15-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi. Reja



Yüklə 152 Kb.
səhifə1/4
tarix12.04.2023
ölçüsü152 Kb.
#96704
  1   2   3   4
15-МАВЗУ.МАЪРУЗА


15-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi
o‘rni va nufuzini ortib borishi.


Reja:

1.Ijtimoiy-iqtisodiy soha indekslari haqida qisqacha ma’lumot.


2.“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati.
3.O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlarni oshirishda O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasining o‘rni.
Tayanch iboralar:
Xalqaro, reyting, indekslardagi, mexanizmi, investor, iqtisodiyot, ishbilarmonlik, byudjet, sanoat, investitsiya, barqaror rivojlanish, ijtimoiy-iqtisodiy sohag, huquq, korrupsiya, demokratiya.
1. Ijtimoiy-iqtisodiy soha indekslari haqida qisqacha ma’lumot.
Aholi turmush darajasini oshirish, davlat organlarining xalq manfaatlari uchun xizmat qilishida davlat siyosatidagi ustuvorligini ta’minlash hamda mamlakatga kirib kelayotgan investitsiyalar oqimini jadallashtirish va investor mulkini davlat tomonidan himoya qilish kabi mamlakatda turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarni dunyo hamjamiyatiga namoyon etish maqsadida turli sohalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tomonidan tuziladigan xalqaro reyting va indekslar muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori baholangan har qanday xalqaro reytinglar samarasi sifatida ishbilarmonlardan tortib dunyo aholisi barcha qatlamining e’tibori shu mamlakatga qaratiladi: investitsion muhit, turizm, xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanadi, buning natijasida aholining turmush darajasi va farovonligi yaxshilanadi. Xalqaro reyting va indekslarni faoliyat yo‘nalishiga qarab ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga ajratish mumkin. Bunda iqtisodiyot, ishbilarmonlik, byudjet, sanoat, investitsiya va barqaror rivojlanish maqsadlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohaga, huquq, korrupsiya, demokratiya hamda boshqaruv sifatini siyosiy-huquqiy sohalarga kiritish maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-sonli Farmoniga asosan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik) quyidagi halqaro reyting va indekslarga O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini yaxshilash uchun mas’ul etib belgilangan.
Indeksni tuzuvchi xalqaro tashkilotlar tegishli davrlar bo‘yicha davlat organlari tomonidan e’lon qilingan ochiq ma’lumotlar hamda turli xalqaro tashkilotlarning (World Economic Forum, World Bank, International Monetary Fund, UN, Transparency International va boshqalar) reyting hisobotlari natijalariga asoslanib, indikatorlar natijalarini hisoblaydi hamda o‘zining rasmiy veb saytlarida e’lon qilib boradi.
2020 yilgi reyting natijalariga ko‘ra Biznes yuritish va Iqtisodiy erkinlik indeksida Yangi Zelandiya, Gong Kong hamda Singapurni yuqori 3 talik davlatlar qatorida ko‘rish mumkin.Indikatorlar bo‘yicha reytingi yuqori davlatlar tahlil qilinganda, Yangi Zelandiya Biznes yuritish indeksining korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish (100.0) va kredit olish indikatorida (100.0), Singapur kontraktlar ijrosini ta’minlashda (84.5) hamda Gong Kong qurilish uchun ruxsatnoma olishda (93.5) dunyoda etakchilik qiladi.Umr ko‘rish davomiyligi 85.3 yil, kutilayotgan ta’lim yillari 18.1 yil, o‘rtacha ta’lim yillari 12.6 yil hamda aholi jon boshiga yalpi milliy daromad 68 059.0 AQSH dollari bo‘lgan Inson kamoloti indeksida Norvegiya davlati 2001 yildan beri (2007, 2008 yillar bundan mustasno) ushbu reytingni boshqarib kelmoqda.
So‘nggi reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro reytinglar tasnifiga ko‘ra, Biznes yuritish indeksida top 20-talik islohotchimamlakatlar, Iqtisodiy erkinlik indeksida davlatda iqtisodiyot asosan erkin bo‘lmagan davlatlar, Inson kamoloti indeksi bo‘yicha inson taraqqiyoti darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin oldi. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda o‘rnini quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha izohlash mumkin: - indikatorlar ko‘rsatkichining o‘zgarishi: Biznes yuritish indeksi tarkibidagi 10 ta yo‘nalishning 9 tasida (to‘lovga qobiliyatsizlikni hal qilishdan tashqari), Iqtisodiy erkinlik indeksi tarkibidagi (sud faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichidan tashqari) barcha indikatorlarda hamda Inson kamoloti indeksi bo‘yicha umr ko‘rish davomiyligi indikatorida 2020 yilda 2019 yilga nisbatan o‘sishga erishgan; - indikatorlar o‘rnining pastligi: turlari bo‘yicha eng so‘nggi reyting natijalariga ko‘ra, Biznes yuritish indeksi tarkibidagi 3 yo‘nalish (qurilish uchun ruxsatnomalar olishda 132-o‘rin, xalqaro savdoda 152-o‘rin va to‘lovga qobiliyatsizlikni hal qilishda 100-o‘rin), Iqtisodiy erkinlik indeksi tarkibidagi 6 yo‘nalish (sud faoliyati samaradorligida 123-o‘rin, davlat yaxlitligida 142-o‘rin, monetar erkinlikda 175-o‘rin, savdo erkinligida 129-o‘rin, investitsiyalar erkinligida 169-o‘rin va moliyaviy erkinlikda 162-o‘rin) hamda Inson kamoloti indeksi bo‘yicha 3 yo‘nalish (umr ko‘rish davomiyligida 117-o‘rin, kutilayotgan ta’lim yillarida 128-o‘rin va aholi jon boshiga YAMDda 126-o‘rin) indikatori juda past ko‘rsatkich sifatida baholangan. Oxirgi to‘rt yil davomida barcha sohalarda bo‘lgani kabi mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash borasida ko‘plab shu jumladan, xalqaro reyting va indekslarda ham salmoqli yutuqlarga erishildi.Bu yutuqlarni O‘zbekiston Respublikasining 2011-2020 yillardagi xalqaro reyting va indekslardagi dinamikasi orqali ko‘rishimiz mumkin. YUqorida keltirilgan grafikdan mamlakatimizning Biznes yuritish indeksi bo‘yicha 2020 yil 2011 yilga nisbatan 81 ta pog‘onaga, Iqtisodiy erkinlik indeksi bo‘yicha 49 ta pog‘onaga hamda Inson kamoloti indeksi bo‘yicha esa 7 ta pog‘ona (2020 yilgi reyting natijalari 2020 yil dekabr oyida e’lon qilinishini hisobga olib, 2019 yil yakunlariga nisbatan olindi)ga yuqorilab, bu borada bir qancha yutuqlarga erishayotganini ko‘rish mumkin.
Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash maqsadida qabul qilingan PF-6003-sonli Farmonning 3-ilovasida 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) belgilab berilgan.
Hozirgi kunda mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi nufuzini oshirish va berilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlik tomonidan har bir indeks bo‘yicha tegishli vazirlik, idora hamda ilmiy tadqiqot institutlari bilan idoralararo ishchi guruh tarkibi tuzilmoqda hamda 2020 yil ikkinchi yarmi uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan choratadbirlar rejasi ishlab chiqilib, Respublika Kengashiga tasdiqlash uchun kiritilmoqda.
2.“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati.
Bugun O‘zbekiston mintaqada barcha sohalarda jadal sur’atlarda rivojlanayotgan mamlakat – bu xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilayotgan e’tirof. Rivojlanish, taraqqiyot esa o‘z-o‘zdan bo‘lmaydi. Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda kuzatilayotgan hozirgi o‘zgarish va yutuqlar mamlakat rahbari tomonidan ko‘tarilgan keng qamrovli chora-tadbirlar hamda ijrochilarning mashaqqatli mehnat mahsuli ekanligi shubhasiz.Bu e’tiroflar, dastlabki yutuqlar o‘zimizniki albatta. Lekin ularni yanada yaxshilash mamlakat siyosatining asosiy maqsadlaridan biridir.
Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida” gi Farmoni ana shu sa’y-harakatlarni yangi pog‘onaga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 4 iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash borasida parlamentning, xususan, Qonunchilik palatasining roli» mavzusida o‘tkazilgan seminar ana shu mavzuga qaratildi va Prezident farmoni mazmuni va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda parlament oldida turgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Jahon banki, Birlashgan millatlar tashkiloti, Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon iqtisodiy forumi, Xalqaro byudjet hamkorligi, INSEAD xalqaro biznes-maktabi va Economist Intelligence Unit kabi xalqaro reyting agentliklari va tashkilotlari bilan rasmiy aloqalar yo‘lga qo‘yildi.
O‘tgan davr mobaynida xalqaro reyting agentliklarining 2019-2020 yillarda chop etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy reytinglardagi o‘rni sezilarli darajada o‘sdi. Xususan “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentliklarining bahosiga ko‘ra 2019 yilda mamlakatning suveren kredit reytingi «BB–» barqaror darajada saqlanib qolmoqda.
Jahon banki «Biznes yuritish 2020» yangi yillik hisobotida (Doing Business 2020) so‘nggi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi biznes islohotini amalga oshirishda eng katta yutuqlarga erishgan 20 ta mamlakat qatoriga kirishga imkon bergan to‘rtta islohotni amalga oshirgani to‘g‘risidagi axborotni tarqatdi. SHuningdek, 2019 yilda O‘zbekiston ushbu reyting hisobotida dunyoning 190 mamlakati orasida 69-o‘rinni egallab, 7 pog‘onaga ko‘tarildi.
2019 yilning sentyabr oyida Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining 2018 yil uchun e’lon qilgan hisobotida O‘zbekiston Respublikasi bir qator indikatorlardan yaxshilanganligini ma’lum bo‘ldi.Xususan, “Korrupsiyani nazorat qilish” indeksida 1 pog‘onaga, “Hukumat samaradorligi” indeksida 3 pog‘onaga, “Normativ sifat” indeksida 7 pog‘onaga, “Qonun ustuvorligi” indeksida 4 pog‘onaga, “So‘z erkinligi va hisobdorlik” indeksida 5 pog‘onaga ko‘tarildi.
Seminarda Prezidentimizning 2020 yil 2 iyundagi Farmoni bilan xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etilayotgani, davlat organlarining birinchi rahbarlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas’ul qilib belgilangani alohida qayd etib o‘tildi.
Shuningdek, mazkur hujjat bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasining tashkil etilishi mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish imkoniyatini yaratishi, bu esa o‘z navbatida ko‘zlangan natijaga erishishda ayni muddao bo‘lishi qayd etildi.
So‘nggi to‘rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pog‘onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarilganligi e’tirof etilib, ushbu yo‘nalishdagi ishlarning natijasini aks ettirishga mo‘ljallangan 2020 yil 1 oktyabrga qadar Internet tarmog‘ida ishga tushirilishi belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali haqida ma’lumot berildi.
Bu borada mamlakatimizda reytinglar bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi va mazkur sohada so‘nggi yillarda 10 ga yaqin qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilingani, biroq mazkur yo‘nalishning ahamiyatini hisobga olgan holda parlamentning shu maqsadlarga yo‘naltirilgan faoliyatini sezilarli darajada takomillashtirish lozimligi qayd etildi.
Xalqaro reyting va indekslarni belgilashda qanday faktorlar, ko‘rsatgichlar mezon bo‘lib xizmat qiladi? Mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi imidjini yaxshilash uchun, investorlar uchun jozibadorlikni ko‘tarish uchun qanday omillarga e’tiborni kuchaytirish kerak? Aynan shunday maqsadlarga erishilishini huquqiy jihatdan to‘liq ta’minlash uchun parlament qanday hujjatlar qabul qilinishiga e’tiborni oshirishi talab etiladi? Seminarda tegishli mas’ul vazirlik va idoralarning mutaxassislari deputatlar tomonidan ko‘tarilgan shunday masalalarni atroflicha va to‘liq yoritganliklari iliq qabul qilindi. Parlament a’zolari o‘zlarining qimmatli takliflarini bildirish barobarida ushbu yo‘nalish uchun xos bo‘lgan o‘ta nozik jihatlarni, ko‘nikmalarni o‘rganganliklarini e’tirof etdilar.
Shu bilan birga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlashda parlamentning nazorat va qonun ijodkorligi funksiyalarini takomillashtirish lozimligiga alohida ahamiyat qaratib kelinmoqda.

Yüklə 152 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin