Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirishning asosi hisoblangan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim sharti sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Hayotimizning har jabhasida faol qo‘llanilayotgan axborot almashinuv texnologiyalaridan samarali foydalanish ulardagi dasturiy ta’minotlarning o‘ziga xosligi, ommabopligi va innovatsion yangiligiga bog‘liq. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “EHM dasturlari va ma’lumotlar bazasini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugun yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib bormagan sohaning o‘zi yo‘q. Bu esa, o‘z navbatida, softver sanoatining izchil rivojlanishiga keng yo‘l ochmoqda. Xususan, hozirgi kunda mamlakatimizda dasturiy mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish va joriy qilish bilan shug‘ullanuvchi 260 dan ziyod tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatimizda dasturiy ta’minot sanoatini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar, sohaga daxldor mustahkam qonunchilik bazasini yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Hozirgacha 10 dan ziyod qonun, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qator farmon hamda qarorlari qabul qilindi. Dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilayotir.Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 20 sentyabrida imzolangan “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘ldagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
Ma’lumki, dasturiy ta’minot yaratuvchilarining asosiy daromadi xodimlarga ish haqi to‘lash, zarur moddiy-texnik bazani muntazam mustahkamlab borishga sarflanadi. Shu ma’noda, qarorga binoan Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilar 2017 yilning 1 yanvariga qadar muddatda barcha turdagi soliqlar hamda majburiy ajratmalar to‘lashdan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalariga boj to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilingani, ayniqsa, e’tiborlidir. Mazkur mablag‘lar dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining xodimlarini rag‘batlantirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga yo‘naltiriladi.
Hozirda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari dasturiy mahsulotlarning faol iste’molchisi hisoblanadi. Keyingi vaqtda mamlakatimizda vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxonalarning xarajat smetasi va biznes rejalarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, axborot tizimlari va resurslarini yaratish, dasturiy mahsulotlar hamda interfaol davlat xizmatlarini joriy etishga qaratilgan xarajatlarni nazarda tutish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda. Joriy yildan e’tiboran davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlarini joriy etish, idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini yaratish, “Elektron hukumat” tizimini hamda internet tarmog‘ining milliy segmentini shakllantirish bo‘yicha loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish borasidagi ishlar boshlab yuborilgan.
Mazkur hujjat dasturiy ta’minot sanoatini rivojlantirish, davlat organlarida ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlardan foydalanishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, “Elektron hu-kumat” loyihasini amalga oshirishda mahalliy kompaniyalarning faol ishtirokini rag‘batlantiradi.
Qarorga muvofiq, www.software.uz veb-sayti internet-portalida joylashtirilgan dasturiy mahsulotlar va ishlab chiquvchilarning milliy katalogi negizida shakllantiriladigan Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining Milliy reyestri mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari to‘g‘risidagi axborotning yagona elektron bankini tashkil etish va istiqbolli loyihalar hamda innovatsion kompyuter texnologiyalarini yaratish bilan mashg‘ul iste’dodli yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bozorining holati va salohiyati to‘g‘risida axborot berish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh milliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni rag‘batlantirish, bu sohada istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Milliy reyestr elektron shaklda on-layn rejimida yuritiladi. O‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, tatbiq etish va sotishdan olingan daromadlari ular sotgan tovarlar, ishlar, xizmatlar umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar Milliy reyestrga ixtiyoriy va bepul asosda kiritiladi. Shuningdek, Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar — dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilar uchun ushbu qarorda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati, agar ularning o‘zlari ishlab chiqargan dasturiy ta’minot vositalarini eksport qilish hajmi ular sotgan tovarlar, ishlar, xizmatlar umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etgan taqdirda, 2 yilga uzaytiriladi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining amal qilishi Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar — dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilariga, agar ular xonadonlarda ishlovchi (kasanachi) jismoniy shaxslar bilan mehnat shartnomalari tuzadigan bo‘lsa, tatbiq etishlari ham qarorda ko‘rsatilgan.
Yuridik shaxslar foydasiga solinadigan soliq va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha yangi texnologiya uskunalarini xarid qilish chog‘ida soliqqa tortiladigan bazani kamaytirishga doir amaldagi tartib respublika korxonalari va tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturiga kiritiladigan axborot tizimlarini yaratish bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan dasturiy ta’minot vositalarini sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdoriga joriy qilinadi.
Endi dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar hamda xizmatlarni internet tarmog‘ining on-layn do‘konlari orqali eksport shartnomasi mavjud bo‘lmasdan xorijiy valyutaga eksport qilish huquqiga ega bo‘ldilar.
Ayni kunda Apple Store, Google Play va boshqa bir qator on-layn tizimda faoliyat ko‘rsatuvchi do‘konlar o‘z standartlariga muvofiq keluvchi dasturiy ta’minotlar uchun o‘z platformalaridan joy ajratishadi va dasturchilarga o‘z mahsulotlarini mazkur do‘konlarning kataloglari orqali sotish huquqini berishadi. Mazkur katalogdagi dasturiy ta’minotlarni Yer yuzining xohlagan nuqtasidagi mijozlar on-layn to‘lovlar orqali sotib olishlari mumkin. Xullas, Prezidentimiz qaroriga muvofiq tashkil etiladigan Milliy reyestr yurtimiz dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilariga bevosita internet orqali mahsulotlarini sotish, xalqaro shartnomalar tuzish imkoniyatini ham beradi.
2016 yildan buyon “Best Soft Uzbekistan” dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etib kelinmoqda. Milliy dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasida sohada erishilgan muvaffaqiyatlar namoyish etilib, mahorat darslari, taqdimotlar va ta’lim seminarlarida respublikadagi soft industriyaning dolzarb loyihalari va istiqbollari sohasining yetakchi mutaxassislari ishtirokida muhokama qilinadi. Ko‘rgazmada xalqaro va mahalliy kompaniya — dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar hamda integratorlar, kontent-ishlab chiqaruvchilar, provayderlar, ilmiy va ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar vakillari ham ishtirok etishadi.
Yurtimiz dasturiy ta'minot mahsulotlari ishlab chiquvchilari, mavjud mahsulotlar, ehtiyojlar, dasturchilar to'g'risida bilmoqchi bo'lsangiz www.software.uz manziliga tashrif buyuring.
Matematik ta’minot birinchi qismini amalga oshirishning usullari va vositalari turli avtomotlashtirilgan loyihalash tizimlarida o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi va loyihalash ob’yektlarining xususiyatlariga bog‘liq. Matematik ta’minotning ikkinchi qismiga kelsak, avtomatlashtirilgan loyihalash jarayonlarini formalashtirish majmui, alohida loyihalash masalalarini algoritmlash va dasturlashga nisbatan ham murakkab masala ekan. Bu masalani yechishda loyihalashtirish texnologiyasining mantiqi butunligicha, jumladan avtomatlashtirish vositalaridan foydalanish asosida loyihalovchilarning bir-biri bilan muloqoti mantiqi, formalashtirilishi kerak. Ushbu turdagi masalalarni yechishga mos keladigan tizimlar umumiy nazariyasining metodlari va holatlari ko‘rilayotgan sohada hozircha qo‘llanilishini topmadi. Loyihalashni avtomatlashtirish bo‘yicha ishlar ko‘p holatlarda loyihalash metodologiyasining takomillashmaganligini namoyon qildi va bir vaqtning o‘zida loyihalash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha masalalarni yechish zaruratiga olib keldi. Loyihalash metodologiyasini takomillashtirish va rivojlantirish kontseptsiyasiga turli mualliflarning qarashlari bir narsada bir-biriga o‘xshash: loyihalash asosida tizimli yondoshuv yotishi kerak. Avtomatlashtirilgan loyihalash ta‘minotining matematik ta’minoti loyihalashni avtomatlashtirishning ob’yekti, jarayoni va vositalarini o‘zaro bog‘liqlikda bayon qilishi lozim. Hozirgi paytda ushbu masalani yechish uchun tayinli nazariy baza bo‘lmaganligi uchun, amalda turli matematik metodlarning murakkab tizimlarini modellash vositalari yagona kompleksga integratsiyalashishi jarayoni bormoqda.
Loyihalash — odam faoliyati yoki loyihani bunynyod qilish bo’yicha tashkilot, shunga o’xshashni bo’lishi, mumkin bo’lgan obekt holatlar jamlanmasi, ma’lum ob’ektni bunyod qilishni tavsiya qilish uni ekspluatsiyasi, hisobdan chiqishdir.
Loyihalash bir qancha bosqichlarni texnik topshiriqdan tortib to namunaviyni sinashgacha jarayonni o’z ichiga oladi. Loyihalash ob’ekti material predmet hisoblanadi. «Loyihalash» tushinchasi loyihani amalga oshirish jarayoni uni ichiga kirmaydi .
“Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari” fanining maqsadi shundan iboratki: loiyhalashdagi ilmiy faoliyatda muhandislik mehnati unimdorligini ko’tarish va iulov muddatini qisqartirish; ishlanmalarni sifatini oshirish; yangi zamonaviy takomillashgan buyumlarni yaratish bilan o’sib borayotgan bozor raqobatida yashovchanlikni ta’minlashdan iboratdir.
Bu bilan mahsulotni yashash davrini qisqartirish va yangi bozorgir buyumlarni qisqa davirda yaratishni taqazo etadi. Mahsulotning yashash davri :
- yangi mahsulotga talabni paydo bo’lishi;
- yangi g’oyani poydo bo’lishi;
- loiyhalash ommaviy mahsulot chiqarish;
- ekspluatatsiya qilish, foydalanish;
- keraksiz holatga kelish.
Eshik chizmasi konstruksiyasi .
Loyihalashni avtomatlashtirish deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini bajarishning shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va operatsiyalari loyihalovchining kompyuter texnologiyasi bilan chambarchas muloqotida amalga oshadi. Loyihalashni avtomatlashtirish hisoblash texnikasi vositalaridan muntazam ravishda foydalanishni nazarda tutadi; bunda loyihalovchi va kompyuter texnologiyasi orasidagi funktsiyalarni ratsional taqsimlash va masalalarni mashinada echish metodlarini asosli tanlash lozim.