3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash.
Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi
3.1. Elektron jadvallar
Zamonaviy komp’yuterlar dasturiy ta’minotining tarkibiy qismiga kiruvchi
Microsoft Office paketidagi asosiy vositalardan biri jadval protsessori deb
ataluvchi MS Excel dasturidir. MS Excel – elektron jadvallarni tayyorlash,
formulalar va funksiyalar yordamida hisob-kitoblarni amalga oshirish,
ma’lumotlarni grafik tasvirlash kabi masalalarni hal etishga mo’ljallangan dastur.
Inson o‘z ish faoliyati davomida ko‘pincha biror kerakli ma’lumot olish
uchun bir xil, zerikarli, ba’zida esa, murakkab bo‘lgan hisoblash ishlarini
bajarishga majbur bo‘ladi. MS Excel dasturi mana shunday ishlarni osonlashtirish
va qiziqarliroq qilish maqsadida ishlab chiqilgan.
MS Excel dagi barcha ma’lumotlar jadval ko‘rinishida namoyon bo‘lib, bunda
jadval kataklarining ma’lum qismiga boshlang‘ich va birlamchi ma’lumotlar
kiritiladi. Boshqa qismlari esa har xil arifmetik amallar va boshlang‘ich
ma’lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo‘lgan
ma’lumotlardir.
Elektron jadval kataklariga uch xil ma’lumotlarni kiritish mumkin:
– matnni; sonlarni; sanani; formulalarni.
Matn – harflar, raqamlar, belgilar ketma-ketligidan iborat.
Son – raqamlar ketma-ketligi (zarur hollarda ishora va o’nli vergul ham
ishlatilishi mumkin).
Sana – joriy sana.
Formulalar – kiritilgan sonli qiymatlar bo’yicha yangi qiymatlarni
hisoblaydigan matematik ifodalardir.
Formulalar har doim «=» (teng) belgisini qo‘yish bilan boshlanadi. Formula
katakka kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu
katakda hosil bo‘ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki
belgilardan biri o‘zgartirilsa, MS Excel avtomatik ravishda yangi ma’lumotlar
bo‘yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi.
MS Excelning asosiy ishlov berish ob’yekti hujjatlar hisoblanadi. MS Excel
hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va xls kengaytmasiga ega bo‘lgan fayllardir. MS
Excelda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Har bir Ishchi kitob ixtiyoriy
sondagi elektron jadvallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi
varaq» deb ataladi. Har bir ishchi varaq o‘z nomiga ega bo‘ladi. Ishchi kitobni
hosil qilish uchun MS Excel dasturini ishga tushurish zarur. Ishchi kitobning
tarkibiy elementlaridan biri ishchi varaq, ya’ni elektron jadval hisoblanadi. Har bir
electron jadval 2
8
= 256 ta ustun va 2
16
= 65536 ta satrdan iborat. Ustunlar lotin
alfavitining bosh harflari bilan, satrlar esa raqamlar bilan nomlanadi.
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa katak va diapazonlardir.
Dostları ilə paylaş: |