17-mavzu. Agrar munosabatlar va renta nazariyasi



Yüklə 20,31 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü20,31 Kb.
#201440
  1   2   3   4
17-тема


17-MAVZU. AGRAR MUNOSABATLAR VA RENTA NAZARIYASI
1. Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi o’rni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining xususiyatlari.
2. Er rentasining mazmuni va turlari.
3. Agrosanoat integraciyasi. Agrosanoat majmuasi va uning sohalari.
4. Agrobiznes va uning turlari.
Agrar sohada ishlab chiqarish ko’p jihatdan er bilan boĝliq bo’ladi. Erga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan boĝliq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.
Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu erda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar – er, o’simlik, chorva mollari bilan boĝliq bo’ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan boĝlanib ketadi. Bunda er mehnat quroli va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. Erning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u eyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to’ĝri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.
Erning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo’lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o’zgarishlar natijasida erning ustki qatlamida o’simlik «oziqlanishi» mumkin bo’lgan turli moddalarning vujudga kelishi erning tabiiy unumdorligi deyiladi.
Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga tasiri natijasida, yani tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun`iy yo’l bilan, (masalan, erni organik va kimyoviy o’ĝitlash, ishlab chiqarishni mexanizaciyalash, ilmiy asoslangan suĝorish, irrigaciya va melioraciya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yo’llar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.
O’zbekistonda er davlat mulki hamda umummilliy boylik bo’lganligi sababli erga bo’lgan mulkchilik, erga egalik qilish va erdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim.
Erga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning malum er uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. Erga egalik deganda avvalo erga bo’lgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan realizaciya qilish ko’zda tutiladi. Erga egalikni eri bo’lgan mulkdor (bizda davlat) amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasining Er kodeksida takidlanganidek «Er uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin».1

Yüklə 20,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin