Fuqaro muhofazasi –harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu
xarakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O’zbekiston Respublikasi
aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida
o’tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi.
Fuqaro muhofazasi xizmati –FM maxsus tadbirlarini bajarish, FM
tuzilmalarining harakatlarini ta’minlash uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash
maqsadida tuzilgan funksional bo’limlar majmuasi.
Himoya inshootlari –aholini va ishlab chiqarish hodimlarini zamonaviy
qirg’in vositalaridan muhofaza qilishga maxsus mo’ljallangan muhandislik
inshootlari majmui.
FV kuchlari –qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga
oshirish uchun tuziladigan FM harbiy qismlari, umumiy va maxsus hududiy,
funksional va obyekt tuzilmalari.
1999-yil 20-avgustda «Gidrotexnik inshootlarining xavfsizligi to’g’risida»
qonun qabul qilindi. U 15 moddadan iborat bo’lib, gidrotexnik inshootlarni
loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ularni rekonstruksiya qilish,
konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha tushunchalar
berilgan.
2000-yil 31-avgustda «Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risida» qonun qabul
qilindi. U 5 ta bo’lim va 28 moddadan iborat. Qonunning maqsadi radiatsiyaviy
xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar hayoti, sog’ligi va mol-mulki, shuningdek atrof -
muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofaza qilishga
qaratilgan. Unda ko’plab asosiy tushunchalar berilgan, jumladan :
Radiatsiyaviy avariya -uskuna nosozligi, hodimlar xatti - harakatlari, tabiiy
va texnogen xususiyatli FV tufayli kelib chiqqan nurlanish va atrof muhitning
ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofazalanganlik holati.
Yadroviy xavfsizlik –Yadroviy materialdan xavfsiz holda foydalanishni
ta’minlovchi chora-tadbirlar majmui.
2000 yil 15 dekabrda «Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida» gi qonun qabul
qilindi. U 5 ta bo’lim, 31 moddadan iborat bo’lib, terrorizmga qarshi kurash
sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Unda shaxs, jamiyat va davlatning
terrorizm xavfsizligini ta’minlash, davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini
himoya qilish va milliy totuvlikni saqlash kabi masalalar o’rin olgan. Jumladan :