3-mavzu. Tеrmоdinаmik sistеmа vа uning tа`rifi. Sistеmаning iсhki enеrgiyasi vа issiqlik sаqlаmi – entаlpiya. Tеrmоdinаmikаning birinсhi qоnuni Reja



Yüklə 233,8 Kb.
səhifə1/3
tarix20.04.2023
ölçüsü233,8 Kb.
#100905
  1   2   3
mavzu-3


3-mavzu.Tеrmоdinаmik sistеmа vа uning tа`rifi. Sistеmаning iсhki enеrgiyasi vа issiqlik sаqlаmi – entаlpiya. Tеrmоdinаmikаning birinсhi qоnuni
Reja:
1.Kimyoviy tеrmоdinаmikа vа uning аhаmiyati.
2.Sistеmаlаr vа ulаrning хillаri. Sistеmаning pаrаmеtrlаri vа muvоzаnаt xоlаti.

Termodinamikada quyidagi bо’limlar mavjud:

1. Umumiy yoki fizikaviy termodinamika. Bu energiyaning umumiy о’zgarish qonunlarini о’rganadi.

2. Texnik termodinamika. Bunda issiqlik mashinalarida sodir bо’ladigan issiqlik va mexanik ishning о’zaro bir-biriga о’tish qonunlarini о’rganiladi.

3. Kimyoviy termodinamika - bu kimyoviy reaktsiyalarda, erish, bog’lanish, kristallanish, adsorbtsiya jarayonlarida sodir bо’ladigan energiya о’zgarishlarini о’rganadi. Kimyoviy termodinamika umumiy termodinamika qonunlaridan foydalanadi.

Agar sistemaning xossalari о’zaro farq qiladigan tarkibiy qismlari chegara sirtlari bilan ajralmasa, bunday sistema gomogen sistema deyiladi. Agar sistemaning tarkibiy qismlari biri-biridan chegara sirtlari bilan ajralsa, bunday sistema geterogen sistema deb ataladi.

  • Agar sistemaning xossalari о’zaro farq qiladigan tarkibiy qismlari chegara sirtlari bilan ajralmasa, bunday sistema gomogen sistema deyiladi. Agar sistemaning tarkibiy qismlari biri-biridan chegara sirtlari bilan ajralsa, bunday sistema geterogen sistema deb ataladi.
  • Sistemaning barcha kimyoviy va fizikaviy xossalarining umumlashmasi (jamlamasi) uning holati deb yuritiladi
  • Termodinamikaning funksiyalar qiymati faqat sistemaning holatiga bog’liq bо’lsa holat funksiyasi deyiladi.

Xolat funksiyasining u yoki bu jarayonda о’zgarishi sistemaning dastlabki va oxirgi holatiga bog’liq bо’lib, uning о’tish, о’zgarish yо’liga bog’liq emas (misol, ichki energiya U, entalpiya va x.k.)

  • Xolat funksiyasining u yoki bu jarayonda о’zgarishi sistemaning dastlabki va oxirgi holatiga bog’liq bо’lib, uning о’tish, о’zgarish yо’liga bog’liq emas (misol, ichki energiya U, entalpiya va x.k.)
  • Jarayon sistemaning bir holatdan boshqa holatga о’tishidir. Bunda holatning barcha termodinamika funksiyalari о’zgaradi.
  • Agar jarayon mobaynida termodinamik sistema о’zining boshlang’ich holatidan chiqib, bir qancha о’zgarishlarga duch kelib, sо’ngra qandaydir yо’l bilan dastlabki holatga qaytsa - aylanma jarayon yoki sikl deyiladi. Bunday jarayonda sistema holati funktsiyasining о’zgarishi nolga teng bо’ladi. Barcha termodinamik funksiyalar holat funksiyasi bо’la olmaydi. Sistemaga yutilayotgan yoki undan chiqarilayotgan issiqlik miqdori (Q), sistemada bajarilayotgan ish miqdori (A) - sistemaning faqat dastlabki va oxirgi holatiga bog’liq, bо’lmay, bir holatdan boshqa holatga о’tish qanday usulda va qanday yо’l bilan sodir bо’lishiga bog’liq. SHuning uchun bular jarayonning funksiyasidir. Termodinamikada quyidagi belgilar qabul qilingan. Agar sistema tashqi muhit bilan energiya almashayotgan bо’lsa, sistemaga olinayotgan energiya miqdori (+) ishora bilan, sistemadan berilayotgan energiya (-) bilan belgilanadi. Termodinamik sistemada jarayonlar doimiy bosimda (ochiq kolbada boradigan kimyoviy reaksiya) yoki doimiy hajmda (masalan avtoklavda) ketishi mumkin. Doimiy bosimda sodir bо’ladigan jarayon izobarik, doimiy hajmda sodir bо’ladigan jarayon izoxorik jarayon deb yuritiladi. Doimiy haroratdagi jarayon T = const izotermik, issiqlik о’zgarmaydigan jarayon Q = const adiabatik jarayon deyiladi.

Yüklə 233,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin