik hususiyatlari qanday masalalarni yoritadi?
6. Gidrogeologik sharoitlar qanday masalalarni yoritadi?
7. Qabul qilinayotgan loyiha yechimlarini texnik-iktisodiyot asoslash (TIA) uchun joyning qanday masshtabdagi muhandis-geologik chizmalari bajarilishi lozim?
8. Tonnel trassasini muhandis-geologik o‘rganishlardagi umumiy masalalar nimalardan iborat?
9. Tonnel trassasini muhandis-geologik tekshiruvlar majmuasi qanday bosqichlardan iborat?
Yüklə 249,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin