3-mavzu. Metallarning kristallanish jarayonlari. Kristallanish jarayonining mexanizmi va kinetikasi. Asosiy tushunchalar. Po‘lat quymalarning ichki tuzilishi. Metallarda polimorf



Yüklə 24 Kb.
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü24 Kb.
#177133
  1   2   3   4
3-mavzu. Metallarning kristallanish jarayonlari. Kristallanish j-fayllar.org


3-mavzu. Metallarning kristallanish jarayonlari. Kristallanish jarayonining mexanizmi va kinetikasi. Asosiy tushunchalar. Po‘lat quymalarning ichki tuzilishi. Metallarda polimorf




3-mavzu. Metallarning kristallanish jarayonlari. Kristallanish jarayonining mexanizmi va 

kinetikasi. Asosiy tushunchalar. Po‘lat quymalarning ichki tuzilishi. Metallarda polimorf 

o‘zgarishlar 

Reja: 
3.1. Metallarning kristallanishi. 
3.2. Metallarning birlamchi kristallanishi.
3.3. Ikkilamchi kayta kristallanishi. 
3.4. Po„lat quymalarning ichki tuzilishi.

Tayanch iboralar: materialshunoslik, metallar, kristallanish, texnologiya, plastik va 

elastik deformatsiya,birlamchi, yig‘uvchi va ikkilamchi qayta kristallanish, keramikaning kristall 

strukturasi, metallarni tanlash, metallarni qo‘llash, deformatsiya, normal temperatura, elastik 

deformatsiya, proporsionallik konunini, elastiklik moduli, proporsionallik chegarasi, 

teksturalanish, dislokatsiya, qaytish protsessi, rekristallanish. 

3.1. Metallarning kristallanishi 
Metallar atomlarining tartibsiz harakatdagi suyuq holatdan atomlari tartibli joylashgan 

qattiq holatga o„tish jarayoni kristallanish deyiladi.


Rus olimi D.K. CHernov metallarning kristallanish qonuniyatini kashf qildi. Bu 
qonuniyatga
ko„ra,

kristallanish


jarayoni 
kristallanish
markazlarining 
hosil
bo„lishi 

va
ularning 


o„sishi
bilan

tushuntiriladi.


Kristallanish jarayoni 3.1-rasmda ko„rsatilgan. 

3.1-rasm.


Kristallanish jarayonini tushintiruvchi chizma ko„rinishi. 
Qotishmalarda hosil bo„ladigan donalarning o„lchamlari kristallanish markazlari soni 

(MS) bilan kristallanish tezligiga (KT) bog„liq bo„ladi.


Qotishimada erimagan turli oksid va 
metallmas birikmalar kristallanish markazlari vazifasini bajaradi. Kristallanish MS va KT o„ta
sovish darajasiga bog„liq (3.2-rasm). 



3.2-rasm.
Kristallanish markazlari soni va ular o„sish tezligining o„ta sovish darajasiga 
bog„liqlik grafigi.
D.I.Mendeleev davriy sistemasida mavjud bo„lgan 109 ta elementdan 76 tasi metallar
hisoblanadi. Barcha metallar va metall qotishmalar kristall atomlar (ionlari) kristall panjara hosil 
qilib aniq qonuniyatda joylashgan bo„ladi.
Metallar turg„unligiga ion–elektron tizimni hosil qilib, musbat zaryadlangan ionlar va 
to„dalashgan elektronlar o„rtasidagi o„zaro elektrik ta‟sir bilan aniqlanadi. Bunday “ionli skelet”
va “elektron gaz” o„rtasidagi o„zaro ta‟sir metall bog„lanish deb nomlanadi. 
Metallarda bog„lanish kuchli ionlar va elektronlar o„rtasidagi itarish va tortishish
kuchlarining o„zaro nisbatlari bilan aniqlanadi. Metall atomlari (ionlari) bir–biridan o„zaro 
ta‟sirlashuv energiyasi qiymati minimal bo„lgan masofada joylashadi (3.3-rasm).
Metallar atomlarning to„g„ri kristall panjara hosil qilib, aniq qonuniyat bilan o„zaro 

joylashuvi faqat atomlar o„zaro ta‟sirinig minimal energiyasi holatigagina mos keladi.


3.3-rasm.


Ikkita atomlarning o„zaro tortishish kuchlari (a) va kristall panjarada 
atomlarning potensial energiyasining o„zgarishi(b).
Metallar oddiy usullarda olinganda odatda polikristall jismlar bo„lib, juda ko„p
miqdordagi bir–biriga nisbatan turlicha joylashgan kristallardan tashkil topadi. Bu paytda 
kristallarning o„lchamlari 1000–0,1 mkm oraliqlarida bo„ladi. Metallar suyuq holatdan qattiq
holatga o„tishi davrida kristallanish sharoiti turlicha bo„lganligi sababli har–xil shakillarga ega 
bo„ladi va bu shakillar kristallitlar, ba‟zi hollarda donalar deb ham nomlanadi.
Toza metallar odatdagi struktura holatida past qiymatdagi mustaxkamlikka ega bo„lib, 

ko„p hollarda talab qilingan xossalarni taminlab bera olmaydi.





SHuning uchun toza metallar kam hollarda qo„llaniladi. Asosan metallarning


qotishmalari, ya‟ni bir yoki undan ortiq metallarni yoki nometallarning aralashmalari ishlatiladi. 
Toza metall tushunchasi shartli ravishda bo„lib, tabiatda har qanday toza metall ozmi yoki
ko„pmi miqdorda boshqa qo„shimchalarni o„z tarkibiga oladi. SHuning uchun ular qatnashmalar 
sifatida qaraladi. Fanda toza metall deganda asosan tarkibida asosiy metall miqdori 99,99–
99,999 % gacha bo„lgan holat qaraladi. Bunday tarkibdagi qatnashmalar xossalari asosiy metall 
xossalariga yaqin bo„ladi. Qatnashmalarni hosil qiluvchi elementlar komponentlar deyiladi.
Qatnashmalar tarkibiy jihatdan ikki yoki undan ortiq komponentlarni o„z ichiga olishi mumkin. 

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin