Pedagogika Pedagogika (yunoncha “paidagogike” bo'lib. “paidagogos”- “bola” va ‘'yetaklayman”) ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalami milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga taiim berish muammolarini o'rganadi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati - uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tibomi qaratganligi bois didaktika (taiim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi
Psixika va ongning rivojlanishini tahlil qilish
Psixika (yunoncha psychiros-ruhiy) - yuksak darajada tashkil topgan materiya - miyaning funksiyasi. Uning mohiyati tuyg‘u, idrok, tasavvur, fikr, iroda va boshqalar ko‘rinishida aks ettirishdan iboratdir. Inson ongi o‘z mohiyatiga ko‘ra, hayvonlarning instinktiv, individual va intellektual harakat formalaridan batamom boshqacha, nihoyatda murakkab hodisadir.
Kishi psixikasining paydo bo`lishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bo`lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib еtishga harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt qiziqtirib kеlgan. Matеrialistik yo`nalishdagi olimlar psixikaning paydo bo`lishini matеriyaning uzoq davom etgan rivojlanishining natijasi dеb izohlashadi. Ular matеriyaning tabiatini tadqiq qilisharkan, harakat matеriyaning hayot kеchirish usuli, uning tarkiban o`ziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham matеriya harakatining turli xil shakllarini o`rganadilar.
Inson ongi evolutsion taraqqiyotning eng so‘nggi bosqichi, ya’ni inson taraqqiyoti bosqichidan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot tufayli tarkib topgan. Inson ongi insonning o‘zi bilan birga, deyarli bir vaqtda maydonga kelgan. Ong tarixiy taraqqiyotning ikkinchi yo‘nalishi — odamlarning amaliy faoliyatlari bilan amalga oshiriladigan va tekshirib ko‘riladigan insonning bilish faoliyatining doimo rivojlanish jarayoni.