O`qish mashg`ulotining maqsadi: Kolloid kimе prеdmеti. Kolloid eritmalarni tuzilishini, xossalarini o`rgatish. Kumush va tеmir III girozollarini olishni o`rgatish.
Ta'lim vositalari: - Darslik, o`quv qo`llanma, mashg`ulot rеjasi, plakatlar,
titrlash kolbasi, silindr, distillangan suv
FeCl3, 0,1% AgNO3, tannin
Ishga tayyorlanish mobaynida darsliklardan va ma`ruza matnlari asosida quyidagi savollarga javoblarni o‘qib chiqish talab etiladi:
Dispers va kolloid sistemalarning klassifikatsiyasi. Kolloid eritmalarni (liozollarni) olinish usullari va olish sharoitlari. Kolloid eritmalarni tozalash usullari. Dializ, elektrodializ va ultrafiltratsiya. Kolloid eritmalarining molekulyar-kinetik (diffuziya, sedimentatsiya, broun harakati ta`sirida bo‘lishi) va optik (Faradey - Tindal konusi, ya`ni nurning tarqalishi, ultramikroskopiya) xossalari. Peptizatsiya, uning turlari va bu protsessning mexanizmi.
1.-topshiriq. Quyidaga moddalar asosida kolloid eritmalar oling va ularning xossalarini o‘rganing: kanifol, kumush, temir (III) gidroksid, berlin lazuri. Tindal konu-si, o‘tayotgan va qaytayotgan nurlarning rangi va tovlanishi orqali ularni xossalarini ko‘rsating.
topshiriq. Qanday usullar bilan kolloid eritmalar olinishini tushuntiring; temir
(III) gidroksid, kumush, berlin lazuri gidrozollarining mitsellalari formulasini yozing va ular uchun elektrolit - stabilizator sifatida nima olinishini ko‘rsating. 3.–topshiriq. Temir (III) gidrooksid cho‘kmasini elektrolitlar eritmasi bilan peptizatsiya qiling.
Izoh: Ishni rasmiylashtirish uchun 2-jadval tavsiya etiladi.
2-jadval