12 BARMOQLI ICHAK YARASI — SABABLARI, ALOMATLARI, ASORATLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH O’n ikki barmoqli ichak yarasi (lot. ulcus duodeni) — surunkali kasalliklar guruhiga kiruvchi va a’zoning shilliq qavatida yarali nuqson paydo bo’lishi bilan tavsiflanadigan patologiya. Kasallik davomiyligi remissiya davrlari, alomatlarining deyarli yo’qligi va xuruj olish (retsidiv) davri bilan boruvchi to’lqinsimon kechishga ega. Ko’p hollarda 12 barmoqli ichak yarasi oshqozon yarasi bilan bir vaqtning o’zida tashxislanadi — bu holda umumiy patologiya haqida gapiriladi.
TASNIFI Tibbiyotda, o’n ikki barmoqli ichak yarasini bir necha turini tasniflash qabul qilingan. Ular barchasi o’z xususiyatlariga ega va har birini davolash uchun individual yondashuv talab qilinadi.
Klinik shakliga ko’ra o’tkir (birinchi bor aniqlangan) va surunkali yara kasalligi farqlanadi. Yara kasalligi latent (yashirin), yengil (ba’zida retsidivlar bilan), o’rta (yil davomida 1-2 retsidivlar) va og’ir (yiliga 3 va undan ko’p retsidivlar) bilan kechadi.
12 barmoqli ichak shilliq qavatida hosil bo’lgan yaralar soni bo’yicha:
Yakka;
Ko’plab.
Nuqson shakllanishi joyiga ko’ra:
O’n ikki barmoqli ichakning kengaygan qismi — so’g’on (bulbar) bo’limida;