O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI ‘TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI.
Toshkent-2022 3 – amaliy ish Mavzu: Dasturiy vositalar uchun loyihalashni amalga oshirish. Ishdan maqsad: Dasturiy vositalar uchun loyiha ishlab chiqish ko ‘nikmasini shakllantirish.
Nazariy qism Dasturiy ta'minot loyihasi - bu foydalanuvchi talablarini biron- bir mos shaklga aylantirish jarayoni bo'lib, bu dasturchiga dasturni kodlash va amalga oshirishda yordam beradi.
Modellashning predmet sohasi ma’lumotlar tuzilmasi va biznes-logikasi qoidalarini o‘z ichiga oladi.
Yaratilayotgan dastuiriy vositaning sinfiga bog‘liq xolda uni loyihalashda turli avtomatlashtirilgan vositalardan foydalaniladi yoki to‘liq inson faktori yordamida amalga oshiriladi. Dasturiy vositani loyihalash jarayonida louiha hususiyatlarini ifoda etish maqsadida blok-sxemadan, ER-diagrammalardan, UML-diagrammalardan, DFD-diagrammalardan va turli maketlardan foydalanish mumkin.
Loyihalash odatda quyidagilarga bog ‘liq:
Foydalanuvchi talablarini baholash uchun dasturiy ta’minotga talablar hujjati yaratiladi, lekin kodlash va amalga oshirish uchun dasturiy ta’minot nuqtai nazaridan aniqroq va batafsil talablar zarur bo’ladi.
Dasturiy ta’minotni loyihalash o‘zida quyidagilarni mujassamlashtiradi: - yechim strategiyasi va metodini tanlash;
- ichki ma'lumotni taqdim etish usulini tanlash;
- asosiy algoritmni ishlab chiqish;
- dasturiy ta'minotni hujjatlashtirish;
- testlash va testlarni tanlash;
- chiquvchi ma'lumotni taqdim etishni tanlash.
Dasturiy mahsulotni loyihalashda quyidagi prinsiplar to'plamidan foydalanish tavfsiya etiladi: - loyihalash jarayoni “tunel ko‘rinish”da bo‘lmasligi kerak. Yaxshi loyihachi muammo talablariga ko‘ra alternativ yondashishlarni ko‘rib chiqishi kerak.
- loyihani tahlil qilish imkoniyati mavjud bo‘lishi. Loyihalashda bir element juda ko‘p elementga ta’sir qilishi bois ularni tahlil qilish yoki kuzatish imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak.
- loyihalashda “g‘ildirak qayta yaratilmasligi” shart. Loyihalashda mavjud bo‘lgan shablonlarni qayta “kashf” etmaslik zarur. Chunki vaqt va resurs sarfi cheklangan.
- loyihalash odatda muammo va dasturiy ta'minot orasidagi “intelektual masofani” kamaytirishi shart.
- loyihalash bir xillik va integrasiyani ko‘rsatishi shart.
- loyihalash o‘zgarishlar bo‘lishini hisobga olgan holda amalga oshirilishi shart.
- turli kutilmagan hodisalar, noto‘g‘ri ma'lumotlarga duch kelinganda ham loyihalash jiddiy o‘zgarishga uchramaydigan qilib qurilishi shart.
- loyihalash bu – kodlash emas, kodlash esa – loyihalash emas.
- loyihalash yaratilishi bilanoq sifatga tekshirilishi shart.
- loyihalashda imkoni boricha semantik xatoliklarni kamaytirishga harakat qilish shart.
Dasturiy ta'minot qismining loyihasida e’tibor berish kerak bo‘lgan ko‘plab omillar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati quyida keltirilgan:
- Muvofiqlik – dasturiy ta’minot boshqa dasturiy ta’minotlar bilan ishlay olish qobilyatiga ega bo‘lishi. Masalan, dasturiy mahsulotning bir qismi uning oldingi versiyasi bilan mos kelishi.
- Elastiklik – loyihada o‘zgartirishni amalga oshirish arxitekturani jiddiy o‘zgartirmagan holda amalga oshirilishi shart.
- Modullilik – natijaviy dasturiy ta’minot tushunishga qulay tarzda qismlarga ajratilgan ko‘rinishda bo‘lishi shart.
- Buzilishga bardoshli – loyixalash komponent buzilganda bardoshli va qayta tiklanuvchan bo‘lishi talab etiladi.
- Ishlash qobilyatini madadlash – baglarni osonlik bilan tuzatish yoki funksional o‘zgarishlarni bartaraf etish.
- Ishonchlilik (dasturiy ta’minotning chidamligi) – dasturiy ta’minot berilgan vazifalarni belgilangan vaqtda bajarilishi shart.
- Qayta foydalanish – biror loyiha uchun undan oldingi loyihadan qisman foydalanish imkoniyati mavjudligi.
- Xavfsizlik – dasturiy ta’minot turli buzg‘unchi harakatlarga qarshi tura olishi shart.