17-Maruza. Issiqlik uzatish; issiqlik oʹtkazuvchanlik. Issiqlik uzatish; konvektsiya. Issiqlik uzatish; nurlanish. Reja



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə1/6
tarix27.09.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#149855
  1   2   3   4   5   6
davlat


17-Maruza. Issiqlik uzatish; issiqlik oʹtkazuvchanlik. Issiqlik uzatish; konvektsiya. Issiqlik uzatish; nurlanish.

Reja:
1.Issiqlik o’tkazuvchanlik
2.O’tkazuvchanlik
3.Konvektsiya
4.Nurlanish
Kalit so’zlar: issiqlik o’tkazuvchanlik, o’tkazuvchanlik, konvektsiya, nurlanish, issiqlik oqimi, statsionar issiqlik o’tkazuvchanlik, issiqlik qarshilik, ideal qora jism, absolyut qora jism, Vin siljishi.

[1] 674-686


[2] 400-406

ISSIQLIK O’TKAZUVCHANLIK
Issiqlik temperaturalar farqi tufayli energiya uzatishdir. Bir joydan boshqa joyga bunday o’tish uchta turlicha bo’lgan jarayonlar orqali yuz beradi: o’tkazuvchanlik, konvektsiya, nurlanish.
O’tkazuvchanlik vaqtida atom va molekulalarning ko’chishi tufayli yuz bergan o’zaro ta`sirlashuv natijasida energiya uzatiladi. Masalan, qattiq panelning bir tomoni qizdirilsa, qizigan tomondagi atomlarning tebranishlari sovuq tomonidagiga qaraganda kattaroq energiya bilan yuz beradi. Energiyasi kattaroq atomlarning energiyasi kichikroq atomlar bilan o’zaro ta`sirlashuvi energiyaning penel bo’yicha siljishiga olib keladi. O’tkazuvchanlik davomida issiqlik moddaning to’g’ridan to’g’ri ko’chishi yo’li bilan yuz beradi. Masalan, xonani egallab turgan issiq xavo kengayadi, uning zichligi kamayadi, uni o’rab turgan xavo tomondan itaruvchi kuch ta`sir etib, yuqoriga ko’tarilishga majbur etadi. SHunday qilib, energiya issiq xavo molekulalari bilan yuqoriga ko’chadi.
Issiqlik o’tkazuvchanlik davomida, energiya yorug’lik tezligida harakatlanuvchi elektromagnit to’lqinlar ko’rinishida fazo orqali uzatiladi. Elektromagnit nurlanishlarga bir-biridan to’lqin uzunligi va chastotasi bilan farq qiluvchi infraqizil to’lqinlar, ko’zga ko’rinuvchi yorug’lik nuri to’lqini, televidenie to’lqiniva rentgen nurlar kiradi. Issiqlik ko’chishining barcha mexanizmlarida , jismning sovush tezligi jism va uni o’rab turgan muhit orasidagi temperatura farqiga proportsionaldir. Bu natija N yuton sovutishi qonuni bilan taniqlidir. Ko’pgina real xolatlarda energiya uzatishning bu uchchala turi bir vaqtda yuz beradi, bunda mexanizmlardan biri boshqasiga nisbatan ko’proq rol o’ynashi mumkin. Masalan, oddiy fazoda qizdirgich nurlatish va konvektsiya uchun qo’llaniladi. Qizdiruvchi element kvarts bo’lsa, u xolda ko’chishning asosiy mexanizmi nurlanishdir. Agar qizdiruvchi element metall (kvarts kabi samara balan nurlatmaydigan) bo’lsa, asosiy mexanizm konvektsiya bo’lib, uning natijasida yuqoriga ko’tarila borib, sovuqroq xavo bilan almashinib energiya ko’chadi. Isitgichlarda konvektsiya jarayonini tezlashtirish uchun odatda ventilyatorlar qo’llaniladi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin