2-Mavzu: Shaxsiy ijod va ijodiy fikrlash vositalari
Reja:
1.1. Shaxsiy ijod: ta'rifi va ahamiyati
1.2. Kreativ fikrlashda taʼlimning oʻrni qanday?
1.3 Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun samarali
strategiyalar
1.4. Ijodiy fikrlash usullari
Shaxsning
kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-
tuyg`ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‟ladi.
Kreativlik
shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi.
Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa,
kreativlik zehni o‟tkirlikni
belgilab beradi, “talabalar e'tiborini ta'lim
jarayoniga faol jalb etishni ta'minlaydi”. Xorijiy mamlakatlarda barcha
sohalarning mutaxassislari kabi o‟qituvchilar ham o‟zlarida kreativlik
sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi.
Buning uchun
ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan va shaxsning kreativ
tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o‟tadi. Mazkur test shaxs
kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik,
tezkor
fikrlash, o‟ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi
mezonlar bo‟yicha baholash imkoniyatini yaratadi.
Talaba tomonidan
tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu to‟rtta
mezonni qanotlantirishi lozim E.P.Torrens fikricha, “kreativlik”
tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi:
- muammoni yoki ilmiy farazlarni
ilgari surish;
- farazni tekshirish va o‟zgartirish;
- qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;
Kreativ muammo echimini topishda bilim va amaliy harakatlarning
o‟zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta'sirchanlik
Kreativ fikrlash har
bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin.