3-vazifa b turkiston Muhtoriyati va Sovetlar hokimiyatining siyosati



Yüklə 27,58 Kb.
səhifə1/2
tarix20.07.2023
ölçüsü27,58 Kb.
#136975
  1   2
Tarix Wen diagramma 050-19 Qudratov B.F



Qudratov Boburning
Gumanitar (O’zbekiston tarihi) fanidan
3-vazifa

B) Turkiston Muhtoriyati va Sovetlar hokimiyatining siyosati.

  1. Turkiston Muhtoriyatining siyosati

1917 yil 26-28 noyabrda (yangi hisob bilan 9-11 dekabrda) Qo`qon shahrida Turkiston o`lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo`lib o`tdi. Qurultoy ishining butun tafsilotlarini (jadidlar) o`sha davr gazetalarida tarix uchun muhrlab qo`ydilar. Turkistonni boshqarish shakli uch kun davom etgan qurultoyning diqqat markazida turdi. Bu masala muhokamasida so’zga chiqqanlarning ko’pchiligi Turkistonning muxtor respublika deb e'lon qilinishi o`lka aholisining ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqqan va unga mos tushishini uqtirdi. Muxtoriyat va mustaqillik e'Ion qtlish fikrini hamma qo`llab-quvvatladilar. 28 noyabr (yangi hisob bilan 11 dekabr)da tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi aniqlanib, TURKISTON-MUXTORIYATI deb ataladigan bo’ldi. Qurultoy o`sha kuni yig`ilishda Butunrossiya Ta'sis Majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Millat) Majlisi qo`lida bo’lishi kerak, deb qaror qabul qiladi Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi a'zolaridan 8 kishidan iborat tarkibda Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzildi. Hukumatning Bosh vaziri hamda ichki ishlar vaziri etib Muhammadjon Tinishboyev saylandi. Islom Sulton o`g`li Shoahmedov-Bosh vazir o`rinbosari, Mustafo Cho`qay-tashqi ishlar vaziri, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev (Ubaydulla Xo’jayev) - harbiy vazir, Hidoyatbek Yurg`uli Agayev-er va suv boyliklari vaziri, Obidjon Mahmudov-oziq-ovqat vaziri, Abdurahmon o`rozayev-ichki ishlar vazirining o`rinbosari, Solomon Abramovich Gersfeld-moliya vaziri lavozimlarini egallashdi. Hukumat tarkibida keyinchalik ayrim o’zgarishlar yuz berdi. Muhammadjon Tinishboyev iste'foga chiqqach, Mustafo Cho`qay Bosh vazir lavozimini bajarishga kirishadi. Vazirlardan uch kishi oliy ma'lumotli huquqshunos, ikki kishi o`rtacha malakali huquqshunos ekanligi rnuxtoriyat hukumati a'zolari bilim darajasining naqadar yuqori ekanidan dalolat beradi. Qurultoyda 28 noyabr kuni Turkiston Millat Majlisi ochilishi to’g’risidagi qaror ham tasdiqlandi. Millat Majlist 54 nafar a’zodan iborat bo`lib qurultoy qaroriga binoan "36 nafar musulmonlar va 18 nafar g`ayri musulmonlardan saylanadur. 36 musulmon vakillari Turkistonning 5 viloyatidan bo`lib: Farg`ona-10 nafar, Samarqand-5 nafar, Sirdaryo-9 nafar, Yettisuv-6 nafar, Zakaspiy-2 nafar; 4 nafar esa butun Turkiston shahar dumalari tarafidan tayin bo`lurlar". 18 nafar o`rin esa o`lkaning yevropalik tashkilot va fuqarolariga, jumiadan, temir yo`lchilar ittifoqi, ishchi va sodat deputatlari soveti, sotsial demokratlar, dashnoqtsutyun, yerlik juhudlar, yahudiylar. eserlar, ukrayinlar, polyaklarning vakillari va boshqalarga berilishi ko’zda tutilgan edi. Demak, tashkil etilayotgan hukumat tarkibiga turli siyosiy va milliy guruhlar vakillarining qatnashuvi ko’zda tutildi. Demokratik ruhdagi milliy ziyolilar qurultoyda qabul qilingan dasturiy hujjatlarga o’ziga xosligi bilan ajralib turadigan xalqiy va demokratik g`oyalarni kiritishdi. Qurultoy jarayonida Turkiston Millat Majlisi 32 kishidan iborat qilib saylandi. "Sho`roi Ulamo"ning rahbari Sherali Lapin Millat Majlisi tarkibiga, uning rayisi sifatida kiritilgan bo`lsa ham. ammo uning o’zi bu taklifni rad etdi.
Qurultoy tugagach, 1 dekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati a'zolari (barcha 8 kishi) imzolagan maxsus Murojaatnoraa e'lon qilindi, Ushbu Murojaatnomada Turkistondagi barcha aholi: irqi, millati, dini, jinsi, yoshi va siyosiy etiqodlaridan qat'iy nazar, ular yakdillik va hamjihatlikka da'vat etilgan edi. Turkistondagi bu harakatning o’ziga xos milliy ko`rinishi va xususiyatlari mavjud bо`lgan. Bu xususiyatlar harakatdagi qo`rboshilar dastalari va guruhlari faoliyatida, ularning maqsad va istaklarida o’z ifodasini topgan bo`lib, unda islom shariati qonun-qoidalari asosidagi milliy davlat barpo qilishdan tortib, to milliy demokratik tartibdagi mustaqil davlat tuzishgacha kabi g`oyalar tnujassamlashgan edi. Turkiston mintaqasidagi mazkur harakatning muhim xususiyati shundaki, bu harakatda maqsadlar va vazifalar qanday bo’lishidan qafi nazar boshdan oxirigacha bir ustuvor g`oya-Turkistonning milliy mustaqilligi yotadi. Bu harakat goh kuchayib, goh pasayib turishiga qaramay, unda ishtirok etuvchilarning tarkibi o’zgarib turishi va ikkilamchi manfaatlar o`rtada turganligi hamda obyektiv va subyektiv omillar kuchlar muvozanatiga salbiy ta'sir qilishiga qaramay, harakatning asosiy maqsadi Turkiston mustaqilligi bo`lib qolaverdi. Bu harakatga aloqador bo`lgan umumiy xususiyat bosqinchi qizil armiyani, bolsheviklarni Vatanimiz hududidan olib chiqib ketish talabi edi. Bu talab butun harakat davomida ilgari surildi. Shunday qilib, qizil armiyaning bosqini va mustabid sovet rejimiga qarshi ko'tarilgan qurolli harakat 1935-yilga kelib butun Turkiston mintaqasida tamomila mag`lubiyatga uchradi.Biroq vatanparvar bobolarimiz to`kkan qutlug` qon behuda ketmadi. Turkiston mintaqasidagi bii harakat O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligiga erishishi uchun bо`lgan kurashlari bosqichida muhim rol o`ynab, XX asrdagi Vatanimiz tarixining eng shonli sahifalarini tashkil qiladi. Zero, ona-Vatan mustaqilligi uchun bо`lgan janglarda shahid ketgan ota-bobolarimizning xotirasi hech qachon unutilmaydi.



  1. Bolsheviklarning siyosati S SSRda faoliyat koʻrsatgan siyosiy partiya. 1898 yil martdan — RSDRP, 1917 yil apreldan — RSDRP(b), 1918 yil martdan — RKP, 1925 yil dekabrdan VKP, 1952 yil oktabrdan — KPSS. Dastlab sotsialdemokratik ishchilar partiyasi sifatida tashkil topdi. 1903 yil iyul—avgustda boʻlgan partiyaning 2syezdida u bolsheviklar va mensheviklarga ajraldi. Bolsheviklarga Vladimir Lenin, mensheviklarga L. Martov va Georgiy Plexanov yetakchilik qilgan. 1917 yilgi Oktyabr toʻntarishi natijasida bolsheviklar Rossiyada hokimiyat tepasiga keldi va avval Vladimir Lenin, keyinchalik (1920 yillardan) Iosif Stalin boshchiligida davlat totalitar rejimining tayanchi boʻlib qoldi. KPSS aʼzolari soni 1917 yil taxminan 40.000 kishini tashkil etgan boʻlsa, 80 yillarning oʻrtalarida 19 mln. kishigacha yetdi. Partiyaning 8-siyezdida (1919) qabul qilingan dastur kapitalizmdan sotsializmga oʻtish prinsiplarini umumiy tarzda eʼlon qildi. 1920 yillar boshiga kelib bolshevik rahbarlar mamlakatdagi boshqa barcha siyosiy partiyalar faoliyatini man qildi. Kommunistik partiya markazda ham, joylarda ham hokimiyatning barcha dastaklarini oʻz qoʻliga olgan yagona siyosiy partiya boʻlib qoldi. 1922 yildan partiya MK bosh kotibi lavozimini egallab kelgan Iosif Stalin guruxi partiyaning Trotskiy va Zinovyev, Buharin va Rikov singari boshqa rahbarlari ustidan keskin kurashlarda gʻalaba qozonishi (20-yillarning oxiri — 30-yillarning boshi) oqibatida bir partiyalik tizim mustahkamlandi. Ommaviy qirgʻinlar kuchayib, ularga KPSS rahnamolik qildi. 20-siyezd (1956)da Nikita Xrushchyov boshliq partiya rahbarligining bir qismi Stalin shaxsiga sigʻinishni, nohaq qatagʻonlar va rahbarlikning avtoritar usullarini fosh qilib chikdi. KPSS ning 22 -siyezdida (1961) qabul qilintan partiyaning yangi dasturida SSSR da sotsializm "toʻla va uzilkesil" gʻalaba qozonganligidan kelib chiqib, mamlakat "kommunizm kurilishi avj oldirilgan" davrga kirganligi eʼlon qilindi. Ammo keyingi voqealar bu dasturdagi asosiy qoidalar xomxayolligini koʻrsatdi. 60-yillarning oxiridan boshlab partiya va u boshchilik qilayotgan siyosiy tizim turgʻunlikbosqichiga kirdi, partiya raxbarligida Leonid Brejnev boshchiligidagi konservativ kuchlar ustunlik qildi; mamlakatning iqtisodiy rivojlanish surʼatlari keskin pasaydi. SSSR Konstitutsiyasi (1977) KPSSning sovet jamiyatining raxbar va yoʻnaltiruvchi kuchi sifatidagi mavqeini huquqiy jihatdan mustahkamlab koʻydi. 1985 yildan Mixail Gorbachov boshchiligidagi partiyaning oliy rahbarligi sovet jamiyatini qayta qurish va demokratiyalashtirishga urindi. KPSSning 27-syezdi (1986) "gngi tahrir"dagi dasturni qabul qildi. Unda "kommunizm kurilishi" toʻgʻrisidagi qoida "sotsializmni takomillashtirish" toʻgʻrisidagi tezis bilan almashtiriddi. 28-syezd (1990) keskin bahslardan soʻng 1986 y.gi dasturni amalda bekorqilgan va KPSSning astasekin "demokratok sotsializm" pozitsiyalariga oʻtishini eʼlon qilgan partiya "platformasi"ni tasdikladi. Bu paytga kelib KPSS ichida birbiriga qarshi turgan bir qancha oqimlar paydo boʻldi. KPSS va sovet jamiyatidagi tanazzul tobora kuchaydi. 1991 yil Rossiya Federatsiyasining Prezidenti Boris Yeltsin farmoni bilan KPSS faoliyati Rossiya hududida tuxtatildi va partiyaning tashkiliy tuzilmalari tarqatib yuborildi. 1992 yil va undan keyingi yillar Rossiyada bir kancha kommunistax partiyalar va tashkilotlar tuzildi. Ularning eng yirigi Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi (KPRF) hisoblanadi. KPSS rahbarligi davrida butun jamiyat, aslida, "kommunist — komsomol — pioner — oktyabryat" zanjiriga birlashtirilgan edi. Erkin fikr man qilindi, kommunistik gʻoyani qabul qilmaganlar tazyiq va taʼqibga uchradi, dushman sifatida yoʻqotib borildi. KPSS siyosati natijasida mamlakatda xalqdan ajralib qolgan, ishi bilan soʻzi mos kelmaydigan, faqat oʻz manfaatini oʻylaydigan, jamiyatda boshqalardan koʻra yaxshiroq yashaydigan oʻziga xos siyosiy qatlam vujudga keldi. KPSS baynalmilal siyosatga amal qilish bahonasida oʻz gʻoyasi va taʼsirini jahonga tarqatishga, xalqaro kommunistik harakatni kuchaytirishga urindi. Shu asosda Ikkinchi jahon urushidan keyin Sharqiy Yevropa davlatlari, keyinroq Osiyo va Afrikadagi ayrim mamlakatlarga, Kubaga markschalenincha gʻoya tiqishtirildi. Natijada dunyoda mafkuraviy-siyosiy qaramaqarshiliklar kuchaydi. Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi (OʻzKP) KPSSning tarkibiy qismi boʻlgan edi. 1918 yil Turkiston kom partiyasi, Buxoro kompartiyasi va 1920 y. Xorazm kompartiyasi tuzilgan. Bu partiya tashkilotlari asosida OʻzKP oʻzining 1925 yil 6—12 fevralda Buxoroda boʻlgan 1syezdida tashkiliy jihatdan rasmiylashgan. Oʻsha paytda tarkibida 8350 nafar partiya aʼzosi bor edi. 1988 yil boshlarida Oʻzbekiston kommunistlari 640.677 kishi boʻlgan. Oʻzbek xalqi tarixida 20-asrda yuz bergan koʻplab fojiali sahifalar kommunistik partiya faoliyati bilan bogʻliqsir. Bu partiyaning mutlaqhukmronligi butun ittifoqda boʻlgani kabi Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga ham salbiy taʼsir koʻrsatdi. Oʻzbekiston partiya tashkiloti respublika manfaatlarini hisobga olmasdan (koʻpincha bu manfaatlarga zid keladigan) Moskvada ishlab chiqilgan qarorlarni bajarib keldi. Maʼmuriybuyruqbozlik usullari bilan ish olib borgan partiya qoʻmitalari joylardagi har qanday mustaqil fikr va tashabbuslarni boʻgʻar, demokratik asoslarni yoʻqqa chiqarardi. Markaz VKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi orqali Oʻzbekistondagi vaziyatni boshqarib turgan. Keyinchalik respublikalarni boshkarish uchun "ikkinchi kotib" tartiboti shakllantirildi. Oʻzbekiston KP MK va viloyatlarning partiya qoʻmitalarida 2kotiblar qoʻlida amalda butun qokimiyat toʻplangan. Hukmron kompartiya rejimiga qarshi chiqqan barcha kishilar, oʻzbek xalqining va oʻz yurtining manfaatlarini himoya qilganlar qatagʻonga uchradi (qarang Repressiya). Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, mohiyat eʼtiboriga koʻra oʻzbek xalqining milliy tabiati va kadriyatlariga zid boʻlgan, chetdan zoʻravonlik bilan joriy etilgan kommunistik partiya faoliyati tuxtatildi.



Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin