Oraliq nazorat savollari
1.Vaksinatsiya haqida tushuncha. Vaksina turlari.
Emlash yoki vaksinatsiya, odam va hayvonlarda infeksion kasalliklar yuqishining oldini olish usuli, bunda organizmga vaksinalar, immun zardoblar yoki gammaglobulin yuborib, sunʼiy faol yoki passiv immunitet hosil qilinadi. Sunʼiy faol immunitet hosil qilish uchun odam vaksinalar bilan emlanadi, bunda organizmda yuborilgan vaksina tarkibidagi antigenlarga qarshi faol immunitet rivojlanadi.
Emlashda vaksinalarni teri ustiga, teri ostiga, muskul orasiga, burun va ogʻiz orqali yuborish mumkin. Vaksinalar bilan emlash jadvali har xil: bir marotaba, ikki, uch marotaba va hokazo. Sunʼiy faol immunitet immunizatsiya tugaganidan soʻng 2—3 hafta oʻtgach paydo boʻladi va oylab, hatto yillab saqlanib qoladi. Takror emlash (immunitet darajasi susayganda) revaksjatsiya deb ataladi.
Sunʼiy passiv immunitet organizmning himoya faoliyatini oshirish, koʻzda tutilgan tegishli yuqumli kasallikka qarshi chidamlilik yoki boshlangan kasallikning kechishini yengillashtirish maqsadida qilinadi. Vir qancha yuqumli kasalliklar (odamlarda gepatit V, sil, boʻgʻma, qoqshol, koʻkyoʻtal, qizamiq, tepki, poliomiyelit; hayvonlarda brutsellyoz, quturish, oʻlat, oqsim va boshqalar) ga qarshi rejali ravishda; ayrim yuqumli kasalliklar (gripp, ich terlama, kuydirgi, tulyaremiya va boshqalar)ga qarshi esa epidemiologik zaruriyat boʻyicha emlanadi (Shuningdek qarang: Immunoprofilaktika).
Emlash poliklinikalarda yoki emlash markazlarida maxsus tayyorlangan tibbiyot xodimi tomonidan vrach nazoratida oʻtkaziladi. Bolani emlashdan avval uning gavda harorati oʻlchanadi va qanday kasalliklar bilan ogʻriganligi soʻrab surishtiriladi; vrach bolani sinchiklab tekshirib, uni emlash mumkin yoki mumkin emasligini aniqlaydi. Yuraktomir, markaziy nerv sistemasi kasalliklaridan tuzalgan yoki surunkali kasalliklari bor bolalar tegishli mushassislar koʻrigidan oʻtganidan soʻng emlanishi lozim. Bola emlanganda baʼzan kuchli reaksiya yuzaga keladi, shuning uchun emlangandan keyin u maʼlum bir vaqt davomida vrach nazoragada boʻlishi kerak.
Emlash mahalliy va umumiy taʼsir koʻrsatishi, yaʼni emlangan joy sal qizarishi, shishishi, ogʻrishi, harorat koʻtarilishi va umumiy darmonsizlik kuzatilishi mumkin. Emlangan bola juda bezovtalansa, qattiq isitmalasa darhol vrachga murojaat qilish zarur.
Bolalar yoki kattalarning emlanganligi haqidagi maʼlumotlar ularning tibbiy hujjatiga qayd etiladi. Otaonalar bolasiga qanday emlash oʻtkazilganini va qaysilari qachon qilinishi kerakligini yaxshi bilishlari, shuningdek, E.ning belgilangan muddatda oʻtkazilishiga amal qilishlari zarur, chunki oʻz vaqtida oʻtkazilgan emlash juda yaxshi naf beradi.
Hugungi kunda respublikamizda koʻpgina ogʻir kechuvchi yuqumli kasalliklarga qarshi rejali ravishda va epidemiologik holatlarga qarab bolalar va xavfli guruhga kiruvchi katta kishilar davlat tomonidan bepul emlanadi. Oʻtkazilgan choratadbirlar tufayli Oʻzbekiston hududida shol kasalligi oxirgi yillarda qayd etilmayapti, shuningdek, boʻgʻma, qizamiq, tepki, gepatit V kasalliklari bolalar orasida keskin kamaydi.
Dostları ilə paylaş: |