3 I. Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqining rivojlanishng o`ziga xosligi



Yüklə 63,37 Kb.
səhifə1/7
tarix27.06.2022
ölçüsü63,37 Kb.
#62385
  1   2   3   4   5   6   7
Bog\'lanishning nutq va uni maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga(1)


M U N D A R I J A:

KIRISH…………………………………………………..……..………..............3
I. BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqining rivojlanishng o`ziga xosligi
1.1 Bolalar nutqining rivojlanishi va muammoni maxsus adabiyotlarda o’rganilish holati…………………………..............................................................................8
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqining o’ziga xos xususiyatlari……...................................................................................................11
II. BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqini rivojlantirish boʻyicha olib boriladigan logopedik-korresion ishlar mazmuni
2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqini o’rganish metodikasi……………………………………………………………...................22
2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqini logopedik - korreksion ishlarning bosqichlari va omillari………………………………………………30
XULOSA………..……………………………………………………………...35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ………………………37

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Jamiyatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o’zgarishlar yuz berayotgan bir vaqtda vatan ravnaqini ko’zlash maqsadida asosiy e’tibor yoshlarning aqliy, ahloqiy, jismoniy barkamoligiga demak, har tomonlama yetuk, sog’lom avlodni o’stirishga qaratilyapti.Yurtboshimiz aytganlaridek, «Kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilishi bizning milliy xususiyatimizdir. Farzandlari sog’lom yurt, qudratli bo’ladi, qudratli yurtning farzandlari sog’lom bo’ladi.» Sog’lom avlodni barkamol shaxs qilib shakllantirish g’oyatda ma’suliyatli vazifa, shu bilan birga insonparvar siyosat natijasidir.


Mavzuning o’rganganlik darajasi: Istiqlol yillarida ta’lim sohasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ko’lami va salmog’I bunga misoldir. Qisqa fursat ichida ta’lim rivoji yo’lida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar, keng ko’lami o’zgarishlar zamirida hukumatimizning mazkur sohaga nisbatan yuksak e’tibori mujassamdir. Ta’limni isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan xukumat qarorlarining negizida barkamol avlod tarbiyasi asosiy vazifa sifatida qaralmoqda. Bu narsa o’z navbatida milliy g’oya tarbiyasining muhim qismi hisoblanadi.
Umumiy dunyoqarashni belgilab beruvchi faol hayotiy pozitsiya ko’nikmasi yetarli darajada shakllantirilsa, mustaqil davlatning talab va ehtiyojlariga mos keladigan komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish muammosi to’liq hal bo’lmaydi. Milliy istiqlol g’oyalari va tamoyillariga asoslangan holda jamiyatimizning mustaqillik yillarida kuzatilayotgan taraqqiyot tajribasi davomida, ijtimoiy hayotning muhim tarkibiy qismi sifatida barcha sohalar qatorida ta’lim – tarbiya jarayoni va uning mazmuni ham tubdan o’zgaradi.
Respublikamiz hukumati tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy islohatlarda yosh avlodning tarbiyasi, xususan uning oilaviy tarbiyasiga munosib omil sifatida qaraladi.
Mamlakatimizda bugungi kunda yurtboshimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbuslari bilan har bir soxaga aloxida e’tibor berilmoqda. Jumladan aholi salomatligini mustahkamlash ,barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga ayniqsa jiddiy e’tibor qaratildi. Fikrimizni dalili sifatida aytish mumkunki, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktablardagi ta’lim sifati hamda sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan prezidentimizning yangi qarorlari qabul qilindi. Yaniy zarur mutaxasislarga bo’lgan talabni to’g’ri aniqlashni tanqidiy taxlil qilindi.2 Bu oliyjanob maqsad yo’lida qilingan ulkan ishlar bolalarimizning sog’lom tug’ilishi va ulg’ayishi, onalik va bolalikni muxofaza qilish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ta’lim tizimini takomillashtirirish,vatanimiz ravnaqi uchun qilinayotgan keng ko’lamli islohotlardir.
Prezidentimiz o’z fikrini davom ettirar ekan. «Hech shubha yo’q, sog’lom avlod orzusi ajdodlarimizdan bizgacha o’tib kelayotgan, qon – qonimizga singib ketgan muqaddas intilishdir. Agar ota – bobolarimizning turmush tarziga tafakkuriga nazar solsak, ular nasl – nasab, yeti pushtning tozaligiga, avlodning sog’lig’iga juda katta e’tibor berganini ko’ramiz. Sog’lom bolaning tug’ilishi eng avvalo onaning sog’ligiga bog’liq» – deydi.
Darhaqiqat sog’om bola sog’lom onadan, sog’lom oilada tug’iladi. Shaxs ijtimoiy hayotning shaxslararo munosabati mahsum ekan, u albatta o’zini o’rab turgan muhitning ta’sirida rivojlanadi. Nogiron bolalarni tarbiyalash va o’qitish masalalari xalq ta’limi tizimida jiddiy o’rin egallaydi.
Sog’lom avlodni tarbiyalash – buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish demakdir. Biz tarixan qisqa vaqt ichida boshqa sohalarda bo’lgani kabi bu boradagi maqsad va burchimizni yaxshi anglab oldik.
Sog’lom avlod orzusi ming yillar davomida ajdodlarimizdan o’tib kelayotgan oilamiz, hayotimiz, intilishlarimiz mohiyati asosiga aylanib ketgan millatimizga xos ezgu qadriyatlarimizdan biridir.
Bola komil inson bo’lib shakllanishida nutqning mukammal rivojlanishining ahamiyati katta O’zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgach, aholi salomatligini muhofaza qilishga, nogironlikni oldini olishga va nogironlarning jamiyatning teng huquqli a`zolari sifatida uyg’unlashib ketishi uchun qulay pedagogik shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ko’plab ijtimoiy tadbirlar amalga oshirildi. Shu nuqtai nazardan qaraganda hozirgi kun talabi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar shaxsini shakllantirish, ta’limning tarbiya berishda maxsus bog’cha tarbiyachisining defektolog logopedlar zimmasiga katta ma’suliyat yuklamoqda.O’zbekiston kelajagi buyuk davlat. Xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch va osoyishta xayot kechirayotgan, avvalambor o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib,demokratik davlat va fuqorolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir jannatmakon davrda yashamoqdamiz.
Inson salomatligi oliy nematdir , uni qadriga yetish va bugungi dorilomon kunlarda yashayotganimizga shukur qilishimiz kerak. Kasallikni davolashdan ko’ra uni oldini olish , yanada samaraliroq natija beradi.Bu borada yurtboshimiz
Shavkat Mirziyoyev Miromonovich shunday deydi: «Inson salomatligini muxofaza qilish borasida so’ngi vaqtlarda olib borayotgan ishlarimizga qaramasdan, afsuski joylarda ko’plab muammolar hamon saqlanib qolmoqda. Anashularni hisobga olib, hudular aholisi uchun qulay bo’lgan, sifatli va zamonaviy tibbiy yordamni ko’rsatish, kasalliklarni barvaqt aniqlash bo’yicha boshlangan ishlarimizni izchil davom ettiramiz. Bu borada masofadan turib profilaktika qilishni ta’minlaydigan «Aqilli tibbiyot» va «Yagona axborot tibbiy markazi’ konsepsiyalarini o’z sharoitimizga moslashtirib tatbiq etishimiz kerak.» Shu bilan birga yurtboshimizni biz yoshlarni porloq kelajagimizni ko’zlab aytgan ushbu gaplari O’zbekiston yoshlari uchun kuch qudrat va madad bo’ldi, xamda yoshlarda kekajakga ishonch va katta ma’sulyat hisini uyg’otdi. « Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og’ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz.Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega b’lib,dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi soxada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.»7 Darxaqiqat hech bir yurtda yoshlarni ta’lim tarbiyasi uchun bunday beminnat shart-sharoitlar qilinmagan.Shunday ekan biz ham yurtimiz uchun munosib farzand va uning gullab yashnashi, ravnaqi uchun o’z hissamizni qo’shishimiz lozim.
Inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim tarbiyadan boshlanadi.Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa,kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir.10 Bola shaxsining har tomonlama kamol topishida nutqning to’g’ri rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega. Chunki nutq kishilararo milliy boylik, tarbiya, ta’lim, ijodiyotga qimmatli aloqa vositasidir. Shu boisdan ham bolalarga nutqni puxta egallash o’z fikrini to’liq ifoda etishni o’rgatish lozim. Lekin, afsuski, ba’zi bolalarda nutq buzilishlarining turli ko’rinishlari uchraydi. Bunday nutq kamchiliklariga ega bo’lgan bolalar o’z fikrlarini nutq orqali to’liq ifoda etib bera olmaydilar.

Yüklə 63,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin