2. Texnologiya Inteliektual mulk va kapital Asosiy atama va tushunchalar



Yüklə 88 Kb.
səhifə1/3
tarix14.04.2023
ölçüsü88 Kb.
#98061
  1   2   3
6-I.O`.MAVZU


6-Mavzu: G’oyalar iqtisodiyoti
Reja:
1. Inson kapitali
2. Texnologiya
3. Inteliektual mulk va kapital
Asosiy atama va tushunchalar:Inson kapitali va texnologiya. Iqtisodiy o‘sishning sodda, endogen modeli. Ta’lim va endogen iqtisodiy o‘sish. Inteliektual mulk, inteliektual huquq, inteliektual faoliyat, mulk huquqi, inteliektual faoliyat natijalari, inteliektual mulk obyektlari, tovar belgisi, litsenziya, patent, mualliflik huquqi, patent huquqi, turdosh huquqlar, sanoat namunasi, ixtiro, foydali model, litsenziya turlari, royalti, inteliektual mulkni boshqarish.
1. Inson kapitali
Neoklassik nazariyasiga ko‘ra, bunda neoklassik texnologiya va raqobatchilik iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari deb belgilangan. Ammo iqtisodchilar qaysi yo‘l bilan fan-texnika taraqqiyotiga erishiladi. 80-yiIlardan boshlab ko‘pchilik iqtisodchilar iqtisodiy o‘sishning aniq omilini o ‘zlarining izlanishlarini qaratganlar. Natijada «iqtisodiy o‘sishning yangi nazariyasi» yoki «endogen iqtisodiy o‘sish» kabi ishlar qilingan. Albatta bunday ishlar mazmunini bir bobda qisqacha yoritib berish qiyin, shuning uchun izlanish predmetini uchta keng kategoriyaga bo‘lib chiqiladi. Yuqorida aytilganidek mehnat unumdorligi yoki malakasi oshishini faqatgina ularga kiritilgan investitsiya orqali ko‘paytirish mumkin. Bu jarayon ta’lim (bilim) deya yuritiladi, ammo aytib o‘tganimizdek bu jarayonni ishdan uzluksiz ravishda ham olish mumkin. Biz daromadni qisqarib ketish qonuniyatini rad etishimiz mumkin, agar biz bir vaqtning o‘zida investitsiyani inson kapitaliga hamda fizik kapitaliga kiritsak. Bu model doimiy samaradorlikni nazarda tutganligi uchun (fizik va inson kapitallarining yig‘indisidan olinadigan doimiy daromad), unda agar fizik va inson kapitalini ikki barovarga oshirsak, u holda bizda ikki barobar daromad olish imkoniyatlari bo‘ladi.
128
Inson kapitalini yoki malakani oshirishning asosiy omili bo‘lib uzluksiz ravishda olib boriladigan ta’lim tizimi hisoblanadi. Insonlar maktab va boshqa o‘quv muassalarida ta’lim olib ish haqlaridan voz kechganlar deb hisoblaymiz. Chunki agar ular ta’lim olish o‘miga biron-bir korxonada ishlayotganlarida ma’lum bir maosh olgan bo‘lar edilar. Bunday jarayonni iqtisodchilar inson kapitaliga kiritilgan investitsiya deb yuritadilar. Amnio fuqarolarga qanday ta’lim berishni ta’minlash kerak? Boshqacha qilib aytganda iqtisodiy o‘sishni qaysi muqobil yoiini tanlashimiz lozim? Birinchi variantni biz elitizm deb atagan edik: ma’lum bir guruh insonlar yaxshi ma’lumot oladilar, chunki iqtisodiyot rivojlanishi ulaming qay darajada davlatni boshqarishiga bog‘liq. Bu nazariyaga ko‘ra agar yetakchilar yaxshi ma’lumotga ega bo‘lsalar, u holda mamlakat barqaror rivojlanadi deb yuritiladi. Ikkinchi variantni biz universalizm deb atadik: har bir inson minimum bilim olishi kerak. Bu variantning mazmuni, har bir ishchidan iqtisodiy o‘sish yangi texnologiyalami tezkorlikda kiritish kerakligidan iborat. Oxirgi 30 yillar ichida Sharqiy Osiyodagi iqtisodiy o‘sish avval tikuvchilik, keyin soatlar va radiomahsulotlar ishlab chiqarishdan boshlangan. Sifat darajasi bu davlatlarda asta- sekinlik bilan oshib bordi va undan keyin esa bu davlatlar boshqa davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishni boshladilar. Bunday iqtisodiy tizimda har bir ishchi turli xil kasblami egallashi lozim. Shuning uchun bunday sharoitlarda, shunday ta’lim tizimi tuzilishi kerakki, bu ta’lim tizimi ishchilar uchun turli xil kasblami egallashiga ko‘maklashishi kerak. Oxirgi 30 yillar ichida inson kapitalini to‘plash modeli universalizmga asoslangan bo‘lib, u elitizmga asoslangan modelidan ko‘ra afzalroqdir. Jahon mamlakatlari o‘z rivojlanish darajasi bo‘yicha odatda quyidagi bosqichlarda deb hisoblanadilar:
• iqtisodiy rivojlanishning sanoat rivojlanishidan oldinga bosqichida. Bu bosqichda iqtisodiy rivojlanishning asosiy harakat- lantiruvchi kuchi iqtisodiyotning agrar sektori hisoblanadi;
• iqtisodiy rivojlanishning sanoat rivojlanishi bosqichida. Bu bosqich asosini sanoat ishlab chiqarish va fan-texnika taraqqiyoti tashkil etadi;
• iqtisodiy rivojlanishning sanoat rivojlanishidan keyingi bosqichida. Bu bosqichda yuqori fan sig‘imiga ega tarmoqlar, shu jumladan axborot texnologiyalari birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Sanoati rivojlangan jamiyat nazariyasiga ko‘ra, boshlang‘ich bosqichda sanoat sektorining o‘sishi asosan ommaviy ishlab chiqarish hisobiga ta’minlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti yuqori texnologiyali tarmoqlami rivojlantirishni rag‘batlantiradi, ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi xodimlar malakasiga talabni oshiradi. Mehnat jarayonlari mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi natijasida mazkur tarmoqdan bo‘shatilayotgan xodimlar xizmat sohasiga o‘tadilar va jamiyat bosqichma-bosqich sanoat rivojlanishidan keyingi holatga o‘tadi. Sanoati rivojlangan jamiyatida iqtisodiy o‘sish va insonni rivojlantirish xususiyatiga sanoatdagi tarkibiy o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatadi. Jahondagi ko‘pgina mamlakatlaming tajribasi sanoatni rivojlantirish tarkibiy o‘zgarishlaming uch bosqichi orqali ro‘y berishidan dalolat beradi:
1. Mehnat sarfi yuqori bo ‘Igan ishlab chiqarishni rivojlantirish. Ushbu jarayon, bir tarafdan, ish haqi darajasi past bo‘lishini nazarda tutadi, bu o‘z navbatida oilalaming daromadiga va insonni rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchi tomondan, ish joylari sonining ko‘paytirilishi ish bilan bandlikni rag‘batlantiradi. Bu aholi soni barqaror yuqori darajada ko‘payib boradigan hamda fan va texnologiya yetarli darajada rivojlanmagan ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xosdir. Ayni paytda ko‘p mehnat sarfi talab qiladigan tarmoqlaming ustuvorligi insonni rivojlantirish darajasini mutanosib taqsimlash muammosini hal etishga yordam beradi. 2. Kapital sig'imi yuqori boigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish ish haqi va daromad darajasi yuqoriroq bo‘lishini ta’minlaydi, bu esa insonni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ayni paytda bunday rivojlanishda ushbu ishlab chiqarishlardagi kapitalning ulushi ish kuchi salmog‘idan yuqori bo‘ladi. Bu esa ish bilan bandlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
3. Fan sig'imi yuqori bo‘Igan ishlab chiqarish yuqori kapital sig‘imi xususiyatiga egadir. Yuqori mehnat unumdorligi va rentabellik insonni rivojlantirish salohiyatini sezilarli darajada oshirishni ta’minlaydi.
Dastlabki paytda inson kapitali deganda odamlaming mehnatga bo‘lgan qobiliyati — ta’lim va kasb ko‘nikmalariga investitsiyalar jamlanmasi tushunilgan. Keyinchalik inson kapitali tushunchasi jiddiy ravishda kengaydi. Jahon banki ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan eng so‘ngi hisob-kitoblarda inson kapitaliga iste’mol xarajatlari - oilalaming ovqatianishi, kiyim-kechak, turar joy, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyatga va hokazolarga sarflar, shuningdek davlatning bu maqsadlar uchun xarajatlari kiritilgan. Yuqorida qayd etilganlar umumlashtiradigan boisa, inson kapitali tor ma’noda - bu insonning intellekti, sogiigi, bilimi, sifatli va unumli mehnati hamda uning turmush sifatidir. Keng ma’nodagi inson kapitali - bu iqtisodiy rivojlanishning intensiv ishlab chiqarish omili, jamiyat va oilani rivojlantirish, mehnat resurslarining bilimli qismi, inteliektual va boshqaruv mehnati, yashash va ish joyi muhitidir. Ular inson kapitalini rivojlantirishning ishlab chiqarish omili sifatida samarali va oqilona amal etishini ta’minlashi kerak. Inson kapitali nazariyasiga muvofiq odamlar o‘zlariga investitsiya kiritib, imkoniyatlarini kengaytirishlari, davlat esa inson kapitalini boyitish uchun mablag‘ sarflab, milliy daromadni ko‘paytirishi mumkin. Bunday investitsiyalaming samaradorligi sarf qilingan mablagiarning mehnat unumdorligi ortishi va ish haqi ko‘payishi orqali qoplanishida o‘z ifodasini topadi. Umuman, keng manodagi kapital deyilganda to‘planadigan, ishlab chiqarishda foydalaniladigan va daromad keltiradigan ijtimoiy boylikning barcha uslublari nazarda tutiladi. Bu T. Shuls fikriga ko‘ra, kapitalni: inson kapitali va ashyoviy kapitalga izchil taqsimlash imkonini beradi. Inson kapitali konsepsiyasiga toiiqroq aniqlik kiritish uchun jismoniy va inson kapitali o‘rtasidagi farqni ajratish talab etiladi. Kapitalning bu ikki turi muayyan darajada, ayniqsa kelajakda foyda Teodor Uilyam Shuls ( Theodore William Schultz, 1902—yil 30-aprel, Arlington —1998 -yil 26fevral, Ivanston, AQSh) — amerikalik iqtisodchi, “rivojlanayotgan mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanish muammolari tadqiqotlari uchun” 1979-yilgi Nobel mukofoti laureati. Asosiy asarlari: “Jahon uchun oziq-ovqat” (“Food for the World”, 1945); “An’anaviy agrar sohasining transformatsiyasi” (“Transforming Traditional Agriculture”, 1964). 55 Shultz T Human Capital, family planning and their etfects on population growth // American Economic Review. -1994. -May P.45.
topgan daromaddan o‘rta ma’lumotga ega xodimlamiki ayriladi. Ta’limga chiqimlar ham ta’lim olish uchun bevosita xarajatlar, ham muqobil chiqimlar - o‘qish davrida boy berilgan daromadlardir. Uning hisoblab chiqishicha, ta’limga investitsiyalar yiliga taxminan 12,0 - 14,0 % miqdorida foyda keltiradi. Mazkur tadqiqotlaming amaliy ahamiyati shundan iboratki, G. Bekker inson kapitaliga investitsiyalar rentabelligining miqdorini aniqladi va uni AQSH dagi ko‘pgina flrmalaming rentabelligi bilan taqqosladi. Xususiy ta’lim muassasalari sonining ko‘payishi, qisqa muddatli seminarlar va maxsus kurslar tashkil etadigan konsalting firmalari faoliyatining kengayishi natijasida ta’lim faoliyatining xususiy sektordagi rentabellik darajasi tijorat faoliyatining boshqa turlari rentabelligi darajasidan 10,0 - 15,0 % ortiq ekanligini ko‘rsatdi36. Jamlanma ishlab chiqarish tarkibida alohida inson kapitali kategoriyasini ajratib ko‘rsatish uni aniqroq tarkibiy tahlil qilish imkonini beradi (2.8-rasm). Amerikalik iqtisodchi I. Ben-Poratning tasniflashiga ko‘ra, inson kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 1) inson kapitalini yaratishda ishtirok etayotgan odamlaming sifat xususiyatlari va qobiliyati; 2) bozorda taklif etilayotgan hamda boshqa ashyoviylar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga kiritilgan kapital qismi37.
36 Беккер Г Человеческое поведение: экономический подход. Избранные труды по экономической теории / Пер. с англ., состнаучи ред., послес. Капелнюшников Р.И. -М.: ГУ ВШЭ, 2003,- С. 121. 37 Ben-Porath. The Production of Human Capital and the Life Cycle of Earnings - N.Y.; -L, 1970 - P .49.
G.Bekker tomonidan, shuningdek “maxsus inson kapitali” tushunchasi ham muomalaga kiritilgan. Bu kategoriya “umumiy inson kapitalidan” farqli ravishda maxsus tayyorgalik natijasida egallangan hamda faqat o‘zining korxonasi uchun ishlab chiqarishda manfaat keltiradigan bilimlar va ko‘nikmalar jamlanmasidir. S. Fisher: “Inson kapitali insonda mujassamlashgan daromad keltirish qobiliyati mezonidir. Inson kapitali tug‘ma qobiliyat va iste’dod, shuningdek olingan ta’lim va malakadan iborat”38 deb ko‘rsatgan. Ayrim olimlar inson kapitali tarkibiga uning egasining ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish imkoni nuqtai nazaridan yondashadilar. Jumladan O. Nordxoug quyidagilami ta’kidlaydi: “Tahlil etish nuqtai nazaridan, bir tarafdan, xodimlaming sog‘lig‘i va malakasini, ikkinchi tomondan, ulaming motivatsiyasi va firmaga sodiqligini farqlash foydalidir. Dastlabki ikki unsur alohida bir xodimning topshiriqni bajarish, ya’ni mehnat qilish bo‘yicha asosiy qobiliyatini tashkil etadi. Inson kapitalining keyingi ikki unsuri esa mazkur xodim o‘z malakasiga ko‘ra, ishda qanday faoliyat olib borishini aks ettiradi. Qobiliyat va xohish birgalikda mazkur xodimning mehnatga qobiliyatini shakllantiradi”39. I.V. Uinskiy inson kapitali ta’lim kapitali, sog‘liq kapitali va madaniyat kapitalida iborat deb hisoblaydi40. Inson kapitali tarkibini kengroq tahlil etish uchun funksiyaviy yondashuv prinsipini hisobga olish lozim. Funksiyaviy yondashuvning metodologik prinsipi hodisani faqat uning ichki tarkibi bo‘yicha emas, balki uning funksiyaviy maqsadi, pirovard foydalanish maqsadi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishni talab etadi. Rossiyalik iqtisodchi S.A. Dyatlov ushbu prinsip bo‘yicha inson kapitali investitsiyalar natijasida shakllantirilgan va inson tomonidan jamlangan sog‘lik, bilimlar, ko‘nikmalar, qobiliyat, motivatsiyaning muayyan zaxirasidir degan fikmi bildiradi. Bu zaxira ijtimoiy ishlab chiqarishning u yoki bu sohasida maqsadga muvofiq foydalanar ekan, mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi, bu bilan mazkur insonning ish haqi (daromadi) ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatadi4’. V.T. Smimov va I.V. Skoblyakova esa inson kapitalini alohida inson, alohida korxona yoki korxonalar gumhi darajasida baholash lozimligini ko‘rsatadilar.
Фишер С .Дорнбуга P., Шмалензи P Экономическая теория — М., Юнити, 2002. - С 21 39 Nordhoug О. Human Capital in Organizations: Competence, Training and Learning. - Oslo.: Scandinavian University Press, 1993. - P.52. 40 Илинский И В Инвестиции в будущее: образование в инвестиционном воспроизводстве - СПб.: СПбУЭФ, 1996. - С. 127 41 Дятлов С.А. Теория человеческого капитала: Учебное пособие — СПб : СПбУЭФ, 1996 - С 72 42 Смирнов ВТ., Скоблякова ИВ. Классификация и виды человеческого капитала в инновационной экономике -СПб : Проспект, 2001 - С 2003.
Inson kapitalini tahlil etish va ular turlariga turlicha yondashuvlami umumlashtirish bu iqtisodiy kategoriyani 2.7-rasmda aks ettirilgandek tassavur etish imkonini beradi:
1. Madaniy-ahloqiy kapital. Xodimning obro‘si, firmaning nufuzi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari kabi juda muhimdir. Ma’suliyat, halollik, va’daning ustidan chiqish amaliy munosabatlarda nihoyatda qadrlanadi. Sotsiologiya fanlari doirasida madaniy-ahloqiy kapital intellektual qobiliyat, bilim, maxorat, ko‘nikmalar, ahloqiy sifatlar, malaka jamlanmasini ifoda etadi.
2. Salomatlik (biofizik) kapitali. Jismoniy kuch, chidamlilik, ishchanlik, mehnat faoliyatining davomiyligi har bir inson uchun har qanday ishlab chiqarish faoliyatida juda muhimdir. Salomatlik kapitali inson kapitalining ajralmas qismi bo‘lib, unga investitsiyalar kiritish xodimlar kasallanishining kamayishi hisobiga mehnat qobiliyatini saqlab qolishda o‘z ifodasini topadi.
3. Mehnat kapitali. Mehnat qanchalik murakkab bo‘lsa, xodimning malakasi, bilimi, tajribasi, va ma’suliyatiga talab ham shu qadar yuqori boiadi. Malakali mehnat oddiy mehnatga qaraganda samaraliroqdir, shuning uchun unga yuqoriroq xaq to‘lanish i kerak. Korxonalarda mehnat kapitali malakali xodimlaming mehnatida mujassam bo‘Iib, ulaming salmog‘i qo‘llanilayotgan texnologiyaga bogiiqdir.
4. Ta’lim kapitali. U tajriba, mehnat ko‘nikmalari va eng muhimi bilim to‘planishi natijasida butun hayot davomida shakllanib boradi. Ta’lim malakali xodimlami takror hosil qilishning asosiy vositasi hisoblanadi.
5. Inteliektual kapital. Inteliektual faoliyatning mahsuloti muallifning mutlaq mulki sifatida mualliflik huquqi bilan patentlanadi va mustahkamlanadi. Bu kapitaldan iqtisodiyotda qanday foydalanish yo‘nalishlarini va shakllarini belgilash huquqi muallifga tegishlidir. Inteliektual mulk obyektlari xo‘jalik aylanmasiga korxonalaming moddiy aktivlari sifatida jalb etiladi hamda ulaming, shuningdek ushbu aktiv egalarming daromadlarmi ko‘paytiradi. 6. Tashkiliy-tadbirkorlik kapitali. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish yoki korxona personalini boshqarish uchun tashkilotchilik qobiliyati, yuksak mas’uliyat, ishbilarmorlik, yangilikka intilish, tejamkorlik, iroda, oqilona tavakkalchilik qilish talab qilinadi. Ana shu kapital — nou-xau, tijorat sirlariga ega boiish ulami tashkiliy- tadbirkorlik kapitaliga aylantirish imkonini beradi. Ishbilarmonlik darajasi xususiy va nazorat qilinadigan kapital miqdorida o‘z ifodasini topadi. Bu esa kichik, o‘rta va yirik biznesni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Yuqorida qayd qilingan inson kapitalining turlari mazkur iqtisodiy kategoriyaning ajratib berilmaydigan turlariga taaluqlidir. Ajratib beriladigan inson kapitali turlariga esa quyidagilar kiradi: • ijtimoiy-madaniy inson kapitali. Bu kapital xodimlar madaniy sifatlari va qobiliyatlarining integratsiyalashishi va kooperatsiya- lashishini, ijtimoiy takror hosil qilish tarkibida doimiy axborot, ilmiy, ta’lim, texnologik oqimlar mavjud bo‘lishini aks ettiradi; • sotsial kapital. Sotsial normalar, ishonch va hokazolar uning unsurlari hisoblanadi. Sotsial kapital har bir iqtisodiy subyekt u yoki bu tarzda ijtimoiy munosabatlar tizimiga integratsiya qilinganligi bilan bog‘liqdir. Inson kapitalining ushbu turi qator o‘ziga xos xususiyat- larga egadir: birinchidan, bu hamisha tashkillashtirilgan o‘zaro munosabatlar mahsulidir, shuning uchun shaxsiy emas, balki ijtimoiy shaklga egadir; ikkinchidan, sotsial kapital tashkiliy-ijtimoiy tizim amal etishining unsuri sifatida xususiy mulk boMishi mumkin emas, ya’ni ijtimoiy ne’mat hisoblanadi. A.I. Merko sotsial kapital axborot, g‘oyalar, ishonch, koope- ratsiya, hissiy qo‘Ilab-quvvatlash va tashkiliy darajaning boshqa unsurlarini qamrab olgan deb hisoblaydi. Bundan kelib chiqqan holda u ijtimoiy kapitalning ikki darajasini ajratib ko‘rsatadi
1. Tarkibiy kapital - bu xo‘jalik yurutuvchi subyektning bozorning o‘zgarib boradigan kon’yunkturasiga moslashgan hamda buni korxona uchun manfaatli yo‘nalishga qaratgan holda o‘z tashkiliy tuzilmasini boshqarish qobiliyatidir Hozirgi davr iqtisodiyotida firmalar ish ko‘radigan raqobat muhiti innovatsiyalar ta’siri ostida muttassil o‘zgarib turadi. Bunday o‘zgarishlaming yuqori sur’ati korxona muvafFaqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni murakkablashtiradi. Ana shunday sharoitlardan biri - korxonada salmoqli darajada tarkibiy kapital mavjud bo‘lishidir.
2. Tashkiliy kapital. Mohiyat jihatidan bu xo‘jalik yuritishning tizimga solish malakasi hamda tashkiliy imkoniyatlardir. Tashkiliy kapital quyidagilami qamrab oladi: innovatsiyalar kapitali - ularga muhofaza qilgan tijorat huquqlari, intellektual mulk hamda boshqa nomoddiy aktivlar va firmani yangilanishga qodirligini ta’minlaydigan qadriyatlar kiradi; jarayonlar kapitali - ularga, masalan, ishlab chiqarish, mahsulotni sotish, maxsulot sotishdan so‘ng servis xizmati ko‘rsatish tizimlarini, ya’ni ular natijasida mahsulot qiymatini shakllantiradigan kapitalni kiritish mumkin. Shu bilan birgalikda mijozlar kapitali (brend-kapital) ham farqlanadi. Mijozlar kapitaliga ega bo‘lgan korxona faoliyatini mahsulot yoki xizmatdan foydalanuvchini “iste’mol qiymatini birgalikda yaratish va takomillashtirishga jalb etish” korxonasi deb atash mum- kin. Bunda xaridor korxona tomonidan yaratilgan barcha mahsulotlar va xizmatlaming oliy hakami vazifasini bajaradi45. Inson kapitalining yuqorida qayd qilingan tarkibi mazkur iqtisodiy kategoriya insonning o‘zi serqirra ekanligi bilan izohlanadi. Ishlab chiqarish kapitali doirasidagi ashyoviy va inson kapitali yaxlitligi va ajralmasligiga qaramasdan inson kapitali tobora mavqeyi ortib, yetakchi ro‘l o‘ynamoqda. Bevosita inson kapitali iste’mol qilinayot- gan jismoniy kapitalning tovarlardagi qiymatini saqlab turadi hamda ish kuchi qiymatini qoplaydigan va kapital egalariga foyda keltiradigan yangi qiymat yaratadi. Professor q.X. Abdurahmonovning fikricha, “Inson kapitalini ahamiyati tabiiy resurslar, moddiy boylik va vositalarga qaraganda yuqoriroqdir”46. Shuning uchun inson kapitali iqtisodiy o‘sish va samaradorlikning asosiy omilidir. Inson kapitalining iqtisodiy kategoriyasi sifatidagi tushunchasi jahon axborot hamjamiyati va “bilimlar iqtisodiyoti” rivojlanishi bilan birgalikda muntazam ravishda kengayib bormoqda. Hozirgi davrda inson kapitali intellektual va boshqaruv mehnatini, yashash va mehnat faoliyati muhitini qamrab oladigan iqtisodiyotni, jamiyat va oilani rivojlantirishning intensiv ishlab chiqarish omilidir. Bu inson kapitalini rivojlantirishning ishlab chiqaruvchi omili sifatida samarali va oqilona amal etishini ta’minlaydi47. Inson kapitali nazariyasiga muvofiq, inson kapitalining to‘planishi turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Ulaming eng asosiylari ta’lim olish hamda kasbiy tayyorgarlik davomida qobiliyatlami rivojlantirish asosida kapitalni to‘plashdir. Odatda bu qatordan oiladagi tarbiya ham o‘rin oladi. Shu bilan birga kapitalni to‘plashning boshqa shakllari ham mavjuddir. 0 ‘z sog‘lig‘i to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish (investitsiya kiritish), migratsiya, iqtisodiyot, mehnat bozori amal etishi to‘g‘risida axborot olish hamda insonning inteliektual va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishni, bu qobiliyatlardan foydalanish mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatini ta’minlaydigan boshqa shakllar shular jumlasidandir. Inson kapitalining shakllanishi manbalaridan (davlat, oila, xususiy shaxslar va boshqalar) qat’i nazar undan foydalanish va bevosita daromad olish insonning o‘zi tomonidan nazorat qilinadi. Alohida shaxsning inson kapitali uning salomatligi, sog‘lig‘i, qobiliyati, bilimi va ko'nikmalaridan iboratdir. “Insonning qiymati” uning hayoti bosqichlarida ortib boradi, bu qiymatdan mehnat unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladi, ayni paytda shaxsiy kapital daromadlarini ko‘paytiradi va insonni o‘z qobiliyatini yanada oshirishga shaxsiy investitsiyalar kiritishga rag‘batlantiradi. Korxonaning inson kapitalida hozirgi vaqtda savdo belgisi, personal va yangi texnologiyalar sifatidagi nomoddiy aktivlar alohida rol o‘ynaydi. Bu kapitalga, shuningdek shaxsiy inson kapitali aktivlarini (litsenziyalar, patentlar, mualliflik guvohnomalari), firmaning nomoddiy aktivlarini (tovar belgilari) tashkiliy kapital, tarkibiy, kapital, brend-kapital va ijtimoiy kapitalini kiritish mumkin. Milliy inson kapitali ijtimoiy, siyosiy kapitalni, milliy inteliektual ustuvorliklarni, milliy raqobat ustunliklarini va millatning tabiiy salohiyatini qamrab oladi. Milliy inson kapitali har bir rivojlanayotgan mamlakat milliy boyligining yarmidan ko‘prog‘ini, jahonning taraqqiy etgan davlatlarida esa 70,0-80,0 % dan ortig‘ini tashkil etadi. 0 ‘mi kelganda inson kapitali nazariyasida ham amaliy, ham nazariy darajada qator bahsli masalalar mavjudligini ham ko‘rsatish lozim. Nazariyaga ko‘ra har bir shaxs inson kapitaliga kiritilgan investitsiyalar kelgusida ish haqi ortishi hisobiga qoplanishini to‘g‘ri baholaydi deb hisoblanadi. Ammo bunda muayyan ko'nikma va kasblarga ega bo‘lganda, ish haqi miqdoriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin boigan juda ko'pgina iqtisodiy va hatto siyosiy omillar hisobga olinmaydi. Ikkinchi muammo inson kapitali nazariyasining empirik ahamiyati bilan bog‘liqdir. Ayrim tadqiqotchilar ta’lim sohasi kabi inson kapitaliga xarajatlar odamlar ish haqi miqdori o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini isbotlagan. Agar motivatsiya kabi omillar hisobga olinmaydigan boisa inson kapitalga investitsiyalar kiritilishining kelgusida o‘zini qoplashiga ortiqcha baho berib yuborilishi mumkin. Odatda faqat ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida kiritila- digan investitsiyalar shaklidagi jismoniy kapitaldan farqli ravishda inson kapitaliga investitsiyalar qisman samarasiz foydalanilishi mumkin. Shuning uchun bu xarajatlaming hammasini investit- siyalarga kiritib ham bo‘lmaydi. Masalan, tarix, tasviriy san’at va adabiyot bilan shug‘ullanadigan studentlarning ko‘pchiligi buni o‘z mehnati samaradorligini oshirish maqsadida qilmaydi. Bu kabi masalalar inson kapitaliga kiritilgan mablag‘larning qiymati va ulaming qoplanishini hisoblab chiqishni murakkablashtiradi. Shu bilan bir qatorda har qanday investitsiyalar bozori kabi inson kapitali bozori ham kamchiliklardan holi emas: • ish kuchining nisbatan erkin harakatlanishi ish beruvchilarni ish kuchini rivojlantirishga mablag‘ sarflashga intilishlarini kamaytiradi; • ayniqsa yoshlar o'rtasida ta’limning qimmati to‘g‘risidagi axborot yetishmasligi inson kapitaliga yetarli boMmagan darajada yoki noto‘g‘ri investitsiya kiritilishiga olib keladi; • aholining kattagina qismida o‘ziga investitsiya kiritish uchun mablag‘ yetishmaydi. Inson kapitaliga investitsiyalar bozorining bu va ayrim boshqa kamchiliklari sababli bozor mexanizmlari o‘z-o‘zidan buni eng maqbul tarzda tartibga soladi, degan fikrga olib kelmasligi kerak. Shuning uchun ham davlatning inson kapitaliga investitsiyalar kiritishda bevosita ishtirok etishi nihoyatda muhimdir. Bunday yondashuvning alohida muhimligini Jahon bankining tadqiqotlari isbotlab turibdi. Jahon banki ekspertlari 192 mamlakatda amalga oshirgan tadqiqotlari natijasida quyidagi xulosalarga kelgan: • iqtisodiy o‘sish umumiy miqdorining 64,0% dan ko‘prog‘i inson kapitali bilan bog‘liqdir; • mamlakatning tabiiy resurslari iqtisodiy o‘sish umumiy miqdorining faqat 20,0% gacha bo‘lgan qismini ta’minlaydi; • o‘tish iqtisodiyotiga ega davlatlarda mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati iqtisodiy o‘sish umumiy miqdorining faqat 16,0 % ni ta’minlaydi. Ushbu dalillar hozirgi davr jamiyatida inson kapitalining roli va ahamiyatini yaqqol ko‘rsatib turibdi.



Yüklə 88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin