4-Amaliy mashg’ulot Mavzu:Kesish tezligini belgilash va hisoblash. 1. Kesish tezligini jadval bo’yicha belgilash. Kesish tezligi har bir ishlov berish turi uchun jadvallar bo’yicha aniqlanadi [2]. Ushbu formulalar quyidagi umumiy ko’rinishga ega bo’ladi:
V = Vjad * Kv (1) Kv- bir qator koeffitsiyentlar ko’paytmasidan tarkib topadi -
Kv = Kmv * Ksv * Kav
Ulardan muhimlari va har-xil ishlov berish turlari uchun umumiy bo’lganlari quyidagilar:
Kmv– ishlov beriladigan material sifatini hisobga oluvchi koeffitsiyent (7.1-7.4-jadvallar [1]);
Ksv– zagotovka sirti holatini aks ettiruvchi koeffitsiyent (7.5-jadval);
Kav- kesish asbobi materiali sifatini hisobga oluvchi koeffitsiyent (7.6-jadval).
Kjad - jadvaldan tanlanib, νhistopilganidan so’ng, ishlov berish
uchun hisobiy aylanishlar chastotasi aniqlanadi:
1 – misol teshigiga qora yo’nib ishlov berish uchun
kesish tezligi aniqlansin. Qo’yim qiymati
0,92 mm ga teng.
ayl/min.
16K20 modelli dastgoh texnik tavsifidan
N = 630ayl/min (eng yaqin kichik qiymat) tanlanadi. Endi esa ana
shu qiymatdagi aylanish chastotasi uchun haqiqiy kesish tezligi aniqlanadi:
m /min
2. Kesish tezligini analitik usulda hisoblash Kesish tezligi V har bir ishlov berish turi uchun hisobiy formulalar bo’yicha ham aniqlanishi mumkin. Bunda formulalar quyidagi umumiy ko’rinishga ega bo’ladi:
(2)
Bu formulalar tarkibidagi Cv koeffitsiyent qiymati va darajalar ko’rsatkichlari, shiningdek, kesish asbobi turg’unlik davri
T har bir ishlov berish turi uchun mos jadvallarda keltirilgan. Jadval qiymatlarini qo’llash bilan hisoblangan kesish tezligi Vjad kesish chuqurligi t, surish S va turg’unlik davri T larning muayyan qiymatlarini inobatga oladi va bir qator boshqa omillarning muayyan jadvaliy qiymatlarida haqiqiy bo’ladi. Shuning uchun kesish tezligi V ning haqiqiy qiymatini aniqlashda yuqorida sanalgan omillarning aniq qiymatlarini hisobga oluvchi tuzatuvchi koeffitsiyent Kv kiritiladi. Unda haqiqiy kesish tezligi V = V jad* Kv bo’ladi va bu erda Kv – bir qator koeffisentlar ko’paytmasidan tarkib topadi.