Detallarni kesib ishlash jarayonida keskich yo’nilayotgan metallning qarshiligini engishi kerak. Bu qarshilikni teng tasir etuvchi kuch tarzida tasavvur qilish mumkin. qarshilik (kesish) kuchini (F), uchta tashkil etuvchi kuchlarga asosiy xarakat tezligi (V) yo’nalishidagi Rz ga, tayyorlama o’qi bo’ylab yo’nalgan Rx ga va tayyorlama o’qiga tik (keskich bo’ylab) yo’nalgan RU ga ajratish mumkin.
Bu kuch tasirida keskichning uchi yo’nilayotgan detalga nisbatan orqaga siljiydi, bu esa detalning o’lcham aniqligiga ta'sir qiladi(diametri kattalashadi). Yo’nib ishlashda keskichning orqaga siljishiga asosan keskich bo’ylab yo’nalgan Ru kuchi tasir qiladi.
Markaz o’qlariga o’rnatilgan detalga ta'sir qiluvchi kuch ta'sirida tokarlik-vintqirqar dastgoxning oldingi odingi babka, support va ketingi babkalarining siljishi natijasida keskich detalga nisbatan siljiydi (2-rasm).
Keskichning shu xolatida dastgohning beriluvchanligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Keskichning shu xolatida dastgohning beriluvchanligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: