Reja: 1.1. Energetika va elektr ta‘minoti tizimida ishonchlilik masalalari.
1.2. Energetika tizimining ishonchliligi.
1.3. Elektr ta‘minoti tizimining ishonchliligi.
1.4. Nazorat savollari.
1.1. Energetika va elektr ta‘minoti tizimida ishonchlilik masalalari Hozirgi zamonda texnik o‘sishni ta‘minlaydigan fan va texnika (avtomatika, elektronika, telemexanika va aloqa) asosiy bo‘limlarining rivojlanishini kompleks vazifali qurilmalarga ta‘luqli tizimlar va elementlar ishonchliligi hisobisiz va ularga ta‘luqli savollar yechimisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu esa umumiy ishonchlilik nazariyasining rivojlanishida, ishonchlilikning xarakteristikalarini (inkor va ishochli-lik vazifalari, o‘rtacha to‘xtovsiz ish vaqti, boshqa qurilmalarning inkor jadalligi) va uning asosiy mezonlarini aniqlashda va yoritishda katta rol o‘ynadi.
Elektr energetika tizimida ishonchlilik muhandislik hisob uslubi va nazariyasi-ning rivojlanishi ko‘rsatilgan bo‘limlarga qaraganda sal kechroq boshlandi. Umumiy ishonchlilik nazariyasining mexanik ko‘chirishlarni elektr tizimining har xil bo‘g‘in-larida amalga oshirib bo‘lmaydi. Ularni aniqlashtirish va elektr ta‘minoti tizimining xususiyatiga moslashtirish shart. Bunday xususiyatlarga:
- energiyani ishlab chiqarish, uzatish va foydalanish jarayonining uzluksizligi va ajralmasligini hisobga oladigan elektr ta’minotining xarakteri;
- elektr energiyasining sifati va ishonchliligi bo‘yicha har xil talablarga ega bo‘lgan iste‘molchilar tomonidan elektr energiyasining ko‘plab maqsadlarga ishlatilishi;
- hisobga olinmasa ham bo‘ladigan tarmoqning kichik ehtimoldagi to‘liq ishdan chiqishi hamda potensial rejimli ortiqcha elementlarning katta miqdordagi manbalar va iste‘molchilari tufayli yuzaga keladigan to‘liq rejali va rejasiz ta‘mir;
- elektr ta‘minot tizimi elementlari o‘zi bilan elementlardan tashkil topgan murakkab tizimni namoyon qiladi. Ularning ishonchlilik xarakteristikalari to‘liq ko‘rsatilmagan va ishlash sharoiti, materiallar turi va sifati, tuzilishiga oid xossalarga bog‘liq;
- ishlash sharoiti va to‘xtovsiz o‘rtacha ish vaqtini hisoblash uchun bir necha yillar ketadigan, ishonchlilik xarakteristikasi ta‘sirini hisobga olish ancha qiyin bo‘l-gan elementlarning profilaktik ta‘miri va sinoviga duch keladigan, zavod va laboratoriya sharoitida sinov statik materiallarini olish qiyinligi;
Yana shuni aytish joizki, atrof-muhit va elektr ta‘minoti tizimi o‘zaro ehtimolli tabiatga ega. Ba‘zi maqsadga etish ehtimolligi haqida - kerakli miqdorda va sifat ko‘rsatkichida (kuchlanish, chastota va h.k.) elektr energiyani iste‘molchiga yetkazish – gapirib o‘tish mumkin.
Elektr ta‘minot tizimining ishonchliligi energetika tizimining sifat ko‘rsatkich-laridan biri hisoblanadi. Lekin bu ko‘rsatkich jiddiy ravishda farq qiladi. Masalan, tizimning energiya sifat ko‘rsatkichidan. Agar tizim kerakli ishonchlilikka ega bo‘lmasa, qolgan ko‘rsatkichlar o‘zining amaliy ahamiyatini yo‘qotadi. Chunki ular ekspluatatsiyada to‘liq ishlay olmaydilar.
Elektr ta‘minot tizimi samarador ishlashi uchun miqdoriy ko‘rsatkich sifatida haqiqiy chiqish samaradorligining ideal samaradorlikka nisbati qo‘llaniladi.
Samarador ishlashning miqdoriy bahosi elektr ta‘minoti tizimining ishonchlilik hisobi ahamiyatli natijalardan biri hisoblanadi. Tizim samaradorligining miqdoriy bahosi ishonchlilikning miqdoriy ko‘rsatkichiga tayanishi kerak.
Ushbu fanni o‘zlashtirish uchun ehtimollar nazariyasi yordamida elektr ta‘minoti tizimining ishonchlilik hisoblari asosida qisqacha ma‘lumotlar keltirilgan. Fanni o‘rganish vaqtida misollarni yechish paytida vujudga keladigan barcha savollarga javob bera olmaydi, lekin fanda o‘quvchi uchun asosiy hisob usullari to‘liq keltirilgan.