4-Laboratoriya ishi Mavzu: Registr sxemasini loyixalashtirish va ishlash tamoilini o’rganish Ishdan maqsad



Yüklə 0,57 Mb.
tarix23.12.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#77575
4-Laboratoriya


4-Laboratoriya ishi
Mavzu: Registr sxemasini loyixalashtirish va ishlash tamoilini o’rganish
Ishdan maqsad: Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirshda registr sxemasini ishlashini o’rganish.
Nazariy qism:
Registrlar va ularning asosiy vazifalari
Registrlar - axborotlarni saqlash va ular ustida ayrim amallarni bajarish uchun xizmat qiladigan EHMlarning uzeli yoki operatsion elementidir.
Registrlar odatda triggerlar asosida quriladi. Triggerlarning soni registrning razryadiga bog‘liqdir.
Registrlar quyidagi amallarni bajaradi:

  1. Registrni nol yoki bir ( 0 yoki 1) holatga o‘rnatish.

  2. Boshqa qurilmadin kodni qabul qilish.

  3. Boshqa qurilmaga kodni uzatish.

  4. Kerakli razryad sonigacha kodni chapga yoki o‘ngga siljitish.

  5. Ketma-ket kodni parallel kodga o‘zgartirish va aksincha.

  6. To‘g‘ri kodni teskari yoki qo‘shimcha kodga o‘zgartirish va aksincha.

  7. Mantiqiy amallarni bajarish.

Registrlar parallel, ketma-ket, ketma-ket - parallel va parallel- ketma-ket turlarga bo‘linadi.
Ta’rifi: Registr ketma-ket turdagi raqamli qurilma bo‘lib, ko‘p razryadli ikkilik sonlar ko‘rinishidagi ma’lumotlarni eslab qolish va vaqtincha xotirada saqlash uchun ishlatiladi.
Registr ikkilik razryad sonlarga teng miqdordagi triggerlar majmuasidan iborat.
Registrning shartli belgisi



Parallel registr

  • Parallel registr ma’lumotlarni parallel shaklda yozish, saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan.

  • Bu amallarni bajarishdan avval registr dastlabki holatga (0) o‘rnatiladi.

  • Ma’lumot parallel ravishda qayta ishlangani tufayli, registrni tashkil etuvchi triggerlar ham razryadlar sonidan kelib chiqqan holda o‘zaro bog‘lanmagan.


Bu turdagi triggyerda ikkilik son razryadlari (masalan, 0101) kichik razryaddan boshlab vaqt bo‘yicha ketma-ket yoziladi va o‘qiladi. Kirishga 1 berilganda Q3 chiqishda takt impulsi tugagach 1 hosil bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida keyingi takt impulsi bilan birga kirishga ikkinchi razryad soni - 0 beriladi. Takt impulsi tugagach Q3 chiqishda 1 hosil bo‘ladi.


Shunday qilib, ikkinchi razryad qiymatini yozish bilan birga birinchi (chapdagi) triggyerda yozilgan birinchi razryad soni keyingi triggerga uzatiladi (siljiydi). Uchinchi takt impulsidan so‘ng ma’lumot o‘nga uzatiladi, to‘rtinchi 0 takt impulsidan so‘ng 1, 0 va 1 sonlari mos ravishda chapdan birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi triggerlarga yozilgan bo‘ladi va Qo - Q3 chiqishlardan ularni o‘qib olish mumkin.
Registrda maTumotni saqlab turish uchun takt impulslari berish to‘htatiladi.
Siljituvchi registrlarda faqat ikki pog‘onali yoki dinamik boshqaruvli triggerlar qo‘llaniladi. Bu esa sinxrosingnal berilishi bilan ma’lumotni faqat bitta razryadga siljitishni kafolatlaydi. Ko‘p hollarda arifmetik qurilmalarni tuzishda ma’lumotni chapga surish talab etiladi. Ma’lumotlarni ikkala yo‘nalishda siljitish imkoniga ega bo‘lgan ketma- ketli registrlar reversiv registrlar deb ataladi.
Sijitish registri parallel kodni ketma-ketli kodga o‘zgartirishda ham qo‘llanilishi mumkin. Bu holda, triggerlar parallel kodga mos keluvchi dastlabki holatga o‘rnatiladi. Registrdan son ketma-ketli chiqishda ketma-ket kod ko‘rinishida olinadi. Teskari o‘zgartirishni amalga oshirish uchun registr kirishiga ketma-ket kod kiritib, triggerning parallel chiqishidan parallel kod olinadi.



To‘rt razryadli ketma-ketli siljitish registrining
funksional sxemasi.
Electronics Workbench dasturida “Registr sxemasini” elementini yasash.
EWB dasturini ishga tushiramiz.

Digital” va “Instruments” bo’limidagi elementlardan ishchi maydonga qo’yamiz. Registr sxemasini loyihalashtirishda va ishlash tamoyilini yasash uchun kerak bo’ladigan boshqa piktogrammalarni ham ishchi maydonga joylashtiramiz.





Activate simulation tugmasini bosganimizdan keyin ketma-ket indicator
lampalari yonib ishga tushadi va quyidagi ko’rinishda bo’ladi.



Keyingi indicatorni yongan holatini ko’rinishi



Topshiriq: Registr sxemasini yasang va Activate simulation tugmasi orqali har bir indicatorni yongan holatini ko’rsating.
Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin