2-amaliy mashg‘ulot Poyezdlar harakati grafigi va elektrovozlarni borib qaytishi grafigi



Yüklə 44,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü44,82 Kb.
#210284
  1   2   3
2-amaliy mashg`ulot ET 7-semestr



2-amaliy mashg‘ulot 
Poyezdlar harakati grafigi va elektrovozlarni borib qaytishi grafigi 
Temir yo’l transportining ekspluatatsiya bo’yicha faoliyati temir yo’lning barcha 
bo’linmalari: stansiyalar, lokomotiv va vagon depolari, lokomotiv va vagonlarni texnik ko’rigi 
punktlari, energouchastkalar, signalizatsiya va aloqa masofalari, temir yo’l va b. Boshqarish 
ishini birlashtiruvchi 
poyezdlar harakati grafigi
bilan belgilanadi. Texnik ekspluatatsiya 
qoidalarida grafik yo’lovchi va yuklarni tashish rejasi bajarilishi; poyezdlar harakat xavfsizligi; 
uchastkalarni o’tkazish va yuk tashish qobiliyatidan hamda stansiyalarni ishlov berish 
qobiliyatidan samarali foydalanish; harakatlanuvchi sostavdan unumli foydalanish, lokomotiv 
brigadalarining belgilangan uzluksiz ishlash vaqtida qoidalarga rioya qilishi; temir yo’l, aloqa va 
elektr ta’minlov qurilmalari inshootlarini joriy soz holatda saqlash bo’yicha ishlarni bajarish 
imkoniyatlarini ta’minlash kerakligi ko’rsatilgan. 
Grafik
− aniq ma’lum parametr va sharoitlar uchun ishlab chiqilgan uchastkada poyezdlar 
harakatining bir martalik (yagona tizimda tuzilgan) modeli. Lokomotivlar ekspluatatsiyasini 
tashkillashtirish harakatning aniq grafigiga asosan amalga oshiriladi, harakat grafigining o’zi esa 
lokomotivlarni ekspluatatsiyasining o’ziga xosliklarini, ya’ni yurishning peregon vaqtlarini, 
lokomotivlarni saralash va uchastka stansiyalarida turish vaqtining texnologik me’yorlarini 
hamda aylanish, ekipirovkalash va texnik xizmat ko’rsatish stansiyalarida sostavning hisobiy 
massasi va uzunligini akslantirishi kerak. Harakat grafigini direktiv vazifasini oshirish maqsadida 
uzoq muddatga grafik negizini tashkil etuvchi muntazam aylanish poyezdlarini kiritish mumkin. 
Bu lokomotivlar aniq tartibda aylanishiga hamda lokomotiv brigadalarini qat’iy jadval bo’yicha 
ishlashiga imkon yaratib berishi mumkin. Ammo, temir yo’llar ishini tashkillashtirish masalalari 
bilan mashg’ul bo’lgan A.K. Ugryumov, G.I. Groshev, V.A. Kudryavsev, A.D. Chertogov kabi 
bir qator olim va amaliyotchilar temir yo’llarni hozirgi zamon ish sharoitlarida qat’iy grafikka 
o’tish maqsadga muvofiq emas va buni amalga oshirishning iloji yo’q deb hisoblaydilar, shuning 
uchun temir yo’llarda tashish ishlarini boshqarishning asosiy vositasi bo’lib, operativ rejalash 
tizimi xizmat qilishi kerak, harakat grafigi esa tashish jarayonini rejalash uchun texnologik asos 
bo’lib xizmat qilishi kerak. Uning bir qator ko’rsatmalari albatta bajarilishi shart bo’ladigan 
xususiyatga ega, masalan, yo’lovchi poyezdlarining harakat jadvali, texnologik marshrutlar 
aylanishi. Yuk poyezdlarining jadvali bajarilishi shart bo’ladi, agar ularning aylanishi operativ 
rejaga binoan ayni shu sutkaga (yoki bundan ham uzoq muddatga) belgilangan bo’lsa. Ushbu 
asosiy qoidalarni hisobga olib lokomotivlar ekspluatatsiyasi tashkillashtiriladi, harakatlanuvchi 
sostavga bo’lgan ehtiyoj aniqlanadi. Stansiyalar, tortuv stansiyalari, vagon va lokomotiv 
depolari, harakatlanuvchi sostavga texnik xizmat ko’rsatish punktlari va boshqa bo’linmalar 
ishining texnologik jarayonlarini to’g’ri tashkil etish va aniq bajarilishi poyezdlarni qat’iy grafik 
parametrlari bo’yicha harakatlanishini ta’minlaydi. 
Poyezdlarning harakat grafiklari ekspluatatsiya sharoitlariga ko’ra bir izli, ikki izli va ko’p 
izlilarga; toq va juft yo’nalishlar bo’yicha harakat hajmi nisbatiga ko’ra − juft va nojuftlarga; har 
xil kategor
iyali poyezdlarni harakat tezliklari nisbatiga ko’ra − parallel va parallel emaslarga; bir 
tomonga harakatlanuvchi poyezdlarni joylanishiga ko’ra − oddiy, bog’lamli (pachkali) va 
paketlilarga bo’linadi. Grafik turi va uning ko’rsatkichlari lokomotivlar ekspluatatsiyasini 
tashkillashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi, masalan, lokomotivlarni temir yo’li bir bo’lgan va 
orqaga qaytuvchi poyezdlarni kutib aylanish punktlarida turib qolishi, kesishish bo’yicha turib 
qolishlari, lokomotivlarni texnik xizmat ko’rsatish va ekipirovkalash uchun olib borish, 
peregonlar o’tkazuvchanligi va h.k.


Poyezdlarning harakat grafigini tuzishda qarama-qarshi va bir tomonlama harakat 
yo’nalishlari bo’yicha poyezdlarni kelish va jo’natish intervallarini lokomotivlarni aylanish 
punktlarida va brigadalar almashish stansiyalarda turishining texnologik me’yorlariga 
muvofiqligi ko’zda tutiladi. Masalan, lokomotivlarni sostavlarni kutib qolishiga temir yo’l 
qo’ymaslik uchun, qarshi yo’nalish poyezdlarini aylanish punktiga kelish intervallari 
pr
I
lokomotivning kutib turishini texnologik me’yorlari 
l
t
bilan vagonlarni turib qolish me’yorlari 
s
t
orasidagi farqqa teng bo’lishi kerak: 
s
l
pr
t
t
I

=
(1)
 
Qarshidan kelayotgan sostav va lokomotivlar turishini texnologik me’yorlari har xil bo’lgan 
hollarda quyidagi bog’lanishga rioya qilishga intilish kerak: 
)
(
x
s
n
s
ch
l
u
k
i
t
t
t
t
Al
+
+
+
=
, (2) 
bunda: 
A – 
butun son; 
i
l
 –
bir tomon bo’yicha harakatlanuvchi poyezdlarni kelish intervali, 
daq; 
ch
l
n
l
t
t
,
- tegishlicha juft va toq poyezdlar bilan jo’natilayotgan lokomotivlar turishining 
texnologik me’yorlari, daq; 
ch
s
n
s
t
t
,
- shuning o’zi sostavlar uchun, daq.
Harakat grafigi bo’yicha o’tkazuvchanlik sharoitlariga asosan grafikka kiritilishi mumkin 
bo’lgan yuk poyezdlarining maksimal soni aniqlanadi: 
r
s
max
)/T
T
-
(1440
=
N


(3) 
bunda: 1440 – bir sutkada daqiqalar soni (24·60);

s
T
– yo’lovchi va yig’ma poyezdlarni o’tkazish bilan band qilinadigan sutkaning qismi 
(daq) (yo’lovchi va yig’ma poyezdlar soniga va band qilish koeffitsiyenti − bir dona shunday 
poyezdning peregonni band qilish ko’rsatkichi); 
 
r
T
– poyezdlar harakati grafigining hisobiy davri, ya’ni bir tomonga poyezdlarni jo’natishlar 
orasidagi bo’lishi mumkin bo’lgan interval (daq); bu interval limitlovchi uchastka uzunligi, 
poyezdlarni shu uchastka bo’ylab harakatlanish tezligi va aloqa vositalari tizimi, ya’ni 
uchastkaning alohida punktlari orasida aloqaga sarflanadigan vaqtga bog’liq. 


1
-r
asm
. P
o
ye
zd
ni
ng
h
ar
aka
t gr
af
ig
i.

Yüklə 44,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin