Masalan, siz kompaniyangiz mahsulotlarining
qanchalik sifatli
yoki sifatsiz ekanini aniqlash uchun bir necha mijoz o‟rtasida so‟rov
o‟tkazasiz. Mijozlarning yarimlari mahsulot haqida salbiy, ayrimlari
ijobiy fikr bildiradi. Mahsulotingiz haqiqatan sifatli yoki sifatsiz ekani
haqida so‟nggi xulosaga kelishdan oldin
fikr bildirgan mijozlarning
aytganlari qanchalik to‟g‟ri yoki noto‟g‟riligini boshqa omillarni
hisobga olgan holda tekshirib chiqishingiz kerak. Ya‟ni, ularning
gaplarini tekshirmasdan to‟g‟ridan-to‟g‟ri
qabul qilishingiz sizning
baholash qobiliyatingiz zaifligidan dalolat beradi.
5-qurol: Tushuntirish
Siz ma‟lumotlarni nafaqat yetkazishni, balki qo‟shimcha
ma‟lumotlar orqali tushuntirishni ham bilishingiz kerak. Chunki sizdan
axborotni qabul qilayotgan odamda tug‟iladigan qo‟shimcha savollarga
ham javob bera olishingiz kerak. Demak, biror masalani o‟rganganda
uni boshqalarga batafsil tushuntirib bera oladigan darajada bilishingiz
kerak.
Masalan, kompaniyada sizning qo‟l ostingizda
ishlaydigan xodim
o‟tgan oy amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi. Siz bu
hisobotni endi rahbaringizga topshirishingiz kerak. O‟tgan oy qilingan
ishlar haqida gapirganingizda qo‟lingizdagi hisobotda mavjud
bo‟lmagan qo‟shimcha ma‟lumotlarga ham ehtiyoj tug‟ilishi mumkin.
Chunki rahbaringiz hisobot bo‟yicha qo‟shimcha
savollar berishi
mumkin. Demak, siz mavzuni to‟liq tushuntirib berishga tayyor
turishingiz kerak.
6-qurol: Imkoniyatingiz chegarasini bilish
Biror ishni amalga oshirishda o‟z imkoniyatlaringiz
chegarasini
hisobga oling va qurbingiz yetmaydigan ishlarni bajarishga urinmang.
Masalan, siz bir kompaniyaga yangi xodim bo‟lib ishga keldingiz
va mijozlardan biri telefon qilib, ko‟rsatilgan xizmat yuzasidan yordam
so‟ramoqda. Siz mijozga yordam berishni va unda yaxshi taassurot
qoldirishni xohlaysiz, ammo u so‟rayotgan masalada hali sizda yetarli
bilim yoki tajriba yo‟q. Bunday holatda muammoning eng yaxshi
yechimi telefonni tajribaliroq boshqa hamkasbingizga berishdir.
Ishonchingiz komil bo‟lmasa, o‟zingiz bilmagan masalada gapirishdan
yoki biror qaror qabul qilishdan ehtiyot bo‟ling.
Dostları ilə paylaş: