3-joriy nazorat topshirig’i. 11-mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish reja



Yüklə 29,33 Kb.
səhifə1/6
tarix25.12.2023
ölçüsü29,33 Kb.
#195888
  1   2   3   4   5   6
3-joriy nazorat topshirig’i. 11-mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqaris-fayllar.org


3-joriy nazorat topshirig’i. 11-mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish reja

3-joriy nazorat topshirig’i.


11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH
Reja:

  1. Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida. Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari.


Hukmlarning asosiy vazifasi predmetlarning xususiyat va munosabatlarini ko‘rsatish, predmet va hodisalarga xususiyatning xosligini qayd qilishdir. Biz predmet va hodisalarning oddiy, tashqi xususiyatlari bilan birga, ularning ichki zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida turli abstraksiyalar hosil qilamiz. Bu abstraksiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi.


Hukmlar orqali narsalar va hodisalar haqida bilimlar aks etadi. Ular haqida bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlar aniq, tekshirilgan bilimlarni ifodalsa, ba’zilarda esa xususiyatning predmetga xosligi ehtimol qilinadi, demak noaniq bilimlar ifodalanadi.
  1. Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari.


Asoslardan xulosaning kelib chiqishi ikki yo’lda amalga oshadi: ayrimlarida xulosa asoslardan zaruriy ravishda kelib chiqadi. Bunday xulosa demonstrativ (zaruriy) xulosa, deb yuritiladi. Boshqalarida asoslardan chiqarilgan xulosa haqiqatga yaqin, ehtimollik xarakteriga ega bo’ladi. Bunday xulosalar nodemonstrativ, yoki haqiqatga yaqin xulosalar, deb yuritiladi.


2) Xulosa chiqarishning 3 asosiy turi mavjud:
1. Deduktiv xulosa chiqarish;
2. Induktiv xulosa chiqarish;
3.Analogiya bo’yicha xulosa chiqarish.
Inson fikrining umumiylikdan yakkalikka qarab borishi natijasida hosil bo’lgan yangi bilim deduktiv xulosa deb yuritiladi.
3.. Fikrning xarakat yo‘nalishiga ko‘ra xulosa chiqarish: deduksiya, induksiya va analogiya; ularning o‘zaro aloqadorligi.
Induktiv xulosa chiqarishda fikr yakkalikdan umumiylikka qarab boradi. Alohida predmet va hodisalarning o’xshash va farqli tomonlarini tahlil etish asosida analogiya bo’yicha xulosa chiqariladi.
1. Deduktiv xulosa chiqarish.
Deduktiv xulosa chiqarish ikki usulda amalga oshiriladi:
1) bevosita deduktiv xulosa chiqarish;
2) bilvosita deduktiv xulosa chiqarish.
Bevosita deduktiv xulosa chiqarish. Bir asosdan mantiqiy tahlil orqali yangi fikr (bilim) ni hosil qilish bevosita deduktiv xulosa chiqarish, deb yuritiladi. Bunda ayrim mushohadalar qayta ishlanadi. Yangi fikr (bilim) ga asos bo’lgan mushohada xulosaning asosi, hosil bo’lgan yangi fikr - xulosa bo’lib hisoblanadi. Bevosita xulosa chiqarishda mantiq usullar yordamida amalga oshadi. Bunday mantiqiy usullariga quyidagilar kiradi: a) almashtirish orqali xulosa chiqarish b) aylantirish orqali xulosa chiqarish v) predikatga qarama-qarshi qo’yish g) mantiqiy kvadrat .
Anologiya grekcha anologia so’zidan olingan bo’lib, muvofiqlik, o’xshashli ma’nolarini anglatadi. Analogiya xulosa chiqarishning eng qadimgi uslublaridan biri hisoblanadi. Analogiya inson tafakkuri taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridan boshlab rivojlangan. Analogiya xulosa chiqarishning shunday uslubiki, muayyan belgining, munosabatning predmetga xosligi haqidagi xulosa boshqa predmetning belgi va munosabatlariga solishtirish vositasida chiqariladi. Analogiyada o’rganilayotgan predmet - modelyep, unga xususiyatlari belgilari o’xshagan predmet - prototip, deb yuritiladi.
4.Murakkab mulohazalardan xulosa chiqarish.
Xulosaga asos qilib olingan axborot (belgi, tomon va hokazo)ning xarakteriga ko’ra analogiya 2 ko’rinishda namoyon bo’ladi:
1. Sifat analogiyasi
2. Munosabat analogiyasi
1. Predmet, hodisalarning sifat (xususiyat)laridagi o’xshashlik sifat analogiyasini hosil qiladi. Masalan: Janubiy Afrika yassitog’ligining geologik strukturasi Yoqutiston tog’larnikiga o’xshash. Janubiy Afrikadan ko’pdan-ko’p olmos tog’ konlar topilgan. Demak, Yoqutistonda ham olmos konlari bo’lishi mumkin.
2. Munosabatlardagi o’xshashlik munosabat analogiyasini hosil qiladi. Munosabat analogiyasi sababiy aloqadorlik shaklida namoyon bo’ladi. Masalan: Yerga olmaning tushishining sababi Yerning tortishish kuchi. Oy yerning tortishish kuchi tufayli uning atrofida harakat qiladi. Yer, butun planetalar Quyosh atrofida harakat qiladi. Shu orqali butun dunyo tortishish qonunini tushunishi mumkin.


Yüklə 29,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin