O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH XUDUDIY MARKAZI
«Himoyaga ruxsat etaman»
markaz direktori
_______Saidov Y.
«___»__________2019 yil
“Matematika fani o‘qituvchilari” kurs tinglovchisi
Kuranbayeva Dilobarning
“Bo‘laklab integrallash mavzusini o‘qitish metodikasi” mavzusidagi
BITIRUV MALAKA ISHI
Kafedra mudiri: _____________Kulimov A.
Ilmiy rahbar: _____________ Shixova I.
Urganch – 2019 yil
ANNOTATSIYA
Mazkur malaka ishi mavzusi “ Bo‘laklab integrallash mavzusini o‘qitish metodikasi” deb nomlanadi. Ushbu mavzuni yoritishda turli xil adabiyotlardan, ilg‘or pedagogik tehnologiyalardan “Klaster”, “Pinbord”, “Aqliy hujum”, “Domino” kabi metodlardan foydalanilgan. Belgilangan vazifani bajarish jarayonida ta‘lim oluvchilarda nostandart ko‘rinishdagi ifodalarni belgilash kiritish yordamida boshlang‘ich funksiyasini topish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshiriladi, o‘zgalar tomonidan bildirilgan fikrlarni muhokama qilishga motivatsiya paydo bo‘ladi.
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………4
I BOB. BOSHLANG‘ICH FUNKSIYA VA ANIQMAS INTEGRAL
Boshlang‘ich funksiya tushunchasi………………………………………
Funksiyaning aniqmas intergrali va uning asosiy xossalari,aniqmas integrallar jadvali………………………………………………………….
II BOB. BO‘LAKLAB INTEGRALLASH MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI
2.1. Bevosita integrallash va differensial belgisi ostiga kiritib integrallash
usuli………………………………………………………………………………
2.2. Aniqmas integralda o’zgaruvchilami alnashtirib integrallash………………..
2.3. Kasr ratsional funksiya va Sodda ratsional kasrlarni integrallash. Kasr ratsional funksiyalarni sodda kasrlarga keltirish………………………………….
2.4. ko’rinishdagi integrallarni integrallash…………………...
2.5. Bo’laklab integrallash usuli va unga doir misollar yechish …………………
XULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………
KIRISH
Buyuk donishmand bobomiz Baxouddin Naqshband “Diling Ollohda qo’ling mеhnatda bo’lsin” dеya yaratuvchilikka da’vat etganlarida, har qanday ishni e’tiqod bilan bajarishni nazarda tutganlar.
Mustaqillik yillarida bunyodkorlik an’analarimiz har bir jabhada rivojlana boshladi. Ma’lumki, o’zining asl holatidan ko’ra yuksakroq bo’lish, ta’bir joiz bo’lsa, “o’zidan qochish” mayli insonni harakatga undaydi. Ana shu harakatning izchil tus olishi insonni komillikka еtaklaydi. Olamning takomili harakat bilan bo’lgani kabi, insonning takomili ham harakat bilandir. Shu harakat misolida XX asrda va hozirda matеmatika fani rivojiga o’zining munosib hissasini qushgan va qushayotgan olimlarimiz T.N.Sarimsoqov, S.X.Sirojiddinov, Sh.Ayubov, Sh.Alimov, A.Sa’dullaеv, A.A’zamov, A.Abduqodirov va boshqalarni sanab o’tish mumkin.
Ta’lim tizimida yakuniy natija, bevosita ta’lim–tarbiya jarayonini amalga
oshiradigan o’qituvchi mehnatining qanday tashkil etilishiga bog’liq. Ta’lim
zimmasiga qo’yilayotgan ulkan vazifalar esa ta’lim berishga munosabatni,
yondashuvni o’zgartirishni taqozo etmoqda. Shu munosabat va yondashuvni o’zida mujassam etishi lozim bo’lgan yangi pedagogik texnologiya xususida bir qancha maqsadlar e’lon qilindi. Biroq hozirdagi islohotlar jadalligi mavjud nazariyani amaliyotga tatbiq etishni talab etadi. Shu sababli ham birinchi navbatda, ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko’nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi – ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak–atrofga munosabatlarni ham kiritish g’oyasi kun tartibiga ko’ndalang qilib qo’yildi.
Pedagogik tizimning moddiy vositalari kitoblardan, texnik jihozlardan va
o’qitish metodikalaridan ko’pdan buyon foydalanib kelinadi yoki oldindan
rejalashtirilgan ta’lim–tarbiya jarayoni professor–o’qituvchi faoliyati orqali
amaliyotga joriy etilgan pedagogik tizimdir. SHu bilan birgalikda pedagogik tizim– bu qotib qolgan, siquvga olingan loyiha emas, balki ta’lim va tarbiya
samaradorligini belgilovchi qator omillarni baholash imkonini bera oladigan
ijodkorlik, yaratuvchilik, fidoyilik faoliyati natijasidir.
Dostları ilə paylaş: |