3-mashg’ulot. Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining vazifalari, aholining fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari



Yüklə 363,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix04.10.2023
ölçüsü363,5 Kb.
#151954
  1   2   3   4   5   6   7
FM 3-amaliy mashg\'ulot



3-mashg’ulot.
 FAVQULODDA VAZIYATLAR DAVLAT 
TIZIMINING VAZIFALARI, AHOLINING FUQARO 
MUHOFAZASI SOHASIDAGI HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 
 
Ishdan maqsad: 
-Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi fanini maqsadi va vazifalarini 
o’rganish. 
-Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning 
mazmun mohiyatini o’rganish. 
-Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi huquqiy-me’yoriy 
hujjatlarni o’rganish. 
-O’zbekiston Respublikasi FVdan muhofaza qilish davlat tizimini o’rganish. 
«Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanini o’qitishdan maqsad 
talabalarga aholini, hududlarni, iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarini turli favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat 
bo’lib, jumladan: 
-Komanda-boshqaruv tarkibi va harbiylashmagan tuzilmalar faoliyatining 
mohiyati, o’quv-moddiy bazasi va FM masalalarini o’z ichiga oluvchi 
tadbirlarning yagona tizimini o’rgatish; 
-FVda jarohatlanganlarga va o’ziga-o’zi yordam ko rsatish va ahloqiy-ruhiy 
barqarorlik sifatlarini singdirish; 
-FV da harakat qilish, aholini muhofaza qilish, FV oqibatlarini bartaraf 
etishda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmas ishlarni tashkil qilish va 
o’tkazish asoslarini, iqtisodiyot obyektlarini barqaror ishlashini kuchaytirish 
usullarini o’rgatish. 
1990 yillarga kelib yadro urushi xavfi kamaydi, biologik qurollardan 
foydalanish cheklab qo’yildi, ammo yangi-yangi zamonaviy qurol turlari kashf 
qilindiki, ular odamlar uchun xavfli bo’lmay, balki iqtisodiyot obyektlarini ishdan 
chiqarishga qaratilgan. Ammo, inson hayotiga faqatgina ommaviy qirg’in 
qurollarigina emas, balki boshqa xavf-xatarlar ham tahdid solib turibdi. Bular turli 
tabiiy hamda texnogen xususiyatli ofatlar, avariyalar, halokatlardir. Ayni vaqtda, 
mustaqillikning dastlabki vaqtlarida
yuzaga kelgan ayrim vaziyatlar Respublikamiz 
hududida terroristik vaziyatlar sodir bo’lishi mumkinligini ko’rsatib berdi. 
Bu sohada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil - martdagi PF-
1378-sonli farmoni bilan FVV tashkil topganligi muhim ahamiyat kasb etdi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda 
vazirliklar, tegishli hududlarning hokimlari, uyushmalar, korxonalar, muassasa va 
tashkilotlar rahbarlari aholi va iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarini muhofaza etishga 
rahbar etib tayinlandilar. 
1999-yil 20-avgustda «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen 
xususiyatli FV lardan muhofaza qilish to’g’risida» gi qabul qilingan qonun FVdan 
muhofaza qilish sohasidagi asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi. U 5 ta bo’lim 27 
moddadan iborat bo’lib, FVlarda fuqaro muhofazasi sohasidagi ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soladi hamda FV ro’y berishi va rivojlanishining oldini 


olish, FV lar keltiradigan talofatlarni kamaytirish va FV ni bartaraf etishga 
qaratilgan. 
2000 - yil 26-mayda qabul qilingan «Fuqaro muhofazasi to’g’risida» gi 
qonun oldingi qonundan farqli o’laroq harbiy xarakatlar olib borish davri 
masalalariga bag’ishlangan. U FM sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga 
oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarning vakolatlarini, shuningdek FM kuchlari va vositalarini belgilaydi. 
Qonun 5 ta bo’lim 23 moddadan iborat bo’lib,unda asosiy tushunchalar, vazifalar 
va qonunni buzganlik uchun javobgarlik va xalqaro hamkorlik to’g’risidagi 
ma’lumotlar berilgan. Jumladan: 

Yüklə 363,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin