2- tayanch –harakat sistemasi



Yüklə 286,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix21.04.2022
ölçüsü286,34 Kb.
#55958
  1   2   3   4
odam anatomiyasi va fiziologiyasi 2-ma'ruza (4)



  2- Tayanch –harakat sistemasi. 

Reja; 


1.Tayanch-harakatlanishs tizimining  ahamiyati 

2.Suyaklarning shakllari 

3.Suyaklarning tuzilishi, kimyoviy tarkibi 

6.Suyaklarning’ o’sishi 

7. Suyaklarning’ yoshiga bog’liq xususiyatlari 

8.Odam va hayvonlar skeletidagi o’xshashlik 



 

Tayanch  iboralar:    ossein,    naysimon  suyaklar,    g’ovak  suyaklari, 

g’alvirsimon suyaklar. 

 

Tayanch-harakatlanish tizimining  ahamiyati 

 

Oldingi mavzuda qayd etilganidek, odam organizmining xayoti doimo tashqi 

muhit bilan chambarchas bog’liq. Bu bog’laniptda tayanch - harakatlanish tizimi 

muxim rol o’ynaydi. Harakatlanish tufayli odam ish bajaradi. 

Atrofdagi  odamlar  bilan  muloqotda  bo’ladi  (og’zaki  va  yozma  nutq  orqali), 

jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanadi. Odamning harakatlari juda xilma - 

xil va turli maqsadga qaratilgan bo’lib, bola o’sib - o’lg’aygan sari bu harakatlar 

rivojlanib,  tobora  mukammalashib  boradi.Bu  tizim  uch  qismdan:  suyak,  muskul 

va nerv tizimidan iborat. 

Ostyeologiya.    Skelet  (ckeletos  -  qurutilgan)  –  200  ortiq  suyaklardan  tashkil 

topgan  bo‘lib,  tananing  tayanchi  bo‘lib  hisoblanadi  va  passiv  harakat  qiladi. 

Skelet bir qancha alohida suyaklardan tashkil topgan bo‘lib, o‘zaro biriktiruvchi 

to‘qimalar, boylamlar va  tog‘aylar yordamida birikib turadi.  Skelet organizmda 

bir necha vazifani bajardi. 

1.  Tayanch  vazifasi  yumshoq  to‘qima  va    a’zolar  suyaklarning  o‘simta, 

g‘adir-budur  do‘mboqchalariga  birikadi.  Skeletning  tayanch  funksiyasi  tufayli 

odam o’z qomatini to’g’ri tutadi. 

2.  harakat  funksiyasi  –  suyaklar  bir-biri  bilan  xar-xil  richaglar  xosil    qilib, 

bo‘g‘in  orqali  birikadi  nerv  sistemasi  yordamida  muskullar  qisqarishi  bilan 

yuzaga keladi. 

3.  himoya  funksiyasi-ayrim  suyaklardan  suyak    kanali  vujudga  keladi. 

Masalan  umurtqa  pog‘onasi  orqa  miyani,    kalla    qutisi  bosh  miyani,  ko‘krak 

qafasi  yurak va  o‘pkani, chanoq suyagi jinsiy a’zolarni tashqi ta’sirdan   himoya 

qiladi. 

4.  Yaratuvchanlik    funksiyasi  –  suyaklarning  ko‘mik  qismidan  qonning 

shakli elementlari(eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab  chiqariladi. 

5.  Ortiqcha mineral  tuzlar deposi ham hisoblanadi 

 


Yüklə 286,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin