181- guruhi talabasi



Yüklə 37,86 Kb.
səhifə1/5
tarix09.05.2023
ölçüsü37,86 Kb.
#109950
  1   2   3   4   5
Axmedov Jo\'rabek




O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI
ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI


«
Jismoniy madaniyat»
fakultеti maxus sirtqi bo’limi
181-
guruhi talabasi
Axmedov Jo'rabekning
« Sport mahoratini oshirish”
»»fanidan
tayyorlagan





Mazu: Voleybol o‘yinida harakatlanish texnikasi sport mahoratini oshirish

I.Kirish


II.Asosiy qism
2.1 Xolat va harakatlanish texnikasi.

2.2. Xujumkor zarba texnikasi.


2.3. Himoya texnikasi.
III. Xulosa


IV.Adabiyotlar ro’yxati
Kirish

Mustaqil O’zbekistonning ravnaq topishi, uni iqtisodiy va ijtimoiy tomondan buyuk davlat darajasiga ko’tarilishi yosh avlodu mehnatkash fuqarolarning nafaqat aql-idroki, bilimi va malakasi, balki ularning salomatligiga, jismoniy barkamolligiga ham bevosita bog’liqdir. Hozirgi davr taqdirini va uning istiqbolini ijobiy hal etish, qaysi sohada bo’lishidan qat’iy nazar har bir fuqarodan serg’ayratlik, tadbirkorlik, uddaburonlik va ishbilarmonlik kabi xislatlarni talab qiladi. Mazkur xislatlar zamonida esa kuch, tezkorlik, chaqqonlik va chidamkorlik sifatlari yotadi. Albatta, bu sifatlarni faol maqsadli shakllanishi o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, balki insonning ontogenetik taraqqiyoti jarayonida sport yoki jismoniy tarbiya bilan muntazam va rejaga muvofiq shug’ullanish evaziga amalga oshiriladi. Ma’lumki, bunday tadbirlar mutaxassislarning maslahat, tavsiya, nazorati va ko’rsatmalari yoki umuman rahbarligi asosida tashkil etilishi darkor. Aks holda – ko’r-ko’rona, maxsus bilimlarga ega bo’lmasdan o’zbilarmonlarcha jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish ko’ngilsiz natijalarga olib kelishi ehtimoldan holi emas.


Demak, sport va jismoniy tarbiya bo’yicha o’rta va oliy ma’lumotli, malakali mutaxassislar etishtirish muammosi o’ta dolzarb masalalardan biridir. Ammo mazkur muammoni «bugungi» va «ertangi» kun talablariga mos ravishda hal etish jismoniy institutlari, fakultetlari, bilim yurtlariga mo’ljallangan o’quv hujjatlarining /o’quv rejasi, dasturi, qo’llanmalari va hokazo/ hayotiyligi, maqsad va mazmuniy mohiyatiga bog’liqdir.
Ma’lumki, O’zbekiston mustaqil bo’lgunga qadar o’quv yurtlari uchun
«markaz»ning o’quv va ilmiy-tekshirish institutlari ishlab chiqqan o’quv rejalari, dasturlari, ko’rsatma va qo’llanmalar asosiy o’kuv-uslubiy hujjat bo’lib xizmat qilgan. Uni qisman bo’lsada ma’lum mintaqaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlariga moslashtirish mushkul muammo bo’lib kelgan.
Hozirgi kunda respublikamiz o’quv yurtlarida mazkur o’quv-uslubiy hujjatlarini hududimiz iqlim sharoitlariga, mamlakatimiz an’analari, urf-odatlari, rasm-rusumlari, ajdodlarimizning ushbu soxadagi meros va maslahatlariga monand holda yangidan ishlab chiqish, maksimallashtirish va hayotga tadbiq qilish istiqlol zaruriyatidir.
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash o’quv rejasiga binoan bir necha pedagogik ixtisosliklar bo’yicha amalga oshiriladi. Jumladan, maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiya bo’yicha murabbiy o’rta maktab va bilim yurtlarida, listey, kolej, institut, universitet, akademiyalarda jismoniy tarbiya bo’yicha o’qituvchi, armiya, ilmiy tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va kasbga mos jismoniy tayyorgarlik bo’yicha yo’riqchi, turar joylarda, muolaja, maishiy madaniyat, dam olish va boshqa shunga o’xshash dargohlarda sog’lomlashtirish jismoniy tarbiya bo’yicha tashkilotchi degan ixtisosliklar institutning o’quv rejasidan joy olgan.
Bundan tashqari mazkur mutaxassislik doirasida eng ko’p tarqalgan ixtisoslik – bu sport turlari bo’yicha murabbiy /trener/lar tayyorlashdir.


Voleybol sport o‘yinlari turlariga mansub belib, o‘z mohiyati, mazmuni va xususiyati bilan ulardan farq qiladi voleybol o‘yini nisbatan kichik bo‘lgan, ya’ni o‘rtasidan teng ikkiga bo‘lingan 18x9 metrli to‘ђri burchakli to‘rburchak shaklidagi maydonchada amalga oshiriladi. 6 kishidan iborat bo‘lgan ikki jamoani maydoncha o‘rtasidan o‘tgan o‘rta chiziq va tur chegaralangan bo‘lib, o‘yin shu tur ustidan to‘p bilan o‘ynaladi. Zamonaviy voleybol turli o‘yin malakalari va taktik kombinatsiyalarga nixoyatda boy bo‘lib, o‘ta katta shiddat va tezlikda o‘tadi. Binobarin voleybolning yuqorida zikr etilgan o‘ziga xos xususiyatlari o‘yinchilardan mukammal takomillashgan texnik mahorat talab qiladi. Musobaqa o‘yinlarida texnik mahorat kanchalik keng va tashqi ta’sirlarga nisbatan mukammal shakllangan bo‘lsa, shunchalik ђalabani qo‘lga kiritish imkoni ko‘p bo‘ladi.
O‘yin texnikasi – bu bir vaqtning o‘zida ketma-ket va muayyan maqsadli tartibda ijro etiladigan ixtisoslashgan harakat yoki harakatlarning majmuasidir. Uning texnikasi harakatni aniq, tez, engil, vaziyatga muvofiq, kam kuch sarf etib yuqori samarada bajarishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.
«Texnika» atamasi yunoncha (tehnus) so‘zi bo‘lib, juda keng ma’noda foydalaniladi va o‘zbek tilida «san’at» tushunchasini anglatadi. Miloddan avval 776 – yildan boshlab har 4 yilda YUnonistondagi Olimp toglarining etagida joylashgan. Olimp qishloђida Xudo Zevs sharafiga o‘tkaziladigan umum - yunon bayram musobaqalari ishtirokchilari 2 ђildirakli aravachada poyga mushtlashish, beshkurash sporti bo‘yicha o‘z san’atlarini (texnikasini) namoyish etganlar. Qiziђi shundaki, har bir ishtirokchi musobaqadan oldin o‘z qaddi – qomatini, mushaklarini shakllanganligi va boshqa shu sportga oid xislatlarni namoyish qilishi mazkur musobaqaning shartlaridan biri bo‘lgan. Demak, muayyan sport turi bilan muntazam shuђullanish natijasida odamning qaddi – qomatini, mushaklari va organizmining jamiki barcha organlari shakllanadi, binobarin sportchining texnik mahorati san’atini takomillashishi ta’minlanadi.
Texnikaga oid barcha vositalar borki (samolyot, avtomobil, raketa, televizor, sovutgich, soat va hakozo) ularning texnik pasporti mavjud bo‘lib, unda mazkur vositaning texnik ko‘rsatkichlari va o‘lchamlari berilgan bo‘ladi. Sportda ham muayyan harakat malakasining o‘ziga xos texnik ko‘rsatkichlari, o‘lchamlari va uning ijro etishning shakllangan texnik tartibi mavjuddir.



Yüklə 37,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin