3-MA’RUZA. O’SIMLIK TO’QIMALARI
Reja
1. To‘qimalarning klassifikatsiyasi
2. Hosil qiluvchi to‘qima (meristema)
3. Мехаnik, asosiy (assimilasion, g’amlovchi) to’qimalar
4. Ajratuvchi) to’qima turlari
va vazifalari
5. O’tkazuvchi to’qimalar
Tayanch so’zlar: meristema, prokambiy peritsikl, fellogen, kambiy,
trixomalar, tukchalar, interkalyar, lateral, inisial, kollenxima, sklerenxima,
skleridlar, sut naylari, floema, kselema, lub tolalari, yog’ochlik tolalari (libriform),
assimilyatsion to’qima, bulutsimon parenxima, burmali parenxima, aerenxima.
O’simliklarning tanasi har xil to’qimalardan tashkil topgan bo’ladi.
Shakli
jihatdan o’xshash bo’lgan bir yoki bir necha xil vazifani bajaradigan hujayralar
guruhiga to’qima deyiladi. Тo’qimalar shakliga ko’ra 2 xil bo’ladi. Parenximatik va
prozenximatik. Parenximatik hujayralardan tashkil topgan to’qimalar, parenximatik
to’qimalar, prozenximatik hujayralardan tashkil topgan to’qimalar, prozenximatik
to’qimalar deyiladi. Тo’qimalar kelib chiqishiga ko’ra 2 ta katta guruhga bo’linadi:
1) Embrional- hosil qiluvchi to’qimalar; 2) Doimiy to’qimalar.
Doimiy to’qimalar bajaradigan vazifasiga ko’ra 5 xil bo’ladi. 1) Qoplovchi;
2) Asosiy; 3) Mexanik; 4) O’tkazuvchi; 5) Ajratuvchi to’qimalar.
Hosil qiluvchi to‘qima. Hosil qiluvchi to‘qima meristema (yunoncha so‘z
bo‘lib, meristos-bo‘linish) bo‘lib, yangi hujayralarni va to‘qimalarni hosil qilish
xususiyatiga ega va o‘simliklarning o‘sishini ta’minlaydi. Meristema to‘qimasi
behisob bo‘linish xususiyatiga ega va uni ko‘p vaqt
saqlab qoladigan bir qancha
initsial hujayralarga ega. Ulardan o‘simliklarning barcha to‘qima va organlari hosil
bo‘ladi. Hosil qiluvchi to’qimalar o’simliklar hayotida muhim rol o’ynaydi, chunki
ularning ishtirokisiz o’simliklar o’smaydi va yangi organlar hosil qilmaydi. Hosil
qiluvchi to’qimalar o’simliklarda joylashgan o’rniga ko’ra 4 xil bo’ladi: 1) Тepa-
apikal meristema; 2) Interkalyar meristema; 3)Yon meristema; 4) Yara meristema.
Hosil qiluvchi to’qimalarni hujayrasini yadrosi yirik, tez-tez bo’linish
xususiyatiga ega bo’ladi. Hosil qiluvchi to’qimani o’zi kelib chiqishiga ko’ra 2 xil
bo’ladi: 1) Birlamchi hosil qiluvchi to’qima- prokambiy;
2) Ikkilamchi hosil qiluvchi to’qima- kambiy;
Prokambiy to’qimasi o’simlik organlarining o’sish nuqtalarida ildizning va
poyaning uchida, ya’ni o’sish konusida bo’ladi. O’sish konusidagi hujayralarning
bo’linishi hisobiga ildiz va poya bo’yiga o’sadi. Birlamchi hosil qiluvchi to’qima
(meristema) o’sish konusining eng uchida joylashgan
bitta dastlabki hujayraning
ketma-ket bo’linishi natijasida rivojlanadi. Keyinchalik bu hujayradan kelib
chiqishiga ko’ra birlamchi hisoblangan har xil to’qimalar ajraladi. Birlamchi
meristemadan cho’ziq va ingichka hujayralar guruhi ham ajralib chiqa boshlaydi va
ular o’sish konusining birmuncha pastida joylashadi. Har tomonga qarab, zo’r berib
bo’linish xususiyatiga ega bo’lgan hujayraning bu guruhi prokambiy deb ataladi.
Prokambiy hujayraning zo’r berib bo’linishi natijasida keyinchalik o’tkazuvchi va
mexanik funksiyani bajaruvchi ikkita doimiy to’qima,
birlamchi yogochlik, ya’ni
ksilema va birlamchi lub, ya’ni floema hosil bo’ladi.
Prokambiy to’qimasi asosan bir pallali o’simliklarda uchraydi. Birlamchi
yog’ochlik va birlamchi lubni hosil qilgandan keyin bir pallali o’simliklarda o’zi
yo’q bo’lib ketadi. Ikki pallali o’simliklarda esa yoshlik vaqtida bo’ladi. Birlamchi
yog’ochlikni va birlamchi lubni hosil qilib o’zi yo’qola boradi. Yo’qolib borayotgan
bir qism prokambiy hujayralarini qayta bo’linib ko’payishidan kambiy to’qimasi
vujudga keladi. Kambiy to’qimasi hosil qilishda davom etadi va chetga tomon
ikkilamchi lub, markazga tomon ikkilamchi yog’ochlik kattalashadi. Natijada ikki
pallali o’simliklarni o’z organlari o’sib, yo’g`onlashadi.
Yillik halqalar kambiy
to’qimasining faoliyati tufayli vujudga keladi. Alohida qoplovchi to’qima-po’kak
hosil qiluvchi kambiy ham ikkilamchi hosil qiluvchi to’qimaga kiradi. Hosil qiluvchi
to’qimalar o’simliklar hayotida muhim rol o’ynaydi, chunki ularning ishtirokisiz
o’simliklar o’smaydi va yangi organlar hosil qilmaydi.