2. Sotsiolingvistik metodlar



Yüklə 69,52 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü69,52 Kb.
#205525
  1   2   3   4   5
2. MA\'RUZA


2. Sotsiolingvistik metodlar
1. Sinxron va diaxron sotsiolingvistika
2. Makro va mikro sotsiolingvistika
3. Nazariy va tajribaviy sotsiolingvistika
4. Sotsiolingvistik tadqiqot dasturi.
5. Sotsiolingvistik tadqiqotlar o‘tkazishga tayyorgarlik.


Tayanch so‘z va tushunchalar: sinxron sotsiolingvistika, diaxron sotsiolingvistika, makro sotsiolingvistika, mikro sotsiolingvistika, nazariy sotsiolingvistika, tajribaviy sotsiolingvistika.

Ferdinand de Sossyur davridan boshlab lingvistikada til tadqiqining sinxron va diaxron jihatlari farqlanadi. Shunga ko‘ra, sinxron lingvistika va diaxron lingvistika ajratiladi. Olimlar bunday bo‘linishning shartli ekanligini ta’kidlaydilar, binobarin, tilning u yoki bu holatini tadqiq etishda (sinxron lingvistikaning shug‘ullanish sohasi) uning tarixiy omili(diaxron lingvistikaning o‘rganish predmeti)ni ham hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, aksincha, til tarixining samarali tadqiqi ba’zan tilning u yoki bu davrdagi rivojlanish holatini tavsiflovchi sinxron rivojlanishning muayyan bir paytini qiyoslash yo‘li orqali amalga oshiriladi. Tilni o‘rganishdagi bunday sinxron va diaxron bo‘linish sotsiolingvistikada ham mavjud. Sinxron sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini, diaxron sotsiolingvistika til rivojlanishining jamiyat rivojlanishi bilan aloqasini tavsiflovchi jarayonlarni o‘rganadi.


Sinxron sotsiolingvistika til va jamiyat aloqalariga tegishli munosabatlar va jarayonlarni o‘rganadi. Munosabatlar bu aloqalarning statikasini, jarayonlar esa ularning dinamikasini ifodalaydi.
U yoki bu til egasi muayyan ijtimoiy xususiyatlarga, xususan, ma’lum ta’lim darajasi, kasb-hunar, qadriyatlar yo‘nalishi tizimi va boshqalarga ega. “Til egasi” va “ijtimoiy xususiyatlar egasi” maqomining o‘zaro munosabati zamonda o‘tib boruvchi qandaydir jarayonlar bilan bog‘liq emas. Lekin turli ijtimoiy tabiatga ega bo‘lgan kishilarning tildan foydalanish xususiyatlarini mazkur shart-sharoitlardan tashqarida, nutqiy muloqot jarayonini kuzatish orqaligina tadqiq etish mumkin. Statika dinamika bilan o‘rin almashadi1.
Ko‘p tilli jamiyatda tillar til egalari orasida ularning etnik xosligiga ko‘ra taqsimlanadi: masalan, hozirgi Rossiyada ruslar bilan birga tatarlar, yoqutlar, osetin va boshqa xalqlar ham istiqomat qiladi, ularning har biri o‘z ona tiliga ega. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, tillar va etnoslar orasidagi munosabat bir xil bo‘lmaydi: bir tomondan, ko‘p millat vakillari o‘z ona tilidan tashqari shu jamiyatda keng qo‘llanuvchi boshqa tillardan ham foydalanadilar; boshqa tomondan, shunday tillar borki, masalan, suaxili tili, “bu tilda so‘zlashuvchi tub etnik qatlam yo‘q, chunki Afrikada ona tili suaxili bo‘lgan avtoxton etnosi mavjud emas”2.
Yana bir misol. Qandaydir milliy tilni uning ijtimoiy differensiatsiyasi nuqtayi nazaridan tasvirlashda, odatda, unda muayyan til tizimlari – adabiy til shakllari, hududiy dialektlar, kasbiy va ijtimoiy jargonlar, shahar koynesi va h.k.ning mavjudligi qayd qilinadi. Mazkur til tizimlari bir-biridan ihotalanmagan holda mavjud, ya’ni ular o‘zaro munosabatda bo‘ladi. So‘zlashuvchilar bu til tizimlaridan qanday foydalanadi? Ularning funksional munosabati qanday bo‘ladi? - kabi savollarga javob berilar ekan, tilning ijtimoiy differensiatsiyasini tavsiflovchi statikadan mazkur tilni tarkib toptiruvchi ost tizimlarning vazifalari dinamikasiga o‘tiladi.
Sinxron sotsiolingvistika sohasiga lisoniy ijtimoiylashuv, tilni o‘zlashtirishni ijtimoiy rollar tizimini o‘zlashtirish, “vaziyat grammatikasi” asoslarini bilish va boshqalar bilan bog‘liq holda o‘rganish ham kiradi. Sinxron sotsiolingvistikaning shug‘ullanish sohasi haqida L.B.Nikolskiy, J.Fishman, J. Gampers va D.Hayms tahriri ostida nashr qilingan “Directions in sociolinguistics” (1972)da batafsil ma’lumot berilgan.

Yüklə 69,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin