1
1.Tizimning makroskopik xususiyatlarini o‘rganishda
statistik va termodinamik
usullar.
2. Ideal gaz qonunlari.
3. Ideal gazning holat tenglamasi.
4. Molekulyar kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi.
5. Ideal gaz molekulalarining tezlik va energiya bo‘yicha taqsimoti.
6. Potensial kuchlar ta’sirida ideal gaz molekulalarining taqsimoti.
7.Gaz molekulalarining o‘rtacha to‘qnashishlari soni va o‘rtacha erkin yugurish
yo‘li.
8. Muvozanatda bo‘lmagan tizimlarda ko‘chish hodisalari.
Bu mavzuda biz molekulyar kinetik nazariya va termodinamika asoslarini
o‘rganamiz. Ma’lum bir tuzimning holatini (yoki mavjud bo’lishini)
tushunish
uchun, masalan idishdagi gazni, mikroskopik yoki makroskopik nuqtai nazardan
yondashishimiz mumkin.
Mikroskopik yondashuv bilan , tizimni tashkil etuvchi
ko‘plab atom va molekulalarni o‘rganamiz, u kinetik nazariya asosida
tushuntiriladi.Makroskopik qarashda esa, biz bevosita o‘z sezgi organlarimiz orqali
his
qilgan holda, o‘lchashlarni amalga oshirishimiz mumkin. Jarayonlarni
makroskopik kattaliklar yordamida o‘rganishni termodinamika tushuntiradi.
1.Tizimning makroskopik xususiyatlarini o‘rganishda statistik va
termodinamik usullar.
Molekulyar fizika
– barcha jismlar doimo tartibsiz harakatda bo‘lgan atom
yoki molekulalardan iboratdir, degan molekulyar-kinetik
tushunchalarga
asoslangan, moddalarning tuzilishi va xususiyatlarini o‘rganuvchi fizikaning
bo‘limidir.
Juda ko‘p miqdordagi molekulalarning o‘zaro ta’siri, holatiga bog‘liq
qonunlar –
statistik usullar
orqali o‘rganiladi.U tizimni to’la
xarakterlovchi
fizikaviy kattaliklarning statistik qonuniyatlari va o’rtacha qiymatlariga asoslanadi.
Termodinamika
– termodinamik muvozanat holatlarida va bu holatlarga
o‘zaro o‘tish jarayonlarida bo‘lgan makroskopik tizimning umumiy xususiyatlarini
o‘rganadi. Shu jarayonlar asosini belgilaydigan mikrojarayonlarni termodinamika
o‘rganmaydi va shu bilan statistik usuldan farq qiladi.
Termodinamik tizim
– makroskopik jismlar majmuasidan iborat bo‘lib, bu
jismlar doimo o‘zaro ta’sirlashadilar va nafaqat o‘zaro,
balki tashqi muhit bilan
ham energiya almashib turadilar.
Temperatura
–
moddaning isitilganlik darajasini ko‘rsatuvchi fizikaviy
kattalikdir va makroskopik tizimning termodinamik muvozanat holatini
xarakterlaydi.