3. QISQA TUTASHUVLAR VAQTIDA QATTIQ SHINA QURILMALARNING ELEKTRODINAMIK CHIDAMLILIGINI TEKSHIRISH
Shinaning elektrodinamik chidamliligini hisoblash joiz mexanik kuchlanish usuli bo`yicha amalga oshiriladi. Shinalar chidamli hisoblanadi, qachonki shina materialidagi hisobiy kuchlanish sharti bajarilsagina; – joiz kuchlanish, ma`lumotnomalarda shina materiallari uchun berilgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
Izolyatorlarga mahkamlangan qattiq shinalar o`zaro tebranma tizimni tashkil etadi, elektrodinamik kuchlar tarkibida esa q.t. vaqtida 50 va 100 Gs chastotali tebranishlar mavjud bo`ladi. elektr dinamik kuchlar hosil qiluvchi kabellar tajribada kuzatilgan. Agar qurilmaning xususiy chastotasi 50 yoki 100 Gs ga teng bo`lsa, u holda mexanik rezonansning yuzaga kelishi ehtimoli yuqori bo`ladi.
Rezonansga yo`l qo`ymaslik uchun shinaning xususiy tebranish chastotasi f0 qo`shimcha hisoblab chiqiladi:
alyuminiy shinalar uchun – ;
mis shinalar uchun – ;
bu yerda l – izolyatorlar oralig`ining uzunligi, m (odatda bu qiymat mustaqil tanlanadi, l = 1-2 m deb qabul qilingan); J – shina ko`ndalang kesimning eguvchi kuch yo`nalishiga perpendikulyar yo`nalgan o`qqa nisbatan inersiya momenti, sm4; S – shinaning ko`ndalang kesimi yuzasi, sm2.
l ni o`zgartirish hisobiga chastotalarning f0 > 200 Gs yoki f0 < 30 Gs bo`lishiga erishiladi.
To`g`ri burchakli kesim yuzaga ega bo`lgan shinalar uchun U qarshilik momenti qiymatlari 3.1 – va 3.2 – rasmlarda tasvirlangan profillar (qutichasimon shinalar va h.k) hisoblanadi, inersiya momenti U qiymati ma’lumotnomalarda beriladi.
3.1. BIR SHINA TASMALI SHINALARNI HISOBLASH
3.1 – rasm.
Moment ta’sirida bo`lgan shina materialining kuchlanishi quyidagi ifodalar bilan aniqlanadi:
Bu yerda M – eguvchi moment; w – qarshilik momenti, sm3; f – teng taqsimlangan kuch; l – oraliq uzunligi, m; iu – q.t. zarbiy toki, A; σ – MP.
Dostları ilə paylaş: |