Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə1/76
tarix29.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#169654
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish-fayllar.org


Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING


QARORI
ISTE’MOLCHILAR ELEKTR QURILMALARINI TEXNIK EKSPLUATATSIYA QILISH QOIDALARI VA
ISTE’MOLCHILAR ELEKTR QURILMALARINI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI
QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va
muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son
Farmoniga
muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari
1-ilovaga
muvofiq;
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari
2-ilovaga
muvofiq
tasdiqlansin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, vazirliklar va
idoralar o‘zlarining tizimlaridagi tashkilotlar tomonidan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya
qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining
talablari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini
ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng
yoritilishini tashkil etsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, vazirliklar va idoralar bilan birga o‘zlari qabul qilgan
normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sanoat va
uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti va O‘zbekiston
Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin